O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat univеrsitеti “tasdiqlayman”



Yüklə 42,52 Kb.
səhifə1/11
tarix15.11.2022
ölçüsü42,52 Kb.
#69153
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Notiqlik san\'ati va nutq madaniyatidan ishchi dastur(1)


O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


GULISTON DAVLAT UNIVЕRSITЕTI

TASDIQLAYMAN”


GulDU O‘I prorektor
____prof______X. Ko‘shiyev
«____» _____ 2021 y.


NOTIQLIK SAN’ATI VA NUTQ MADANIYATI
FANIDAN
ISHCHI O‘QUV DASTUR


Ta’lim yo‘nalishi: 60112100- “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari
va huquq ta’limi”


Kurs, semestr: 1-kurs, 1-semestr


Kafedra: “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi”

Umumiy o‘quv soati: 80


Shu jumladan:


Ma’ruza - 30
Seminar - 30
Mustaqil ta’lim soatlari - 20


Guliston -2021
Notiqlik san’ati va nutq madaniyati va nutq madaniyati” fanining ushbu ishchi o‘quv dasturi Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi o‘quv-metodik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashning majlisi bilan ma’qullangan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘i bilan tasdiqlangan bakalavr yo‘nalishi uchun namunaviy dastur va o‘quv rejasiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchi: R.J.Mahmudov – GulDU «MG‘, MA va HT»kafedrasi professori __________
Taqrizchi: Sh.Kenjayev– GulDU «MG‘, MA va HT»kafedrasi o‘qituvchisi __________

Fanning ishchi o‘quv dasturi Guliston davlat universiteti «Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi» kafedrasining 2020 yil “__” avgustdagi № 1-sonli majlisida muhokama qilinib, fakultet Ilmiy-uslubiy Kengashida ko‘rib chiqish uchun tavsiya qilindi.


Kafedra mudiri: U.Mavlyanov
Fanning ishchi o‘quv dasturi “Ijtimoiy-iqtisodiy” fakulteti Ilmiy-uslubiy Kengashining 2020 yil “___” avgustdagi № 1 - sonli majlisida tasdiqlandi.


Fakultet Ilmiy-uslubiy
kengashi raisi: Z.Zikriyayev

Fanning ishchi o‘quv dasturi GulDU o‘quv-uslubiy Kengashining 2021 yil “_30__” avgustdagi № 1 - sonli majlisida muhokama etildi va tasdiqlandi.




KIRISH

«Notiqlik san’ati va nutq madaniyati va nutq madaniyati» fanining maqsadi – talaba-yoshlarni nutqini takomillashtirish, shaxslararo hamda jamoa bilan bo‘ladigan muloqotlarida o‘z fikrini erkin, ravon bayon etish ko‘nikmalarni shakllantirish, notiqlikning san’at sifatidagi mohiyati va ahamiyatini ilmiy-nazariy jihatdan asoslashdan iborat.


«Notiqlik san’ati va nutq madaniyati» fani dasturining vazifalari:
- talabalarga nutqning qudrati, jozibasi, go‘zal ifodasi va xislatlarini tushuntirish;
- notiq bo‘lishga undovchi qonuniyatlar, tamoyillar va tushunchalarning mohiyatini o‘rgatish;
- mohir notiqlar nutqining o‘ziga xos xususiyatlari, nutqni yetkazib berish usullari, nutq orqali tinglovchilar qalbiga ta’sir etishning o‘ziga xos mumtoz va an’anaviy namunalari haqida ma’lumotlar berish;
- Notiqlik san’ati va nutq madaniyatini egallash shaxsning madaniyatlilik darajasini belgilovchi xususiyat ekanligi, uning inson kamolotidagi yuksak ahamiyati hamda insonlararo muloqotda muomala madaniyatining muhim vositasi ekanligini asoslash;
- so‘zni talaffuz qilish, so‘zning ohangi kabi yozma va og‘zaki nutqda ifodalanadigan so‘z san’atining nazariy jihatlari, ularning muomala va muloqot jarayonidagi ko‘rinishlari, nutqda xatti-harakat, imo-ishoraning o‘rni bilan bog‘liq holatlarni atroflicha yoritib berish.
«Notiqlik san’ati va nutq madaniyati» fanining tutgan o‘rni – muomala va muloqot jarayonida so‘zning qudratini chuqur anglash, ommani bunyodkor g‘oya va yuksak maqsad sari safarbar qilish, o‘z fikrini lo‘nda, ravon bayon etuvchi shaxslarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish asosida jamiyatda ma’naviy taraqqiyotni ta’minlashga xissa qo‘shishi bilan belgilanadi.
«Notiqlik san’ati va nutq madaniyati» fanining fanlararo bog‘liqligi: Falsafa, Etika, Mantiq, Ma’naviyat asoslari, Madaniyatshunoslik, Nutq madaniyati, Adabiyotshunoslik, Tilshunoslik, Psixologiya kabi fanlar bilan bevosita bog‘liq.
«Notiqlik san’ati va nutq madaniyati» fanidan bakalavrlar bilimiga qo‘yiladigan talablar
- chiroyli va ravon, jozibali va jo‘shqin so‘zning qudratini anglash;
- notiqlik va nutq so‘zlashning mas’uliyatini his etish;
- o‘zining mustaqil fikrini erkin bayon etishga qodir bo‘lish;
- nutqda go‘zallik hamda ulug‘vorlik xususiyatlarini shakllantirishga muvaffaq bo‘lish.
«Notiqlik san’ati va nutq madaniyati» fanini o‘qitishdan kutiladigan natija – yoshlarning o‘z so‘zini bayon etishga bo‘lgan munosabati o‘zgaradi, talabalar har bir g‘oya va fikrni, dunyoqarash va maqsadni, so‘z va gapni, jumla va iborani chuqur o‘ylashga, uni keng mushohada qilishga o‘rganadilar, ayrim betiyiq so‘zlarni qo‘llashdan tiyilishi ko‘nikmalari hosil bo‘ladi.



Yüklə 42,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin