O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti san`atshunoslik fakulteti



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə41/201
tarix07.01.2024
ölçüsü3,31 Mb.
#209887
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   201
portal.guldu.uz-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish

O‘qitish vositalari

O‘quv qo‘llanma, proyektor,

O‘qitish shakli

Qo‘llaniladigan metodlardan kelib shiqib guruh yoki guruhshalarga bo‘linadi.

O‘qitish shart-sharoitlari

Texnik vositalar (kompyuter, proyektor, ekran)dan foydalanishga va guruhlarda ishlashga mo‘ljallangan audititoriya.

Monitoring va baholash

Nazorat savollari, kuzatish, og‘zaki nazorat, savol-javobli so‘rov, o‘quv topshiriq.

Ma‘ruza mashg‘ulotining texnologik xaritasi



Bosqichlar vaqti

Faoliyat mazmuni

O‘qituvchi

Talaba

1-bosqich
Kirish
(10 min.)

1.1.Mavzu, uning maqsadi, o‘quv mashg‘ulotidan kutilayotgan natijalar ma’lum qilinadi (1-ilova).

1.1.Eshitadi, yozib oladi

2-bosqich.
Asosiy
(60 min.)

2.1.Talabalarning e’tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tezkor savol-javoblar o‘tkazadi (2-ilova).



2.1.Eshitadi.
Navbat bilan bir-birini takrorlamay atamalarga izoh beradi

2.2.O‘qituvchi vizual materiallardan foydalangan holda maruzani bayon etishda davom etadi (3-5 ilova).

2.2. Tasvirlar bilan bilan tanishib, ularning mazmunini muhokama qiladi.

2.3.Talabalarga mavzuning asosiy tushunchalariga e’tibor qaratishi uchun interaktiv metodlardan foydalanadi (So’z kaliti, Baliq skeleti texnologiyalari) (6-ilova).

2.3.Interaktiv metodlar orqali mavzuni o‘zlashtiradi.

3-bosqich
Yakuniy
(10 min.)

3.1.Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e’tiborini asosiy masalaga qaratadi.

3.1.Eshitadi, o‘z fikrlariga aniqlik kiritadi.

3.2.Faol ishtirok etgan talabalar baholanadi.

3.2. Baholash mezoni bilan tanishadi va ball to‘playdi.

3.3. Uyga vazifa: Muhandislik grafikasi fanlaridan test savollari tuzishning ilmiy-pedagogik asoslariga berilgan ta’riflarni yozib keladi va ma’ruzadagi nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtiradi.

3.3.Topshiriqni yozib oladi.



Bilimni tekshirish va uni mustahkamlashda test savollarining o‘rni va amaliy ahamiyati. Muhandislik grafikasi fanlaridan test savollari tuzishning ilmiy-pedagogik asoslari. (1-ilova)
1.Reja:Test vositasida bilimlarni nazorat qilish.
Testdan o‘tkazish -ta'lim oluvchining bilim va malakalarini, psixik rivojlanishi, ijtimoiy tajribasini aniqlash uchun savollar tizimining qo‘yilishidir.
Test - 1)standart shakldagi topshiriqlar bo‘lib, aqliy taraqqiyot, qobiliyat, bilim va malakani aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan sinovdir; 2)aniq sotsiologik tadqiqotlarda foydalaniladigan tarqatma material, savolnoma; 3)shaxs ruhiyati va xulqining aniq miqdoriy va ma'lum sifat baholarini oldindan berilgan ba'zi standart - test me'yorlari bilan qiyosiy o‘rganishga mo‘ljallangan psixologik tadqiqotlarning standartlashtirilgan metodi.
Bu usulning afzalliklari:

  1. Malakali ravishda tuzilgan pedagogik test xolisona pedagogik o‘lchov vositasi bo‘lib, nazorat olib borayotgan shaxsga bog‘liq bo‘lmaydi;

  2. Test o‘quv materialining barcha asosiy moqiyatini o‘z ichiga olishi mumkin, ta'lim natijalarini baholashning test usuli bilimni aniq va to‘g‘ri baholaydi, bunda baholashning ko‘rsatkich darajasi oldindan belgilanadi va hamma talabalar uchun umumiy bo‘ladi;

  3. Test sinovlari keng qamrovli bo‘lib, qisqa vaqt ichida ma'lum bir o‘quv materialining (yoki o‘quv fani) o‘zlashtirilishini umumiy ravishda nazorat qilish imkonini beradi, bunda kuch va vositalar kam sarflanadi. O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida abiturientlarni test sinovlari asosida tanlash qisqa vaqt ichida bir necha soat davomida amalga oshiriladi, bu esa bir necha kun davom etadigan kirish imtihonlaridan voz kechish imkonini berdi;

  4. Nihoyat, test sinovlari kompyuterlar vositasida yaxshi avtomatlashtiriladi.

Ammo test sinovlarini umuman kamchiliklardan holi, deb bo‘lmaydi. Test sinovlarining ko‘pgina shakllari talabani mustaqil ravishda javoblarni tayyorlash tajribasidan mahrum etadi (yozma yoki og‘zaki shaklda). Bu sinovlarda talabaning psixologik faoliyati «erkin shakldagi» javoblardan farqlanadi, talabaning individual tomonlari, aql-zakovati namoyon bo‘lmaydi. Bilimi sinalayotgan shaxs faqat to‘g‘ri javobni tanlaydi, xolos.



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin