O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti san`atshunoslik fakulteti


O‘quv jarayonida og‘zaki sinov, yozma ishlar vapedagogik test sinovlari



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə42/201
tarix07.01.2024
ölçüsü3,31 Mb.
#209887
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   201
portal.guldu.uz-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish

O‘quv jarayonida og‘zaki sinov, yozma ishlar vapedagogik test sinovlari о ‘zaro uyg‘u n ligi.
Agar test to‘g‘ri tashkil etilsa, u talabalar bilimini xolisona baholash imkonini beradi, chunki bu baho o‘qituvchi shaxsiga bog‘liq bo‘lmaydi. To‘g‘ri bajarilgan test topshiriqlari ma'lum o‘lchov darajasi asosida baholanadi. Shuning uchun ham test topshiriqlarini aniq va xolisona pedagogik ba?olash vositasi deyishadi. Ammo faqat malakali ravishda tuzilgan sifatli, ilmiy talablarga asoslangan testgina ana shunday baholash imkonini beradi. Zamonaviy test nazariyasi pedagogika, psixologiya, mantiq, matematik statistika, o‘lchash nazariyasi, axborot nazariyasi, kibernetika va boshqa fanlarning o‘zaro uyg‘unligi asosida shakllanadi. Sifatli pedagogik test o‘quvchi va talabalar bilimini aniq, to‘g‘ri, xolisona baholash imkonini beradi. Ko‘pgina davlatlarning yuz yildan ortiq tajribalari shuni ko‘rsatadiki, ta'lim tizimida malakali ravishda tuzilgan testlar fizikada formulalar kabi zarurdir.
Pedagogik testlar ta'lim tizimidagi ko‘pgina yangiliklarning tarkibiy tuzilmasi bo‘lib, pedagogik texnologiya kontseptsiyasi va to‘liq o‘zlashtirish texnologiyasi ham shu jumladandir. Bu kontseptsiyalar YuNESKO tomonidan ma'qullangan va ko‘pgina mamlakatlarda keng qo‘llanilyapti.
Pedagogik test sinovlari ijobiy imkoniyatlarga ega bo‘lib, ulardan foydalanish ta'lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida bilim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Shuning uchun test borasida bilimga ega bo‘lish har bir o‘qituvchi va ta'lim boshqaruvi organi xodimining muhim vazifalaridan biridir.
Pedagogik testlar ta'lim yo‘nalishi va natijalariga katta ta'sir etishi mumkin, sifatli, malakali ravishda tuzilgan testlar bilim olishga bo‘lgan intilishni oshirishi, talabalarni muhim ishlarga yo‘naltirishi mumkin. Shu bilan birga sifatsiz ravishda tuzilgan testlar o‘quv jarayoniga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
1-jadvalda bilimlarni nazorat qilish turlarining afzalliklari va kamchiliklari berilgan.
O‘zbekiston pedagoglari og‘zaki va yozma nazorat o‘tkazish tajribasiga egadirlar. Ammo pedagogik testning ilmiy asoslari bilan yaxshi tanish emaslar. Buning o‘ziga xos sabablari mavjuddir.
O‘zbekistonda avvallari bo‘lgan ma'muriy-buyruqbozlik tizimida testlar «burjua» pedagogikasiga tegishli deyilib, ta'lim tizimida undan foydalanilmagan. Natijada ko‘pgina o‘qituvchilar testlardan foydalanish u yoqda tursin, test haqida umuman ma'lumotga ega bo‘lmagan, pedagogik test o‘tkazishning amaliy va nazariy masalalariga doir adabiyotlar kamyob bo‘lgan.
Pedagogik testlardan o‘rta maktablarda foydalanmaslik natijasida bilim darajasini baholashning yagona me'yori topilmadi, turli sinflar va maktab o‘quvchilarining bilim saviyasi bir-biridan keskin farqlandi. Testlardan foydalanmay, bilim berish mumkin emasligi bugungi kunda ravshan bo‘ldi. Test sinovlari natijasiga ko‘ra nazorat qilish va bilim berishning o‘zaro mutanosibligini qaysi yo‘nalishda olib borish zarurligini belgilash mumkin.Ta'lim sohasida ko‘zga ko‘ringan olimning bilim darajasini sifatli nazorat qilishning muhimligi borasidagi fikri quyidagichadir: «...Bilim doirasini tekshirish tizimini amalda isloh qilishga asoslanmagan, ta'lim sifatini takomillashtirishgagina qaratilgan barcha sa'yi harakatlar, odatda, kutilgan natijalarni bermadi».
O‘zbekistonda pedagogik testlar birinchi marta 1992 yilda keng miqyosda qo‘llandi. Shu yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Farmoniga muvofiq oliy o‘quv yurtlari abiturientlari uchun test sinovlari o‘tkazildi. Keyinchalik talabalar bilim doirasini aniqlashning xolisona usuli bo‘lgan pedagogik test sinovlari ta'lim tizimida davlat miqyosida qo‘llab-quvvatlandi. Ko‘pgina o‘qituvchilar hozirgacha ilmiy asosda emas, balki maishiy ong va to‘g‘ri fikrlash darajasida testlar tuzyapti, natijada ta'lim tizimida sifat jihatidan talabga javob bermaydigan testlar qo‘llanilyapti, ular talabalar bilimini xolisona baholash va davlat ta'lim standartlariga muvofiqligini aniqlash imkonini bermayapti. Test tuzishda o‘qitilayotgan fan sohasi bilangina chegaralanish lozim, degan noto‘g‘ri fikr keng tarqalgan. Bu esa sinovlarning sifatiga salbiy ta'sir etyapti. O‘qituvchi qanchalik qobiliyatli bo‘lmasin, yakka o‘zi test sinovlari borasida tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar bilan hamkorlik qilmay yoki maxsus tayyorgarliksiz yuqori darajada test tuza olmaydi. Yaxshi natijaga erishish uchun o‘qituvchilarni pedagogik test o‘tkazishning ilmiy asoslariga o‘rgatish kerak.Bilimlarning o‘zlashtirilish mexanizmini o‘z ichiga olgan reyting tizimidan samarali foydalanishni o‘rganish katta ahamiyatga egadir.




  1. Yüklə 3,31 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin