O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat univеrsitеti “tasdiqlayman”


ASOSIY QISM 1-mavzu. Notiqlik san’ati va nutq madaniyati fanining maqsadi, vazifalari va ahamiyati



Yüklə 42,52 Kb.
səhifə2/11
tarix15.11.2022
ölçüsü42,52 Kb.
#69153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Notiqlik san\'ati va nutq madaniyatidan ishchi dastur(1)

ASOSIY QISM
1-mavzu. Notiqlik san’ati va nutq madaniyati fanining maqsadi, vazifalari va ahamiyati.
Notiqlikning san’at sifatidagi mohiyati. Notiqlik va nutq madaniyati. Notiqlik va nutq madaniyatining adabiy til qoidalariga asoslanishi. Notiqlik – nutq orqali namoyon bo‘ladigan ijtimoiy hodisa sifatida. Inson, jamiyat va ilm-fan taraqqiyotining nutqqa bog‘liq jihatlari. Zamonaviy inson tarbiyasida notiqlikning ahamiyati. Notiqlik san’ati va nutq madaniyatining fanlararo bog‘liqligi. Haqiqat, go‘zallik, oqilonalik, so‘zamollik va axloqiylik Notiqlik san’ati va nutq madaniyatining axloqiy va estetik mezonlari sifatida. Notiq san’ati va notiqning asosiy vazifalari.


2-mavzu. Notiqlik san’ati va nutq madaniyati shakllanishining tarixiy ildizlari.
Qadimgi Yunonistonda notiqlik san’ati va nutq madaniyatining shakllanishiga ta’sir etgan omillar: jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, demokratiya tamoyillari, so‘z erkinligi, qonun, sud va huquq-tartibot tizimi, logograflar. “Illiada” va “Odisseya” dostonlari yunon notiqlik san’ati va nutq madaniyatining muhim manbasi sifatida. Arastuning “Ritorika” asarida nutq va notiqlik masalalari. Plutarxning “Sitseron va Demosfen” risolasida notiqlik bo‘yicha bahslarning yoritilishi. Davlat rahbarlari nutqi va notiqligining o‘ziga xos xususiyatlari: Solon, Femistokl, Perikl. Qadimgi yunon notiq san’atining rivojlanishida fan, ta’lim, siyosat va davlat arboblarining o‘rni: Lisiy, Demosfen, Arastu, Gorgiy.
Qadimgi Rim notiqlik san’ati va nutq madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari. Mark Tulliy Sitseronning Rim notiqlik san’ati va nutq madaniyati rivojidagi o‘rni. Sitseron katilinariylarining siyosiy va huquqiy notiqlik uchun ahamiyati. Mark Litsiniy Krass Divitning mashhur notiq va sarkarda sifatidagi xususiyatlari. Antoniyning nutq mahorati.
O‘rta asrlar musulmon sharqida notiqlik san’ati va nutq madaniyatining rivojlanishida voizlik, voizlar, va’zning ahamiyati. Musulmon Sharqida suhandonlikni fan sifatida o‘qitishni yo‘lga qo‘yilishi va uning ijobiy natijalari. Musulmon Sharqi notiqlik san’ati va nutq madaniyatining ijtimoiy salmog‘i va siyosiy qudrati. Kaykovusning notiqlik sharhlari va o‘gitlarining axloqiy mohiyati. Alisher Navoiy badiiy-ilmiy merosining Sharq notiqlik san’ati va nutq madaniyati rivojidagi ahamiyati: “Mahbub ul qulub”, “Muhokamatul lug‘atayn”, “Majolis un-nafois”. Keng bilim va siyosiy ong teranligi - Voiz Irshod mohirona nutqining muhim omili sifatida. Qozi O‘shiy nutqi ta’sirchanligining o‘ziga xos xususiyatlari. Husayn Voiz Koshifiy – Musulmon Sharqining buyuk voizi va uning nutqlarida chiroyli ovoz, dilkash ohang va nasihatlarning uyg‘unligi.



Yüklə 42,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin