Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni Talaba mustaqil ishni tayyorlashda fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanishi tavsiya etiladi: - mavzular bo‘yicha referat tayyorlash;
- darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish va mustaqil o‘zlashtirish;
- tarqatma materiallar va elektron majmua bo‘yicha ma’ruza qismini o‘zlashtirish;
- maxsus adabiyotlar bo‘yicha fan bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
- talabaning o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fan bo‘limlari va mavzularini chuqur o‘rganish;
- ilmiy maqola va tezislar tayyorlash