O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti san`atshunoslik fakulteti


Evristik o’qitish texnologiyasi. Evristik o’qitish texnologiyasining mazmuni va mohiyati. Evristik o’qitish texnologiyasining chizmachilik darslaridagi o‘rni



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə57/201
tarix07.01.2024
ölçüsü3,31 Mb.
#209887
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   201
portal.guldu.uz-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish

Evristik o’qitish texnologiyasi. Evristik o’qitish texnologiyasining mazmuni va mohiyati. Evristik o’qitish texnologiyasining chizmachilik darslaridagi o‘rni.(1-ilova)
1.Reja: Evristik о ‘qitish texnologiyasi mazmuni.
Evristik o‘qitishning asosiy mohiyati yangilikni doimo ochishga harakat qilish demakdir. Evristik yunoncha heuriska - qidiraman, topaman, ochaman degan ma'nolarni anglatadi.
Evristika o‘qitishning:

  1. O‘qitish shakli - evristik suhbat. Bunda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida masala mohiyatini tushunish va bir fikrga kelish maqsadida savol va javoblar uyushtiriladi.

  2. O‘qitish metodi. Ijodiy ishlash jarayonida o‘qituvchi o‘quvchiga ish yuzasidan maqsadli g‘oyalar, fikr chalg‘iganda to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib, vaqti-vaqti bilan aqliy hujum uyushtirib turadi. Masalaga oydinlik kiritish yo‘lida evristik vaziyat yaratib beradi.

  3. Berilgan masalaning texnalogik jarayoni. Uni o‘quvchining o‘zi belgilaydi. Ijodiy mahsulotni ro‘yobga chiqarishdagi yakuniy natijasi o‘quvchining tanlagan texnalogiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Tanlangan yo‘li samara bermasa, o‘qituvchi o‘z vaqtida o‘quvchiga yordam ko‘rsatadi.

O‘quvchining o‘zini-o‘zi ijodiy tomondan ro‘yobga chiqarishi evristik o‘qitishning eng yuqori masalasi hisoblanadi.
Innovatsion texnalogiyalar orasidagi evristik o‘qitish texnalogik shakli deyarli Suqrotning savol va fikr yuritish metodiga suyangan.
Ma'lumki, Suqrot o‘zining shogirtlariga avval, umumiy yo‘naltiruvchi savol bergan va javobini olgach, aniqlantiruvchi savol bergan va haqiqatni aniqlamaguncha, unga juda yaqin savol beravergan.
Evristik o‘qitishdagi vaziyat o‘qitishning kalit elementi hisoblanadi. Bunday vaziyat o‘quvchining bilmasligidan uni faollashtiradi, uning maqsadi o‘quvchi tomonidan shaxsiy g‘oyaning tug‘ilishini, gipotezalar, sxemalar tuzishga yo‘llaydi. Evristik o‘qitishda ta'lim natijasini aytib bo‘lmaydi. Har bir o‘quvchidan turli javoblarni olish mumkin.
Evristik o‘qitishda o‘quvchi oldingi olgan bilimini o‘zlashtiradi, keyin uni ijodiy o‘zlashtirish orqali o‘zining loyihasida qo‘llaydi. Bu yerda oldingi bilimlarni o‘rganish orqali kelajakka intilish shiori amal qiladi.
Evristik o‘qitish erkin rivojlanish maktabiga asoslangan bo‘lib, uning nazariyasi evristik didaktika hisoblanadi.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin