Muammoli ta'lim texnologiyasini o‘zlashtirishga qaratilgan B/B/B jadvali metodi o‘tkaziladi 1 ~~~"B/b/B jadvali Muammoli ta'lim texnologiyasi haqida nimalarni bilasiz? Muammoli ta'lim texnologiyasi haqida nimalarni bilashni xohlaysiz?
3.Reja: Muammoli о ‘qitishni tashkil etish shartlari. Muammoli o‘qitishni tashkil etishning birmchi sharti o‘quv axborotlarining takomillashib borishi tizimidir.
Muammoli o‘qitishning ikkinchi shartida muammoli o‘qitish amalga oshiriladi va unda axborotning o‘quv vazifasiga o‘tkazilishi vaqtida uni yechish usulini tanlash imkoniyati ko‘zda tutiladi.
Muammoli o‘qitishning uchinchi sharti ta'lim oluvchining sub'ektiv mavqei, ularning bilish maqsadlarini anglab yetishi va qaror qabul qilishi, masalani hal qilish va natijani qo‘lga kiritish uchun o‘zlarining ixtiyorida bo‘lgan vositalarni baholay bilishidir.
Muammoli o‘qitishda talaba qo‘yilgan muammo yechimini aniqlash jarayoniga albatta ijodiy yondashadi. Ijodiy metod ta'lim oluvchining ijodiy mustaqilligini to‘la amalga oshiradi. Unda talaba o‘qituvchining bergan vazifasini bajaradi, ayni vaqtda o‘zlari ham o‘quv muammosini shakllantiradi, o‘zlari mustaqil gipotezani yechishga harakat qiladilar, izlanishni amalga oshiradi va provard natijaga erishadilar. Ijodiy metod ta'lim oluvchidagi uzoq vaqtni va maxsus sharoit yaratilishini talab qiladi.
Talabalarning ijodiy ishlari shakliy jiqatdan rang-barangdir. Ular ma'ruza matnini tayyorlash va amaliy mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rish, u yoki bu masalaning nazariy holatini (adabiyotlar bilan birma-bir ishlash, hujjatlarni arxivda o‘rganish) o‘rganish, ko‘rgazmali qurollar, didaktik materiallar tayyorlash va boshqalardir.
Ijodiy metod murakkab muammoni bo‘laklarga ajratib, uning qulay masalalarini bosqichma-bosqich aniqlab olishda qo‘llanadi va unda hal qilingan har bir bosqich (qadam) masalaning keyingi bosqichini yechishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Bunda talabalar o‘quv mummosining qo‘yilishida, gipotezani taxmin qilish va isbotlashda faol qatnashadilar. Ularning faoliyati reproduktiv va ijodiy unsurlarini o‘zida qamrab oladi.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda asosan muammolilikning uch sathi haqida fikr yuritiladi: birmchi sathda o‘qituvchi o‘zi muammoni qo‘yadi, uni shakllantiradi va talabalarni mustaqil ravishda uning yechilish yo‘lini qidirishga yo‘naltiradi.
Ikkinchi sathda o‘qituvchi faqat muammoli vaziyatni vujudga keltiradi, talabalar esa muammoni mustaqil shakllantiradilar va yechadilar.
Uchinchi sath - oliy sath bo‘lib, unda o‘qituvchi shunday qoidani ko‘zda tutadi: muayyan muammoni ko‘rsatib bermaydi, balki unga talabalarni «ro‘baro‘» qiladi hamda ularni mustaqil ijodiy faoliyatga yo‘naltiradi, ularni boshqaradi va natijani baholaydi. Talabalar esa muammoni mustaqil anglaydilar, uni shakllantiradilar, uning yechilish usullarini tadqiq qiladilar.