O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat univеrsitеti “tasdiqlayman”


-mavzu. Taqdimot marosimini o‘tkazishda notiqning imidji



Yüklə 42,52 Kb.
səhifə4/11
tarix15.11.2022
ölçüsü42,52 Kb.
#69153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Notiqlik san\'ati va nutq madaniyatidan ishchi dastur(1)

5-mavzu. Taqdimot marosimini o‘tkazishda notiqning imidji.
Tafakkur madaniyati – shaxs ijtimoiy qiyofasining muhim omili. Taqdimot – o‘zlashtirish, ma’lumotlarni ko‘pchilik oldida ochiq taqdim etish sifatida. Taqdimot marosimi – shaxs va jamoat fikri, g‘oyasi, qarashlari va konsepsiyalarini omma oldida ko‘rsatish, isbotlash va ishontirishga asoslangan axborot almashuvning vositasi sifatida.
Taqdimot etiketi. Taqdimot marosimidagi nutq kompozitsiyalari: muqaddima; ishning mohiyatini bayon qilish; rejadagi qismlarni ifodalash; dalillar; asosiy mazmunni ta’kidlash; xulosa. Taqdimot turlari: hisobot, ma’lumotnoma, press-relliz, dayjest, axborot, reklama va boshqalar. Ochiq taqdimotning ko‘rinishlari: loyihalar, mahsulotlar, dasturlar. Taqdimot yo‘nalishlari: tijoriy (kommersiya), boshqaruv, reklamali, ilmiy, siyosiy, pablik rileyshnz (RR). Taqdimot marosimidagi muloqot jarayonining muhim xususiyatlari.
Taqdimot marosimida notiq nutqiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi to‘siqlar: xatoga yo‘l qo‘yish; so‘zlarning ikki ma’noliligiga e’tiborsizlik; tayanch so‘zlarni noto‘g‘ri talqin etish; muhim holatlarni noto‘g‘ri tushuntirish; muhim jihatlarni esdan chiqib ketishi; axborot sub’ektining noto‘g‘ri talqin etilishi. Taqdimot marosimida notiq amal qilishi zarur bo‘lgan holatlar: mas’uliyatini his etish; auditoriya o‘rtasida o‘zaro hamkorlik; taqdimot matnini tayyorlash; taqdimotga tayyorgarlik; taqdimot marosimi vositalari. Minbarning ahamiyati va zararlari. Taqdimotda vaqt masalasi. Taqdimotda hayajonning kuchi. Tinglovchilarni qiziqtirishning o‘ziga xos usullari. Taqdimotda omma bilan muloqotning muhim jihatlari. Taqdimotda savol-javob masalasi.
Estetik madaniyat: mazmuni va boshqa madaniyatlardan farqi. Tashqi ko‘rinishning inson faoliyatidagi ahamiyati. Tashqi ko‘rinishga e’tiborning zaruriyati. Moda va estetik did. Kiyimlar; ulardagi garmoniya va disgarmoniya. Kiyimlarni tanlash; poyafzal, ko‘ylak, galstuk va boshqalar. Taqdimotchining tashqi ko‘rinishida xatti-harakat va imo-ishoraning o‘ziga xos estetik jihatlari. To‘g‘ri yurish, to‘g‘ri o‘tirish, gavdani tutish, qadam tashlash, bo‘y-bast va qomatni ushlash. Tana harakatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish.



Yüklə 42,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin