O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti san`atshunoslik fakulteti


Reja: Didaktik o‘yinlar orqali o‘quvchilarning idrok qilish faoliyatini faollashtirish



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə28/201
tarix07.01.2024
ölçüsü3,31 Mb.
#209887
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   201
portal.guldu.uz-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish

2.Reja: Didaktik o‘yinlar orqali o‘quvchilarning idrok qilish faoliyatini
faollashtirish.

O‘qitish jarayoning sifati va samaradorligini oshirish masalalarining asosini o‘quvchilarning idrok qilish faoliyatini faollashtirish tashkil qiladi. O‘quvchilarning idrok qilish faoliyatini rivojlantirish intelektual, axloqiy erkinlik, jismoniy kuchlarini o‘z faoliyatidagi aniq talablarni qondirishga yo‘llaydi. Faollikning o‘zi inson faoliyatini aniqlaydi.
O‘quvchilarning idrok qilish faolligini oshirish tamoyilining didaktik kansepsiyalari yangi masalalarni ishlab chiqish va yo‘llarini aniqlash, uni joriy qilish omillari bilan bog‘liq. Shunga ko‘ra o‘quvchilarning idrok qilish qobiliyatini faollashtirishning didaktik omillari konsepsiyasini chizmachilikdan o‘tkaziladigan didaktik o‘yinlar orqali amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Didaktik o‘yinlarning mazmuni va o‘tkazish shakllarini takomillashtirish yo‘li yordamida idrok qilish faoliyatini rivojlantirishga ko‘rsatayotgan ta'sirini o‘rganish orqali zamonaviy talablarga javob beradigan o‘qitish uslublarini yangitdan ishlab chiqish mumkin. Bayon qilingan maqsad va takliflarni amalga oshirish uchun qator xususiy masalalarni yyechishga to‘g‘ri keladi.

  • didaktik o‘yinlar orqali o‘quvchilarning idrok qilish faoliyatining faolligini asoslab berish;

  • o‘quvchilarning idrok qilish faoliyatining faolligini oshirish uchun o‘yin mazmuni va shakllarini takomillashtirish metodlarini aniqlash;

  • o‘quvchilarning idrok qilish faoliyatining faolligini oshiradigan

jarayonlarda o‘qituvchining tipik qiynalishi faoliyatini ochib berish;

  • o‘quvchilarning idrok qilish faoliyatining faolligini oshiradigan

sharoitlarni o‘yinlar orqali aniqlash va o‘rganish;

  • o‘yinlar davrida qo‘yilgan maqsad va vazifalarni aniqlab o‘rganilgandan so‘ng o‘quvchilarning idrok qilish faoliyatining faolligini oshirishga bo‘lgan didaktik talablarni ishlab chiqish;

  • aniqlangan yutuq va kamchiliklarni o‘rganib, kamchiliklarni bartaraf qiladigan metodik ishlanmalar yaratish hamda yutuqlarga nazariy model tuzish.

O‘rtaga tashlanayotgan didaktik o‘yinlarning yutug‘i shundan iboratki, har bir qo‘yilgan savolga beriladigan javob shaxsning individual fikr yuritishga majbur qilishdadir.
Didaktik o‘yinlar jarayonida shaxsning mustaqil fikr yuritishga, mulohaza qilishga, taqqoslashga o‘rgata olinsa, fazoviy tafakkur qilish qobiliyati yanada o‘sadi shunda, o‘quvchilarning boshqa fanlarni ham yuqori saviyada o‘zlashtirishlariga imkon yaratilgan bo‘ladi, ya'ni:

  • o‘quvchilarda yangi bilimlar olishga bo‘lgan ishtiyoqni shakllantirishga erishiladi;

  • o‘quv axborotlarni o‘zlashtirishda umumiy va xususiy ko‘rinishlardagi masalalarni yyechishda ijodiy fikrlashga olib keladi;

  • olgan bilim va ko‘nikmalarni yangi sharoitga moslashtirishga o‘rgatiladi;

har bir o‘quvchining idrok qilish qobiliyati faoliyatiga maksimal sharoit yaratilgan bo‘ladi.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin