O‘qitish vositalari
|
O‘quv qo‘llanma, proyektor,
|
O‘qitish shakli
|
Qo‘llaniladigan metodlardan kelib shiqib guruh yoki guruhshalarga bo‘linadi.
|
O‘qitish shart-sharoitlari
|
Texnik vositalar (kompyuter, proyektor, ekran)dan foydalanishga va guruhlarda ishlashga mo‘ljallangan audititoriya.
|
Monitoring va baholash
|
Nazorat savollari, kuzatish, og‘zaki nazorat, savol-javobli so‘rov, o‘quv topshiriq.
|
Ma‘ruza mashg‘ulotining texnologik xaritasi
Bosqichlar vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O‘qituvchi
|
Talaba
|
1-bosqich
Kirish
(10 min.)
|
1.1.Mavzu, uning maqsadi, o‘quv mashg‘ulotidan kutilayotgan natijalar ma’lum qilinadi (1-ilova).
|
1.1.Eshitadi, yozib oladi
|
2-bosqich.
Asosiy
(60 min.)
|
2.1.Talabalarning e’tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tezkor savol-javoblar o‘tkazadi (2-ilova).
|
2.1.Eshitadi.
Navbat bilan bir-birini takrorlamay atamalarga izoh beradi
|
2.2.O‘qituvchi vizual materiallardan foydalangan holda ma’ruzani bayon etishda davom etadi (3-5 ilova).
|
2.2. Tasvirlar bilan bilan tanishib, ularning mazmunini muhokama qiladi.
|
2.3.Talabalarga mavzuning asosiy tushunchalariga e’tibor qaratishi uchun interaktiv metodlardan foydalanadi (So’z kaliti, Baliq skeleti texnologiyalari) (6-ilova).
|
2.3.Interaktiv metodlar orqali mavzuni o‘zlashtiradi.
|
3-bosqich
Yakuniy
(10 min.)
|
3.1.Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e’tiborini asosiy masalaga qaratadi.
|
3.1.Eshitadi, o‘z fikrlariga aniqlik kiritadi.
|
3.2.Faol ishtirok etgan talabalar baholanadi.
|
3.2. Baholash mezoni bilan tanishadi va ball to‘playdi.
|
3.3. Uyga vazifa: Talimning interaktiv metodlariga berilgan ta’riflarni yozib keladi va ma’ruzadagi nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtiradi.
|
3.3.Topshiriqni yozib oladi.
|
Talimning interaktiv metodlari.Ta’limning interaktiv metodlari mazmuni va mohiyati. Interaktiv metodlarning turlari, uning mazmuni va amaliy tatbiqi. (1-Ilova)
1.Reja: Ta'limning interfaol metodlari mazmuni va mohiyati.
Zamonaviy ta‘lim texnologiyalarini tashkil etishda qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdan iboratdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga etkazib berish, ularda ma'lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma hamda malakalar darajasini baholash, o‘quvchidan amaliy mashg‘ulotga qiziqishni uyg‘otish, o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta'lim jarayoniga nisbatan yangicha yondoshuvni talab etadi.Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlar qatorida yosh mustaqil O‘zbekistonimizda ham bu borada katta tajriba to‘plangan bo‘lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Shularni hisobga olgan holda biz bir qancha interfaol metodlarni, jumladan, “Qarorlar shajarasi”, “Yozma bahs”, “Klasster”, “Charxpalak” kabi metodlarni chizmachilik darslariga moslashtirib ishlab chiqishga va uni tatbiq qilishga oid materiallarni o‘quv qo‘llanma holatiga keltirdik.
Masalan, quyidagi interfaol metodlarni misol qilish mumkin:
•“Qarorlar shajarasi” metodi.
•“Yozma bahs” metodi.
•“Klasster” (“Fikrlash kengligi shajarasi”) metodi.
•“Chaxpalak” metodi.
*“Men JIF (jamoada ijodiy faoliyat) tashkilotchisi” metodi.
•“6x6x6” metodi.
Yuqorida aytilgan interfaol metodlarni chizmachilik darslaridagi amaliy tatbig‘i quyida keltiriladi.
Dostları ilə paylaş: |