O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti san`atshunoslik fakulteti



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə49/201
tarix07.01.2024
ölçüsü3,31 Mb.
#209887
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   201
portal.guldu.uz-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish

1. «Qarorlar shajarasi» metodi. Ushbu metod muhandislik grafikasi fani asoslari borasidagi bir qadar murakkab chizmachilik mavzularini o‘zlashtirish, ma'lum masalalarni har tamonlama, puxta tahlil etish asosida ular yuzasidan muayyan xulosalarga kelish, bir muammo xususida bildirilayotgan bir necha xulosalar orasidan eng maqbuli hamda to‘g‘risini aniqlashga yo‘naltirilgan texnik


yondoshuvdir. “Qarorlar shajarasi” metodi avvalgi vaziyatlarda qabul qilingan qaror (xulosa)lar mohiyatini yana bir bora tahlil etish va uni mukammal tushunishga xizmat qiladi.
Guruh yoki sinf o‘quvchilari ishtirokida qo‘llaniladigan “Qarorlar shajarasi” bir necha o‘n nafar o‘quvchilarning bilimlari darajasini aniqlash, ularning fikrlash doirasini tekshirish va jamlash hamda baholash imkonini beradi. Chizmachilik fanlarida mazkur metodning qo‘llanilishi berilayotgan mavzudagi muammo yuzasidan oqilona qaror qabul qilish (xulosaga kelish)da talabalar tomonidan bildirilayotgan har bir variant, ularning maqbul hamda nomaqbul jihatlarini mufassaal tahlil etish imkoniyatini yaratadi. Mashg‘ulot jarayonida talabalar quyidagi chizma asosida tuzilgan jadvalni to‘ldiradilar yoki ushbu tartibdagi faoliyatni olib borishda
yozuv taxtasidan foydalanadilar:
«Qarorlar shajarasi» metodi quyidagi shartlar asosida qo ‘llaniladi:

  1. O‘qituvchi dars mashg‘ulotini boshlashidan oldin munozara, tahlil uchun chizmachilik mavzulariga oid biror muammoni belgilaydi. Guruhlar tomonidan qabul qilingan xulosa (qaror)larni yozish uchun plakatlarni tayyorlaydi.

  2. O‘qituvchi talabalarni 4 yoki 6 kishidan iborat guruhlarga ajratadi, shuningdek, muammoning hal etilishi va bu borada eng maqbul qarorning qabul qilinishi uchun muayyan vaqt belgilaydi.

  3. Qarorni qabul qilish jarayonida guruhlarning har bir a'zosi tomonidan bildirilayotgan variantlarning maqbullik hamda nomaqbullik darajalari batafsil muhokama qilinadi. Bildirilgan variantlar asosida muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiluvchi usul xususida guruh a'zolari bir to‘xtamga kelib oladilar.

  4. Munozara uchun ajratilgan vaqt nihoyasiga yetgach, har bir guruh a'zolari o‘z guruhi qarori borasida axborot beradilar. Zarur hollarda o‘qituvchi rahbarligida barcha talabalar bildirilgan xulosa (qaror)larni bir-biri bilan qiyoslaydilar. Muammo yuzasidan bildirilgan qarorlar borasida savollar tug‘ilgudek bo‘lsa, ularga javoblar qaytarilib beriladi, noaniqliklarga aniqlik kiritiladi. Agarda barcha guruhlar tomonidan muammo yuzasidan bir hil qarorga kelingan bo‘lsa, o‘qituvchi buning sababini izohlaydi, hamda eng to‘g‘ri javobni berishi kerak bo‘ladi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, o‘qituvchi ham bu metodni o‘tkazishga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishi talab etiladi. Bu metodni qo‘llashda o‘qituvchi talabalarning guruhlarga bo‘lmasdan ham amalga oshirishi mumkin. “Qarorlar shajarasi” metodi quyidagi loyihaga asoslanadi.




Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin