O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti san`atshunoslik fakulteti


Reja:Muammoli vaziyatlar yaratish asoslari



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə36/201
tarix07.01.2024
ölçüsü3,31 Mb.
#209887
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   201
portal.guldu.uz-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish

2.Reja:Muammoli vaziyatlar yaratish asoslari
Muammoli vaziyatning mohiyati - talaba tanish bo‘lgan ma'lumotlar va yangi faktlar, hodisalar (qaysiki, ularni tushunish va tushuntirish uchun avvalgi bilimlar kamlik qiladi) o‘rtasidagi ziddiyatdir. Bu ziddiyat bilimlarni ijodiy o‘zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuchdir.
Muammoli vaziyatning belgilari quyidagilar:

  • talabaga notanish faktning mavjud bo‘lishi;

  • vazifalarni bajarish uchun talabaga beriladigan ko‘rsatmalar, yuzaga kelgan bilish mashaqqatini hal qilishda ularning shaxsiy manfaatdorligi.

Muammo uch tarkibiy qismdan iborat: ma'lum (berilgan vazifa asosida), noma'lum (ularni topish yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladi) va avvalgi bilimlar (talabalar tajribasi). Bular noma'lumni topishga yo‘nalgan qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun zarurdir. Avvalo talabaga noma'lum bo‘lgan o‘quv muammosi vazifasi belgilanadi va bunda uning bajarilish usullari hamda natijasi ham noma'lum bo‘ladi, lekin talabalar o‘zlaridagi avval egallangan bilim va ko‘nikmalarga asoslanib turib kutilgan natija yoki yechilish yo‘lini izlashga tushadi.
Bundan tashqari talabalar biladigan vazifa va uni mustaqil hal qilinish usuli o‘quv muammosi bo‘la olmaydi, ikkinchidan, biror vazifaning yechilish usullarini va uni izlash vositalarini bilishmasa ham u o‘quv muammosi bo‘la olmaydi.
O‘quv muammosining muxim belgilari quyidagilar:

  • yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladigan noma'lumning qo‘yilishi;

  • talabalarda noma'lumni topish yo‘lida izlanishni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan muayyan bilim zahirasining bo‘lishi.

Muammoli o‘qitishning zaruriy sharti talabalarda haqiqatni va uning natijasini izlash jarayoniga bo‘lgan ijobiy munosabatni vujudga keltirish hisoblanadi.
Shaxs bilish faoliyatining izlanish davrini maxsus sxemalarda ifodalash mumkin: muammoli vaziyat - o‘quv muammosi - o‘quv muammosini yechish uchun izlanish - muammoningyechilishi.
Muammoli o‘qitish mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazishda o‘qituvchi uning ham ta'limiy, ham tarbiyaviy funksiyasini yaxshi anglab olgan bo‘lishi talab qilinadi. O‘qituvchi hech qachon talabalarga tayyor haqiqatni (yechimni) berishi kerak emas, balki ularga bilimlarni olishga turtki berishi, mashg‘ulotlarda va hayot faoliyatlarida zarur bo‘lgan axborot, voqea, vaqt va hodisalarni ongida qayta ishlashlariga yordam berishi lozim bo‘ladi.
Muammoli o‘qitishda o‘qituvchi talabalarning bilish faoliyatini tashkil etadi, shundagina talabalar fanlarni tahlil qilish asosida mustaqil ravishda intellektual mashaqqatlarni hal qilish, xulosa chiqarish va umumlashtirish, qonuniyatlarni shakllantirish, qo‘lga kiritilgan bilimlarni yangi vaziyatga tatbiq etishga intiladi.



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin