O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti san`atshunoslik fakulteti


Jadval Og‘zaki, yozma va test vositasida bilimlarni nazorat qilishning afzalliklari hamda kamchiliklari



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə43/201
tarix07.01.2024
ölçüsü3,31 Mb.
#209887
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   201
portal.guldu.uz-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish

Jadval

Og‘zaki, yozma va test vositasida bilimlarni nazorat
qilishning afzalliklari hamda kamchiliklari




Nazorat usuli

Afzalliklari

Kamchiliklari

Og‘zaki

  • Tashkiliy jihatdan oddiy.

  • Pedagog bilan talabaning o‘zaro munosabati, muloqoti.

  • Talaba javobini o‘zi loyihalashtirgani uchun bilim doirasini kengroq aniqlash imkoniyati bo‘ladi.

  • Javobni rejalashtirish, zarur bilimlarni tanlab, sistemalashtirish.

  • Fan tilida o‘z fikrini aniq, ravshan bayon qilish malakasi.

  • O‘z fikrini faktlar, misollar asosida isbotlash, zarur hollarda himoya qilish, mustaqil ravishda fikrlash -qobiliyatiga ega bo‘lish.

  • Ta'lim dasturiga (standartga) nisbatan tanlab olish xususiyatiga ega bo‘ladi.

  • Og‘zaki sinov uchun ko‘p vaqt sarflanishi.

  • Bahoning ma'lum ma'noda sub'ektivligi.

  • Ishonchlilik darajasining pastligi.

  • Bahoning umumiyligi, ya'ni javob uchun yagona baho ho‘yiladi.

Yozma nazorat

  • Mustaqil yozma ish ijodiy qobiliyatlarni eng yuqori darajada rivojlantiradi.

  • O‘quv materialining o‘zlashtirilish darajasi yozma ravishda, hujj at asosida anihlanadi.

  • Yozma ish mezonlari anih bo‘lsa, bahoning xolisligi oshadi.

  • Talabaga o‘z fikrini yozma bayon qilish malakasini oshirish imkonini beradi.

  • Tashqi yozma nazoratda xolisona baholash darajasi ancha yuqori bo‘ladi.

  • Yozma ishlarni tekshirish uchun o‘qituvchining ko‘p vaqt sarflashi.

  • Kompyuterdan foydalanish qiyin bo‘ladi

Pedagogik test sinovlari

  • Xolisona pedagogik baholash vositasidir. Natija test o‘tkazgan shaxsga bog‘liq bo‘lmaydi.

  • Keng qamrovli bo‘lib, katta hajmdagi o‘quv materialini umumiy ravishda nazorat qilish imkonini beradi.

  • Kompyuterlar vositasida yaxshi avtomatlashtiriladi.

  • Test natijasini kompyuterga hisoblash moslamasi yordamida kiritish va ularni qayta ishlash.

  • Kompyuterli moslanma test tizimlaridan foydala-nish imkoni mavjud, bunda har bir keyingi topshiriq oldingi topshiriqning bajarilishiga ko‘ra beriladi.

  • Bu pedagogik baholash aniqligini oshiradi.

  • O‘qituvchi bilan talaba o‘rtasida jonli muloqot bo‘lmaydi, talaba o‘z fikrini og‘zaki bayon qilish malakasini egallash imkoniga ega bo‘lmaydi.

  • Dasturdan tashqari bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni namoyish etish imkoni yo‘q.

  • Sifatli test tuzish ancha murakkab ishdir.

«Reyting» so‘zi (inglizcha) baho, shaxsiy koeffitsient degan ma'noni anglatadi. Reyting tizimi deganda, har bir talabaning bilim natijasini baholashga doir yagona harashlarni belgilovchi o‘zaro bog‘liq qoidalar, takliflar uyg‘unligi tushuniladi. Reyting tizimi asosida insonning o‘zligini namoyon qilishga, yutuqlarni ho‘lga kiritishga qaratilgan istaklaridan foydalanishning zamonaviy psixologik-pedagogik yo‘llari, usullari yotadi.
Reyting tizimi tarkibida, odatda, quyidagilar ifodalanadi:

  • nazorat turlari (masalan, joriy, oraliq va yakuniy sinov);

  • nazorat usullari (og‘zaki, yozma, pedagogik test, ma'lum amallarni bajarish);

  • ta'lim davri uchun baholashning eng kichik miqdori va davri;

  • baholash o‘lchov darajasi;

  • ta'lim predmeti bo‘yicha talabaning bilimini umumlashtirib, yakuniy baholash qoidalari;

  • natijalarni rasmiylashtirish qoidalari;

  • boshqa yo‘l-yo‘riqlar.

Reyting tizimini joriy qilishning maqsad va vazifalari quyidagi natijalarga erishish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan:

  • o‘quvchilar va talabalarning davlat ta'lim standartlari talablarini egallashlari;

  • bilimni baholashning xolisligini va uzluksizligini ta'minlash;

  • talabalarning ilmga chanqoqligini oshirish, ilm egallash yo‘lida yutu?larga erishish motivatsiyasini shakllantirish, o‘zaro bellashuv elementlarini kiritish, uzluksiz ilm o‘rganishga undash;

  • ta'limning barcha bos?ichlarida o‘quvchi va talabalar ilmiy faoliyatini uzluksiz nazorat qilish usulini qo‘llash, uning natijalarini talabalar qo‘lga kiritgan yutuqlar bilan qiyoslash, erishilgan muvaffaqiyatlar uchun rag‘batlantirish;

  • o‘qitish natijalarini qiyoslanuvchanlik bilan ta'minlash;

  • talabalarga shaxsiy o‘zlashtirish natijalarini mustaqil nazorat qilish uchun sharoit yaratish va o‘z o‘quv jarayonini rejalashtirish imkonini berish;

  • o‘quvchi va talabalarga bilim berish natijalari o‘quv muassasalari va o‘qituvchilarning ta'lim borasidagi yutuqlari oshkoraligini, ommabopligini ta'minlash;

* yangi zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarni qo‘llashda o‘qituvchining ijodiy faolligini oshirish, pedagog mehnatining natijalarini xolisona baholash.
Progressiv reyting tizimi quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • reyting tizimida uzluksiz ta'lim bosqichining o‘ziga xosliklari inobatga olinishi kerak;

  • talabalar erishgan yutuqlarni yaxshiroq differentsiyalash maqsadida baholashning ko‘p balli o‘lchov darajasi qo‘llanishi kerak;

  • o‘qituvchining dastlabki bahosi murakkab matematik hisob-kitoblar bilan bog‘liq bo‘lmasligi kerak. Baho o‘quv maskanida oldindan ishlab chiqilgan me'yorlar asosida qo‘yilishi kerak;

  • ota-onalar, pedagoglar, talabalarning tushunishi oson bo‘lishi kerak (oliy o‘quv yurtida, kollejda, akademik litseydagi o‘quv guruhi jurnali yoki jurnaldagi yo‘riqnoma asosida);

  • har bir o‘quv muassasasida uslubiy organ ko‘rsatmalar asosida yoki o‘z qaroriga muvofiq barcha predmetlarga oid og‘zaki, yozma va test sinovlarining eng kam majburiy miqdorini belgilaydi;

  • uzluksiz ta'limning aynan bir bosqichi doirasida turli o‘quv yurtlari reyting tizimi ta'lim natijalarini qiyoslashni ta'minlashi lozim.

Hozirgi zamon chet el adabiyotlarida testlashning ikki asosiy -klassik va zamonaviy nazariyalari ko‘rsatilgan.
Klassik test nazariyasi XIX asrda, psixologik testlar bilan bir qatorda bilimni o‘zlashtirishni tekshirish testlari qo‘llanila boshlaganda tug‘ildi. Bu nazariyaning asoschilari 1884 ( 1885 yillarda individual farqlanishni test yordamida aniqlash usulini yaratgan F. Galton [13] va shuningdek sezish vaqti bo‘yicha individual farqlanishni o‘rgangan Dj.Kettelldir [8]. O‘quvchilar bilimini tekshirishda amalda testlovni 1964 y. birinchi qo‘llagan Dj.Fisher [72] bo‘ladi.
Klassik test nazariyasi asosida me'yoriy mo‘ljallangan testlar (etuklik testlari) ishlab chiqiladi, ular yordamida sinaluvchilarning farqlanishi aniqlanib tanlovlarda, olimpiadalarda, kirish imtihonlarida keng qo‘llaniladi.
Testlovning taraqqiy etishi, fan sifatida shakllanishi matematik modellar yaratila borishi bilan kuzatilib, ular asta sekin psixologiya fanining uskunasi sifatida kirib keldi va pedagogik o‘lchov uchun qo‘llanila boshladi. Bu usullardan biri K. Pirson tomonidan 1905 yilda ishlab chiqilgan korrelyatsiya koeffitsientini aniqlash bo‘lib, u test konstruktsiyasini tuzishni mutlaqo o‘zgartirib yubordi. Korrelyatsiya nazariyasi klassik nazariyaning asosini tashkil etdi.
Testlarning klassik nazariyasiga muvofiq test ballari testlov natijalariga ko‘ra normal tarqalish, ya'ni Gauss tarqalish qonuniga ega bo‘lishi kerak. Bu degani, eng kam va eng ko‘p natijalar kam (20%) bo‘lib, o‘rta miqdor esa ko‘pchilikni (80%) tashkil qiladi.
Klassik test nazariyasining asosiy sifat ko‘rsatkichi bo‘lib ishonchlilik va validlik koeffitsientlari xizmat qiladi.
Testning ishonchliligi bilim o‘lchovining mazkur test yordamida aniqligini ifodalaydi. Test ishonchliligi aniqlash, eng avvalo, bir karra test o‘lchovida uning miqdoriga qay darajada ishonmoqlikni maqsad qilib qo‘yadi [87].
Barcha sharoitlar teng holatida test ishonchliligini u yoki bu tomonga o‘zgarib turadi.
Quyidagi vositalar bilan oshadi (yaxshilanadi):
test topshiriqlari sonining ko‘paytirilishi bilan;

  • test topshiriqlari mohiyatini tushunishning bir xilligi bilan;

  • testlov sharoiti bir xilligini ta'minlash bilan;

Quyidagi sabablarga ko‘ra kamayadi (yomonlashadi):

  • testlov sharoitining tengsizligi (bir xil emas, ya'ni hisoblash vositasi qo‘llashga ruxsat etish yoki ta'qiqlash);

  • testni talqin etishni yoki sinaluvchining fizik holatini o‘zgartirish.

Ishonchlilik koeffitsientini aniqlashning bir necha usullari mavjud. Ulardan biri retest ishonchlilik usuli bo‘lib, bunda bir xil test topshiriqlari bir guruh sinaluvchi talabalarga har xil vaqt oralig‘ida (bir haftadan olti oygacha) ikki marta qo‘llaniladi.


  1. Yüklə 3,31 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin