portal.guldu.uz-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish
Chizmachilikdan nostandart testlar tuzish. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov taraqqiyot taqdirini ma'naviy jihatdan etuk odamlar hal qilishini ta'kidlab: “Texnikaviy bilim, murakkab texnologiyalarni egallash qobiliyati ma'naviy barkamollik bilan, mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak”, deb aytgan edilar [1].
Bo‘ lajak irrigatorlarda texnikaviy bilimlarni shakllantirishda, ularni texnik va grafik savodxon qilishda, turli texnika vositalari bilan “tillasha” oladigan qilib voyaga etkazishda chizmachilik fanining ham o‘rni katta.
Ta'limning barcha turlarida, shu qatori Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida ham chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanlari o‘qitiladi. Talabalar bilimini tekshirish va baholashdan maqsad ular bilimining sifatini oshirish, fanga bo‘lgan qiziqishi va mehrini kuchaytirish va ularni rag‘batlantirish hamda bilim olishga qiziqishini takomillashtirishdan iborat.
Ta'lim sohasidagi pedagoglarning bu boradagi faoliyatlari qunt bilan, sinchiklab kuzatilganda ularning talabalar bilimini baholashlarida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar yorqin ko‘zga tashlanmoqda. O‘tkazilgan qator kuzatishlar va tajribalarning xulosasiga ko‘ra baholashni bekor qilish pedagogik va psixologik jihatdan o‘zini oqlamaydi. Baholashning qator kamchliklari bo‘lsada, hozirgacha besh ballik baho tizimiga muqobil xili topilgani yo‘q. Shuning uchun ham gap, aynan, uni takomillashtirish, o‘quvchilar bilimini baholashda xatoga yo‘l qo‘ymaslik haqida borishi kerak [2].
Talabalarning o‘quv faoliyati natijalarini tekshirishda esa shkalalash, test - reyting kabi metodlar qo‘llaniladi. Mustaqillikka erishgan yillarimizning ikkinchi yilidan boshlab, to hozirgi kungacha oliy o‘quv yurtlariga talabalarni qabul qilishda test sinovlaridan foydalanib kelinmoqda. Qariyib 25 yil ichida bilimlarni tekshirishning test usulidan foydalanishda katta yutuqlarga erishildi.
Test (inglizchadan “test” - snash, tekshirish, o‘rganish) - aniq maqsad asosida muayyan holat darajasini sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi sanaladi [3].
Test sinovining afzalliklari:
malakali ravishda tuzilgan pedagogik test xolisona pedagogik o‘lchov vositasi bo‘lib, nazorat olib borayotgan shaxsga bog‘liq bo‘lmaydi;
test o‘quv materialining barcha asosiy mohiyatini o‘z ichiga olishi mumkin, ta'lim natijalarini baholashning test usuli bilimni aniq va to‘g‘ri baholaydi, bunda baholashning ko‘rsatkich darajasi oldindan belgilanadi va hamma talabalar uchun umumiy bo‘ladi;
test sinovlari keng qamrovli bo‘lib, qisqa vaqt ichida ma'lum bir o‘quv materiali (yoki o‘quv fani)ning o‘zlashtirilishini umumiy ravishda nazorat qilish imkonini beradi, bunda kuch va vositalar kam sarflanadi;
test sinovlari kompyuterlar vositasida yaxshi avtomatlashtiriladi.
Ammo test sinovlarini umuman kamchiliklardan holi deb bo‘lmaydi. Agar test to‘g‘ri tashkil etilsa, u talabalar bilimini xolisona baholash imkonini beradi, chunki bu baho professor-o‘qituvchi shaxsiga bog‘liq bo‘lmaydi. To‘g‘ri tuzilgan test topshiriqlari ma'lum o‘lchov darajasi asosida baholanadi.
Chizmachilik fanining eng asosiy mavzularidan biri bu “Ko‘rinishlar” mavzusi yuzasidan talabalarning o‘quv faoliyati natijalarini tekshirishda test metodidan foydalanishga qaratilgan tavsiyalarimizni o‘rtoqlashamiz.
Test shakllarini uning qanday maqsad va mazmunga ega ekanligiga ko‘ra hamda talabaning o‘quv faoliyatidagi qanday yo‘nalishlari tekshirilishiga ko‘ra uni quyidagilarga ajratishimiz mumkin. Shuningdek, quyida darajali testlarning mazmuniga mos keladigan test savolari aynan “Ko‘rinishlar” mavzusiga moslab tuzib chiqilgan:
Talabalarning bilishga oid o‘quv maqsadiga erishilganlik darajasini nazorat qilish va baholashda foydalaniladigan nostandart test topshiriqlari.
Rasmda berilgan detal ko‘rinishlariga mos raqamlarni aniqlang va yozing.