O.T.
Sattorqulov, K.U. Raxmatov, 2-kurs talabalari uchun kurs ishlarini bajarish bo„yicha
uslubiy qo„llanma.– G.: 2020 -12 b.
Ushbu uslubiy qo„llanma kurs ishini bajaruvchi talabalar uchun mo„ljallangan bo„lib, unda
kurs ishini bajarish uchun qo„yiladigan talablar va kerakli ma‟lumotlar bayon etilgan.
Tuzuvchilar:
O.T. Sattorqulov
_________
K.U. Raxmatov
_________
Taqrizchi: i.f.n., dots. A.Muxametov
_________
«IQTISODIYOT» kafedrasi majlisida muhokama qilingan va ma‟qullangan (kafedra
majlisining ____ sonli bayonnomasi, 2020 y)
Kirish
“Mikroiqtisodiyot” fani zamonaviy bozor tizimini qanday ishlashini, bozor narxini shakllanish
mexanizmlarini va bozor sub‟ektlarining iqtisodiy faoliyatini o„rganadi.
Iqtisodiyotda tarkibiy islohotlar va iqtisodiyotni modernizatsiyalashni yanada chuqurlashtirish,
uning
ko„lamini kengaytirish bilan bog„liq masalalarning nazariy va amaliy tomonlarini o„rganishda
“Mikroiqtisodiyot” fani alohida o„rin tutudi.
“Mikroiqtisodiyot” fani bozor iqtisodiyotining nazariy va amaliy tomonlarini o„rganish bilan birga,
mikroiqtisodiy modellar orqali amaliyotda vujudga keladigan iqtisodiy muammolarni tahlil qilishda va
ularning echimini topishda, shuningdek, sababiy bog„liqlikda xulosalar yasashda
muhim ahamiyat kasb
etadi. Ushbu fan fundamental fanlardan hisoblanib, boshqa iqtisodiy fanlarni chuqur o„rganishda asos bo„lib
xizmat qiladi.
“Mikroiqtisodiyot” fani bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmini, turli mulkchilikka asoslangan
korxonalarning xo„jalik yuritish faoliyatini, ularning bozor sharoitidagi harakatini, iste‟molchilarning xatti-
harakatini, cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish yo„llarini nazariy va amaliy
tomonlarini o„rgatadi. Kurs ishini yozish davomida talaba olgan bilimlarini mustaxkamlaydi.
1.
Kurs ishiga qo‘yiladigan umumiy talablar
Zamonoviy iqtisodchi keng qamrovli bilimlarga ega bo„lishi, nazariy bilimlarni amaliy
vazifalar bilan bog„lay olishi lozim. Bu maqsadga erishish talabadan o„z ustida tinmay ishlashni,
nazariy va amaliy bilimlarini doimiy ravishda boyitib borishni talab qiladi.
Kurs ishida talabaning oliy o„quv yurtida o„qish davomida to„plagan nazariy va amaliy
bilimlari
yuzaga chiqadi, talabaning nazariy bilimlar bilan qurollanish darajasi, uning olgan
bilimlari va ko„nikmalarini ilmiy-ishlab chiqarish vazifalarini echishga qay darajada qo„llay olishi
namoyon bo„ladi. Kurs ishini bajarish talabadan universitetda olgan nazariy va amaliy bilimlardan
foydalanishni talab etadi, talabaning o„qish davomida olgan bilimlarini umumlashtirishga,
chuqurlashtirishga va mustahkamlashga, ularni amaliyotga qo„llashga imkon beradi.
Kurs ishida aniq bir amaliy vazifani echish vazifasi qo„yilishi muhimdir. Tadqiqot ob‟ekti
sifatida muayyan bir bozor ob‟ekti yoki korxona chiqishi lozim. Kurs ishida bir yoki bir-biri bilan
bog„langan bir nechta masalalarni xam nazariy va amaliy chuqur
taxlil etilishi talabaning
muammoni mustaqil anglay bilishga qodirligini ko„rsatadi.
Kurs ishi iqtisodiyotdagi iqtisodiy agentlarni faoliyati, ularning faoliyatini bozorda bir biriga
muvofiklashuvi, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta‟siri va yuzaga keladtgan muammolarni hal etish
yo„llari ko„rsatilgan ilmiy asoslangan xulosalar va takliflarga ega bo„lishi lozim.
Kurs ishining sifati uning ilmiyligi, tanlangan mavzuning dolzarbligi, talabaning mustaqil
ishga ijodiy yondoshish ko„nikmalarini namoyon qila olishi bilan baholanadi.
Kurs ishini bajarish jarayonida talabalar quyidagilarga e‟tibor berishi lozim:
- voqelikni o„rganish va anglashning ilmiy usullaridan boxabar bo„lish;
- mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar mohiyati va mazmunini chuqur
anglash;
- ilmiy adabiyotlar va boshqa manbalar orqali o„rganilayotgan masalaning mohiyatini chuqur
anglab etish;
- mustaqil ilmiy-tadqiqotlar olib borish uslubiyoti bilan tanishish;
- aniq bir korxona yoki ob‟ekt misolida mavzuni ochib berishga
xizmat qiladigan barcha
ma‟lumotlarni to„liq yig„ish va qayta ishlash;
- ishda iqtisodiy tadqiqotlar olib borishning turli usullaridan, ilmiy-tadqiqot muassasalari
tavsiyalari, ilg„orlar tajribasi, mahalliy va xorijiy adabiyotlardan unumli foydalanish;
- ishning ilmiy saviyasi yuqori bo„lishiga, mavzuning etarlicha dolzarbligiga e‟tibor berish;
- o„rganilayotgan masalani aniq ochib berish, ishda ko„chirmachilikka, keraksiz va ortiqcha
ma‟lumotlardan foydalanishga yo„l qo„ymaslik;
- boblar va bo„limlarning mantiqan bog„lanishiga e‟tibor berish, fikrlarni qisqacha bayon etish
orqali ishning hajmi ortib ketishiga yo„l qo„ymaslik;
- masalani aniq dalillar va raqamlar
yordamida tahlil etish, o„z o„rnida ishning mazmunidan
kelib chiqadigan tavsiyalar va xulosalar bera olish;
- tavsiya etilayotgan echimlarning asoslanganligiga va samaradorligini baholash mezonlari
bo„lishiga e‟tibor berish, ishning faqatgina faktlarni quruq bayon etishdan iborat bo„lib qolishiga
yo„l qo„ymaslik;
- ishda ko„rgazmali vositalardan, ya‟ni jadvallar,
chizmalar, diagrammalar va grafiklardan
unumli foydalanish;
- mavzu ustida maqsadga yo„naltirilgan va tizimga solingan ish olib borish, kurs ishini
bajarish muddatlariga qat‟iy rioya etish.
Kurs ishida taklif va muloxazalar, xulosalar va amalga oshirilgan
barcha hisob-kitoblarning
to„g„riligi va sifati uchun talabalar ma‟sul hisoblanadilar.