O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti san`atshunoslik fakulteti



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə169/201
tarix07.01.2024
ölçüsü3,31 Mb.
#209887
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   201
portal.guldu.uz-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish

ravon dasturlar;

  • tarmoqlanuvchi dasturlarlar;

    • soddalashtirilgan dasturlar;

    • aralash dasturlar;

    • algoritm;

    • blokli o ‘qitish;

    • modulli o ‘qitish;

    • bilimlarni to ‘la o ‘zlashtirish;

    Ravon dasturlar - bu nazorat topshiriqlari va o‘quv axborotlarining almashinib turuvchi u qadar katta bo‘ lmagan bloklari ketma-ketligidir.
    Ravon programmada ta'lim oluvchi to‘g‘ri javob berishi shart, ba'zan ehtimol deb topilgan javoblardan birini shunchaki tanlaydi. To‘g‘ri topilgan javobda u yangi o‘quv axborotiga ega bo‘ladi, agar javob to‘g‘ri chiqmasa, axborotni qaytadan o‘rganishga tavsiya etiladi.
    Tarmoqlanuvchi dasturlar. Ta'lim oluvchi noto‘g‘ri javob berganda, unga qo‘shimcha o‘quv axboroti beriladi va u ta'lim oluvchiga nazorat topshiriqlarini bajarish, to‘g‘ri javob qaytarish va o‘quv axborotlarining yangi bo‘laklarini olish imkoniyatini beradi.
    Soddalashtirilgan dasturlar. U ta'lim oluvchiga yangi o‘quv materialini murakkablik darajasiga qarab tanlab olish, uni o‘zlashtirish jarayonida u yoki bu tarzda o‘zgartirish, oddiy ma'lumotnoma, lug‘at va qo‘llanmalardan foydalanish imkoniyatini beradi.
    Aralash dasturlar. U ravon, tarmoqlanuvchi, soddalashtirilgan dastur bo‘ laklarini o‘zida qamrab oladi.
    Algoritm. U aqliy va amaliy tadbirlar izchilligini belgilovchi tafsilotdir. U o‘qitishning mustaqil vositasi hamda ta'limiy dasturlarning qismi bo‘lishi mumkin.
    Blokli o‘qitish. Bu moslashuvchan dastur asosida o‘quvchilarning turli-tuman intellektual tadbirlar va egallagan bilimlaridan o‘quv vazifalarini echishda foydalanish imkoniyatlarini ta'minlaydi.
    Quyidagi izchil bloklar farqlanadi:

    • axborot bloki;

    • test-axborot (o ‘zlashtirishni tekshirish);

    korreksion-axborot (noto ‘g‘ri javob qaytarilganda qo ‘shimcha o ‘qitish.
    axborotlar banki: o ‘qitish dasturi shaklidagi ayni o ‘quv materiali; •maqsadlarga erishish bo ‘yicha metodik qo ‘llanma;
    zaruriy malakalarni shakllantirish bo ‘yicha amaliy mashg‘ulotlar;
    *qo ‘yilgan modul maqsadiga qat’iy muvofiq keluvchi nazorat ishi.
    Bilimlarni to‘la o‘zlashtirish texnologiyasi. o‘quv materiallari bir necha bo‘laklarga bo‘linadi: o‘zlashtirilishi tegishli bo‘lgan o‘quv unsurlari, undan so‘ng bo‘limlar bo‘yicha tekshirish uchun materiallar ishlab chiqiladi, undan so‘ng o‘qitish, tekshirish - joriy nazorat, korrektirovka va qayta, o‘zgartirilgan tarzda ishlab chiqish - o‘qitish.
    Chizmachilik darslarida animatsion vositalardan foydalanish bu o‘qitishga o‘ziga xos bo‘lgan yangicha (innovatsiya) yondashuvidir. U chizmachilikdagi muxandislik tafakkurining ifodalanishi, ilmiy ongning grafik ta'lim sohasiga ko‘chirilgan tasviri, ta'lim jarayonining standartlashuvi hisoblanadi. Bu esa texnologik yondashuvlar sirasiga kiradi. Texnologiya deganda, texnologik (ishlab chiqarishdagi) yondashuvlarga aynan o‘xshash bo‘lgan ta'limda qo‘yilgan maqsadlarga erishish kafolatlangan (yakuniy natijani olish) ta'lim jarayoni tushuniladi. Bunday ta'lim jarayoni texnologiyalashtirilgan deyiladi.

    • Texnologiya - biror ishda, mahoratda, sanoatda qo‘llaniladigan usullar. Yo‘llar yig‘indisi (izohli lug‘at).

    • Texnologiya - ishlov berish, ahvolni o‘zgartirish san'ati, mahorati, qobiliyati, metodlar yig‘indisi (V.M.Shepel).

    Pedagogik texnologiya - o‘qitishning, ta'limning shakllari, metodlari, usullari, yo‘llari, tarbiyaviy vositalarining maxsus yig‘indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka) majmuasi; u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat (B.T.Lixachyov).
    Pedagogik tex'nologiya- ta'lim metodlar, usullari, yo‘l-yo‘riqlari hamda tarbiyaviy vositalar yiuindisi; u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalari majmuidir. Bu o‘z oldiga ta'lim shakllarini optimallashtirish vazifasini ko‘yuvchi, butun o‘qitish va bilimdlarni o‘zlashtirish jarayonini texnik resurslar va odamlarning o‘zaro munosabatlarini shisobga olgan sholda yaratish, qo‘llash va aniqlashning tizimli metodidir. Demak, pedagogik texnologiya insonga ( ta'lim- tarbiya oluvchiga) oldindan belgilangan maqsad bo‘yicha ta'sir o‘tkazish faoliyatidan iborat (J.G.Yo‘ldoshev).
    Metodika-o‘quv jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar majmuasi.
    O‘qitish texnologiyasini belgilash - bu kasbiy faoliyat sohasidagi talimiy va takomillashish samarasini taminlovchi oquv jarayonini meyoriy boshqarib turishdir. Ilmiy adabiyotlarda o‘qitish texnologiyaning uch aspekti togrisida fikr yuritiladi: ilmiy, tavsifiy, amaliy.

    • Ilmiy aspektda oqitishning maqsadi, mazmuni va metodlari ilmiy asoslanadi hamda ta'lim jarayon loyihalashtiriladi.

    Tavsifiy aspektda rejalashtirilgan oqitish natijalariga erishishning maqsadi, mazmuni, metodlari va vositalarining ishtiroki asosida grafik jarayoni ishlab chiqiladi.
    Amaliy aspektda pedagogik texnologiya jarayoni amalga oshiriladi.
    Chizmachilikda pedagogik tizim jarayonlari vositalar majmuasidan iborat bo‘lib, o‘quvchilarda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini shakllantirishga pedagogik ta'sir etishni maqsadga muvofiq tarzda amalga oshiradi.
    Chizmachilikda pedagogik tizim komponentlari:
    • Ta'lim (tarbiya) maqsadi.
    • Ta'lim (tarbiya) mazmuni.
    • Didaktik jarayonlar.
    • Ta'lim (tarbiya) ning tashkiliy shakllari.
    • O‘qitichning texnik vositalari.
    • O‘quvchi va o‘qituvchi hamkorligi.
    Chizmachilikda ta'lim prinsiplari - ta'lim maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o‘tkaziladigan, o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradigan, bilim, qobiliyatlarini o‘stiradigan, ularning dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir. Ular:
    1) Tasvir shaklida. Masalan, ilimiylik printsipi fan va o‘quv predmeti o‘rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi. Bu yrda ilmiylik printsipi tasvir orqali bayon qilinadi.
    2) Qoida shaklida. Masalan, talimda oddiydan murakkabga qarab boriladi. Bu jumlada tushunarlilik printsipi qoidasi asoslangan, yani me'yorlashtirilgan. Talim printsiplari qoida shaklini olavergan sari, ulardan amaliyotda foydalanish imkoniyatlari ham ortaveradi.
    Yuqoridagi keltirilgan didaktik talablar asosida chizmachilik darslarida animatsion vositalardan foydalanish uning sifat va samaradorligini oshirishga hizmat qiladi. Animatsion dasturlardan foydalanishda kompiyuter grafikasi bilan chambarchas bog‘liqdir.
    Kompyuter grafikasi tushunchasi deganda kompyuter yordamida turli chizmalar, rasmlarni chizish tushiniladi. Kompyuter animatsiyasi esa bir muncha kengroq bo‘lib, unda kompyuterda chizilgan rasm yoki chizmalarni (modellarni) xarakatlantirib namaoyish etish tushiniladi. Umuman «animatsiya» deb bugungi kunning yangi bo‘lgan multiplikatsiyaga aytiladi. '"Animate" - inglizcha va frantsuzcha so‘zdan olingan bo‘lib jonlantirish ma'nosini anglatadi. "Animation" - bu jonlantirish yoki xarakatlantirish. Aytgancha, "reanimatsiiya" so‘zining kelib chiqishi "re" "qayta", "animatsiya" - "j onlantirish" . "Multiplikatsiya" so‘zi inglizcha "multiplication" - kopaytirish, bolganiga qaramay uning jozibasini va texnologiyasini ham ifodalamaydi. Shuning uchun grafik dasturlarda bajarilgan animatsiya kompyuterda ishlab chiqilgan animatsiya deb ataladi.




    Yüklə 3,31 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   201




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin