O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti san`atshunoslik fakulteti


Reja:Axborot texnologiyalariga didaktik yondashuv



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə72/201
tarix07.01.2024
ölçüsü3,31 Mb.
#209887
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   201
portal.guldu.uz-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish

2Reja:Axborot texnologiyalariga didaktik yondashuv.
Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanib borayotganligi va o‘z ortidan yangi imkoniyatlar ochib, ta'lim muassasalari o‘quv jarayoniga ham yangi yondashuv talab etilishiga sabab bo‘layotganligini guvohi bo‘lmoqdamiz.
Ta'lim jarayonida axborot texnologiyalarining bir qator didaktik imkoniyatlari mavjud. Davrimiz talab ehtiyojiga ko‘ra axborot texnologiyalarini ta'lim muassalari o‘quv jarayonini sistemalashtiruvchi, bog‘lovchi, amaliy tashkiliy omil sifatida qaralishi mumkin. Axborot texnologiyalari kutubxonalar, hujjatlar va o‘quvchilarning ijodiy ishlari kabi axborotlar jamlamasi, ma'lumotlar ba'zasini tuzish, ta'lim jarayoni sistemalashtirish, o‘quvchilarning amaliy ijodiy ishlairni tashkil qilish imkonini beradi.
Bu barcha vositalarni o‘quvchilar o‘qituvchining nazorati ostida, darsda shakllantirgan amaliy ko‘nikma, malakalarini amalgam oshirish imkoni beradi.
Internet tarmog‘i o‘quvchilarga jadallik bilan ta'lim muassa ishlari bilan tanihsish, o‘z fikrlarini joylashtirish imkonini yaratadi. Internet tarmog‘iga chiqish orqali nazorat ishlari tarqatilishi va mahalliy elektron pochtadan qabul qilinishi mumkin.
Bunday ko‘rinishdagi ishlar darsda masofaviy ta'limning tarmoq shakllarini modellashtirishga yordam beradi.
Kundan-kunga masofaviy tarmoq kurslari va tanlovlari ommalashib bormoqda. O‘qituvchi endi bilim axborotlarini yetkazuvchi yagona markaz emas, kompyuter texnologiyalarini qo‘llash bilan masofaviy ta'lim berish va olish imkoniyatiga ega bo‘lib bormoqda.
O‘quvchilar ko‘pincha Internet tarmog‘i orqali o‘z-o‘zini o‘qitish bilan qiziqib shug‘ullanmoqdalar, o‘z tengdoshlari bilan muloqotda bo‘ladilar, umumiy qiziqishlarni topadilar . Bunday ishlar tarmoqdagi o‘zaro munosabatlarni shakllantiradi, o‘quvchiga telekommunikatsiya imkoniyatlarini his qilishni, boshqa mamlakatdagi tengdoshalri bilan tanishish va birga ishlash vositasiga aylanmoqda.
Axborot texnologiya vositalari o‘quvchiga o‘z tasavvurlarini “elektron ko‘rinish”da namoyon etish va o‘z mahsulotining raqobatdoshilgini, o‘z g‘oyalarini ommaviyligini tekshirish imkonini beradi. O‘quvchiga haqiqiy qiziqarli va o‘ziga xos resurs yaratish uchun u birinchi navbatda, barcha ma'lumotlarni o‘rganib chiqishi, uning talablari ruhiyatining xususiyatlarini sezishi, resursning yangiligini belgilashi va amaliy ahamiyatini anglab yetishi zarur. Bularning barchasi o‘quvchining o‘z bilimdonliklarini shakllantirishga, uning hayotdagi amaliy yo‘nalishini belgilash malakalariga tegishli. Ilm-fan, texnika-texnologiyalar rivojlanib borayotgan hozirgi davrda yuksak malakali, etuk va kadrlarga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Bu, o‘z navbatida, nafaqat maktab, kasb-hunar kollej o‘qituvchilari, balki oliy ta'lim muassasalari professor-o‘qituvchilari zimmasiga ham ma'suliyatli vazifani yuklaydi. Bu vazifalar tizimida mustaqil bilim olishga yo‘naltirilgan ta'lim aloxida e'tiborga molik masalalar sirasiga kiradi. Zero, o‘quvchiga u yoki bu bilimlarni o‘rgatib qolmasdan, unda mustaqil ravishda, o‘qituvchi yordamisiz bilimlarni orttirish malakasini rivojlantirish muxim axamiyat kasb etadi.

Ma'lumki ma'ruzani, o‘quvchilarning 25% ga yaqini o‘zlashtiradi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, bir vaqtning o‘zida ham ma'ruzani eshitish, ham materialni kompyuter ekranida ko‘rish va uni ekranga chiqarishni faol boshqarish o‘zlashtirish sifatini oshiradi. Hozir multimedia o‘quv dasturlaridan Mat CAD, Puls 6.0 kabi kuchli dastur maxsulotlari tarkibidan foydalaniladi. Bugungi kunda multimedia texnologiyalaridan foydalaniladigan dasturlar etarlicha etarli emas. Asosiy muammo- professor-o‘qituvchilarning multimedia imkoniyatlarini yaxshi biladigan dasturchilar bilan birgalikda ishlashining tashkil etilmaganligidir. Bunday o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va chizmachilik darslarida keng tarqatish lozim.


Multimedia-atamasining asosiy ma'nosi mul'ti muxitni anglatadi. Ammo «mul'timedia» tushunchasining aniq ta'rifi ma'lum emas. Odatda, multimedia deganda turli shakldagi ma'lumotlarn qayta ishlovchi vositalar majmuasi tushuniladi. Ayni vaqtda bu avvalo, tovushlar, vidio ele mentlarni qayta ishlovchi vositalardir. Shu bilan birga multiplikasiya (animatsiya) va yuori sifatli grafika hollarida ham multimedia haqida gapirish mumkin. Kelajakda multimedia vositalari malumotning boshqa turlari, masalan, virtual voqeilik bilan ishlash imkonini berishi ehtimoldan holi emas. Chizmachilik darslari jarayonlarida multimedia prinsiplarida qurilgan elektron dars ishlanmalar, animatsion grafik tasvirlar, ma'lumotnomalar, ensiklopediyalar, tarjimalar va lug‘atlar tarix, geografiya, tibbiyot, sport va boshqa sohalarda samarali qo‘llanilgan kabi foydalanish mumkin. Shu bois muhandislik grafikasi fanlari uchun ham elektron dars ishlanmalar, animatsion grafik tasvirlar, ma'lumotnomalar, ensiklopediyalar hamda lug‘atlar ishlab chiqish zarur.






Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin