O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat univеrsitеti “tasdiqlayman”


-mavzu. Notiq nutqining mohiyati, turlari va ko‘rinishlari



Yüklə 42,52 Kb.
səhifə3/11
tarix15.11.2022
ölçüsü42,52 Kb.
#69153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Notiqlik san\'ati va nutq madaniyatidan ishchi dastur(1)

3-mavzu. Notiq nutqining mohiyati, turlari va ko‘rinishlari.
Nutq tushunchasi. Nutqning mazmuni. Nutqning ma’naviy, axloqiy va estetik mohiyati. Nutqning madaniy meros va qadriyat sifatidagi ahamiyati. Nutq madaniyatining xususiyatlari. Nutqiy mahoratning oddiy nutqdan farqi. To‘g‘ri nutq. Yuqori nutq madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari. O‘rta asrlardagi voizlik san’atining uch shakli: dabirlik; xatiblik; muzakkirlik. Voizlik san’ati shakllanishining asosiy shartlari, turlari va maqsadi: sultoniya; jihodiyot; g‘aribona. Nutq turlari: siyosiy nutq; diniy nutq; ijtimoiy-siyosiy nutq; sahna notiqligi va boshqalar. Notiqlik san’ati va nutq madaniyatining asosiy mezonlari. Voizlik san’ati va suhandonlik san’ati.
Yozma va og‘zaki nutq madaniyati. Notiqlik san’ati va nutq madaniyatining asosiy ko‘rinishlari: ijtimoiy-siyosiy chiqishlar tili; targ‘ibot va tashviqotchilar nutqi; akademik nutq; suddagi nutq; so‘z ustalarining chiqishlari va boshqalar. Og‘zaki nutq madaniyatining ahamiyati. Daholarning yozishmalaridagi g‘oyaviy asoslar. Yozma nutqdagi mutanosiblik - yuksak qadriyatlarning go‘zal madaniy namunasi sifatida. Yozma muloqot vositalari. Ovoz va ohangning muloqot jarayonidagi ahamiyati.


4-mavzu. Nutqni kuchaytiruvchi omillar. Notiq nutqida imo-ishora va xatti-harakatlarning ahamiyati.
Nutqni kuchaytiruvchi omillarning muhim jihatlari: nutq shakllarini boyitish; nutqning stilistik madaniyati. Nutq ta’sirchanligining asosiy xususiyatlari: sodda, tushunarli tilda gapirish uchun maxsus stilistik usullarning zaruriyati; ellipsis, takror, ritorik so‘roq, ritorik murojaat, xitob, gradatsiya, antiteza, sintaktik, parallelizmlardan foydalanish; maqol, masal va hikmatli so‘zlarni o‘z o‘rnida ishlatish.
Nutq tozaligi Notiqlik san’ati va nutq madaniyatining muhim asosi sifatida. Nutq tozaligiga ta’sir etuvchi va tinglovchini zeriktiradigan salbiy holatlar: bir me’yorda so‘zlash; ilmiy iboralarni qo‘llashning me’yordan oshishi; sun’iy harakatlar; nutq qurilishini qolipga tushirib qo‘yish (hamdu sano, shon-sharaf, qulluq qilish, va boshqalar); tiyiqsiz (vulgar), jargon so‘zlarni ishlatish.
Hodisani bayon etish qoidalari: ta’rifning hodisaga mos kelishi; ko‘rsatish; tasvirlash; tavsiflash. Nutqda ifodaviylikning muhimligi. Intonatsiyaning ahamiyati va uni qo‘llash uslublari. Xalqona “ilmoqli” iboralar, maqol va hikmatli so‘zlarni o‘rinli qo‘llash.
Notiqlikda qo‘l, gavda harakatlarining zaruriyati. Imo-ishoraning notiqlikdagi ahamiyati. Harakatlardan o‘rinli foydalanishning nutqqa ta’siri.



Yüklə 42,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin