2.3.Talabalarga mavzuning asosiy tushunchalariga e’tibor qaratishi uchun interaktiv metodlardan foydalanadi (So’z kaliti, Baliq skeleti texnologiyalari) (6-ilova).
2.3.Interaktiv metodlar orqali mavzuni o‘zlashtiradi.
3-bosqich
Yakuniy
(10 min.)
3.1.Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e’tiborini asosiy masalaga qaratadi.
3.1.Eshitadi, o‘z fikrlariga aniqlik kiritadi.
3.2.Faol ishtirok etgan talabalar baholanadi.
3.2. Baholash mezoni bilan tanishadi va ball to‘playdi.
3.3. Uyga vazifa:Muammoli ta’lim texnologiyasiga berilgan ta’riflarni yozib keladi va ma’ruzadagi nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtiradi.
3.3.Topshiriqni yozib oladi.
Muammoli ta’lim texnologiyasi mazmuni va uning amaliy ahamiyati. Muammoli ta’lim texnologiyasi va uning chizmachilik darslaridgi o‘rni. (1-ilova) 1.Reja: Muammoli ta'lim texnologiyasining mazmun va mohiyati.
O‘qituvchi-pedagoglarning umumta'lim, xususiy fanlar asoslarini o‘qitishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar jarayonini noan'anaviy shakllarda tashkil etish, ta'lim jarayonini mukammal andoza asosida loyihalashga erishish, mazkur loyihalardan oqilona foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lish ta'lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarni puxta, chuqur o‘zlashtirilishi, ularda amaliy ko‘nikma va malakalarning hosil bo‘lishining kafolati bo‘la oladi.
Zamonaviy ta'limni tashkil etishga qo‘yiladigan muxim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish, ularda ma'lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, ta'lim oluvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma hamda malakalar darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta'lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.
Keyingi yillarda ta'lim mazmuni boyitish yo‘lida rivojlantiruvchi ta'limning bir qator ishonchli interfaol metod va yo‘llari izlanmoqda.
Bu izlanish asosan uchta yo‘nalishda - muammoli, programmalashtirilgan va tabaqalashtirilgan ta'limda olib borilmoqda. Ayniqsa, maktab tajribasida ta'limga muammoli yondashish keng tarqalmoqda.
Ta'limdagi samarador o‘qitish texnologiyasi - bu muammoli o‘qitishdir. Muammoli o‘qitish ijodiy, faol shaxs tarbiyasi maqsadlariga mos keladi.
Muammoli o‘qitish jarayonida talabaning mustaqilligi o‘qitishning reproduktiv shakllariga nisbatan tobora o‘sib boradi.
Bugungi pedagogikaga oid adabiyotlarda muammoli o‘qitishning turli ta'rif va tavsiflari bor. Nisbatan to‘liq va aniq ta'rif M.I. Maxmutova tomonidan berilgan bo‘lib, unda muammoli o‘qitish mantiqiy fikrlar tadbirlari (tahlil, umumlashtirish) hisobga olingan o‘rgatish va dars berish usullarini qo‘llash qoidalari va talabalarning tadqiqot faoliyatlari qonuniyatlarining tizimi sifatida izoqlanadi.
Muammoli o‘qitishning mohiyatini o‘qituvchi tomonidan talabalarning o‘quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o‘quv vazifalarini, muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirish bo‘yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil etadi. Bu esa bilimlarni o‘zlashtirishning ilmiy-tadqiqot usulini yuzaga keltiradi. O‘qitishning hozirgi jarayoni tahliliga ko‘ra hamda psixolog va pedagoglarning fikricha muammoli vaziyat kutilmagan hayrat va mahliyo
bo‘lishdan boshlanadi, degan xulosalari haqiqatga yaqin ekanligini ko‘rsatadi. O‘qitish sharoitida insonning o‘sha psixik, emotsional va hissiy holati unga fikrlash va aqliy izlanish uchun o‘ziga xos turtki vazifasini o‘taydi.
Bu bilish maqsadlari maxsus taqozo qilgan aqliy taranglik holatidir. Bunday vaziyat negizida avval o‘zlashtirilgan bilim izlari va yangi yuzaga kelgan vazifani hal qilish uchun aqliy va amaliy harakat usullari yotadi.