O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti san`atshunoslik fakulteti


Talabalarga mavzuning asosiy tushunchalariga e’tibor qaratishi uchun interaktiv metodlardan foydalanadi (So’z kaliti, Baliq skeleti texnologiyalari) (6-ilova)



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə27/201
tarix07.01.2024
ölçüsü3,31 Mb.
#209887
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   201
portal.guldu.uz-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish

2.3.Talabalarga mavzuning asosiy tushunchalariga e’tibor qaratishi uchun interaktiv metodlardan foydalanadi (So’z kaliti, Baliq skeleti texnologiyalari) (6-ilova).

2.3.Interaktiv metodlar orqali mavzuni o‘zlashtiradi.

3-bosqich
Yakuniy
(10 min.)

3.1.Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e’tiborini asosiy masalaga qaratadi.

3.1.Eshitadi, o‘z fikrlariga aniqlik kiritadi.

3.2.Faol ishtirok etgan talabalar baholanadi.

3.2. Baholash mezoni bilan tanishadi va ball to‘playdi.

3.3. Uyga vazifa: O`yin texnologiyasiga berilgan ta’riflarni yozib keladi va ma’ruzadagi nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtiradi.

3.3.Topshiriqni yozib oladi.



O`yin texnologiyasining mazmuni va mohiyati. Didaktik o‘yin texnologiyasi va uning amaliy ahamiyati. Didaktik o‘yin texnologiyasi va undan darslarda foydalanish metodikasi. (1-ilova)
1.Reja: Muhandislik grafikasini о‘qitishda didaktik
о ‘yin texnologiyasining о ‘rni.
Ma'lumki, bolalar jim o‘tirolmaydilar, ular doimo harakatda bo‘ladilar, ya'ni o‘ynaydilar. O‘yin bolalarning tabiiy hamrohi bo‘lib, ularga olam-olam hayojonli quvonch keltiradi. Bolalar o‘yinlar orqali dunyoni, ya'ni tevarak - atrofni o‘rganadi, shu bilan bir qatorda ma'lum darajadagi tarbiyani ham oladi. O‘yin orqali mehnat qilishga o‘rganadi. O‘yin davomida o‘zining sevgan qahramoni obraziga kirib, o‘zida haqqoniylik, yolg‘on gapirmaslik, zehn o‘tkirlik, chaqqonlik, kuchli bo‘lishlik, bardosh berishlik, tez topqirlik, g‘alaba qilishga intilish kabi fazilatlarni tarbiyalaydi.
O‘yin qoidalari asrlar davomida xalq tomonidan qonunlashtirilib ularning tarbiyaviy ahamiyatiga ko‘p e'tibor berilgan. Shuning uchun maroq bilan ko‘p o‘ynaydigan bolalar zehni o‘tkirligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Umuman olganda, o‘yinni go‘dak boladan tortib mo‘ysafitgacha o‘ynashi mumkin. O‘yinlarni odamlar o‘z yoshiga qarab tanlashadi. Yosh bolalar ko‘proq harakat bilan bog‘liq o‘yinlarni tanlashadi. Chunki, ularning o‘sishi, ulg‘ayishi buni talab qiladi. Yoshi ulg‘aygan sari odamlar asta-sekin ko‘proq fikr yuritadigan o‘yinlarni tanlashadi.
Har xil o‘yinlarning kelib chiqishi xalq pedagogikasining maxsuli bo‘lib, o‘qituvchilar dars berishi jarayonida shu o‘yinlarning ba'zi elementlaridan foydalanishlari zarur.
O‘quvchilarning yuqoridagi fazilatlarini o‘rganib, chizmachilik darslariga o‘yin elementlarini kiritish lozim. An'anaviy dars jarayonida o‘quvchilarning zerikishlarini, charchashini sezish bilan o‘qituvchi 5-6 minutlik mavzuga bag‘ishlangan o‘yin o‘tkazishi lozim. Chizmachilikdan o‘tkaziladigan har bir o‘yin o‘ziga hos ijodiy yondoshishni talab qiladi. Bu yerda o‘qituvchi sinfdagi barcha o‘quvchilarning diqqatini o‘tkaziladigan qisqa muddatli o‘yinga jalb qila bilishi katta ahamiyatga ega. O‘yinda o‘quvchi faol ishtirok etishga, fikr yuritishga, mulohaza qilishga qilgan harakatlari ularning butun his tuyg‘ularini ishga soladi. O‘yinli qiziqarli va jonli o‘tishga ko‘p jihatdan o‘qituvchining mahoratiga bog‘liq hisoblanadi.
Agar o‘qituvchi bolalar psixologiyasiga monand yo‘l tutib, ular bilan o‘ynasa, ya'ni ularning yoshiga hos bo‘lgan o‘yin elementlardan foydalansa, oliy toifali chizmachilik o‘qituvchilarning aytishicha, har bir dars kichik - kichik o‘yinlardan tashkil topgan bo‘lsa, albatta dars jonli, qiziqarli, mahsulli o‘tadi.
Didaktik o‘yinlar oddiydan asta - sekin murakkablashtirib tuzilgan bo‘lishi, o‘quvchilarning aqliy faoliyatini faollashtirishga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim. Didaktik o‘yinlar orqali o‘quvchilarda quyidagi faoliyatlarni rivojlantirishga qaratiladi:

  • sekin-asta turli didaktik masalalarni kiritish yo‘li bilan aqliy faoliyatidagi ijobiy o‘zgarishlarni shakllantiradi;

  • aqliy faoliyatida o‘yinga bo‘lgan qiziqishni rivojlantiradi;

  • bitta o‘yin chegarasida qator aqliy masalalar majmuasini o‘stiradi;

  • barcha o‘ynayotganlarning hissiy va intelektual tuyg‘ularini bitta maqsadga yo‘naltiradi;

  • o‘quvchilarda tartiblilik, tashkilotchilik, maqsad sari intiluvchanlik hislarini tarbiyalaydi.

Bunday muammolarni yangi darajada qabul qilish o‘quvchilar ongida ko‘plab kelayotgan turli axborotlarni singdira olishga olib keladi.



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin