O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti «tasdiqlayman»



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix28.01.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#81450
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
portal.guldu.uz-Mikroiqtisodiyoit-kurs ishi



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
 
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI 

 
«TASDIQLAYMAN» 
«Ijtimoiy iqtisodiy»
fakulteti dekani
 
_________ dots. B.To„ychiboev 
«____» ___________ 2020 y. 
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI 
2-kurs talabalari uchun “Mikroiqtisodiyot” fanidan
kurs ishlarini bajarish bo„yicha uslubiy 
 
 
QO‘LLANMA 
Guliston-2020 


O.T. Sattorqulov, K.U. Raxmatov, 2-kurs talabalari uchun kurs ishlarini bajarish bo„yicha 
uslubiy qo„llanma.– G.: 2020 -12 b.
Ushbu uslubiy qo„llanma kurs ishini bajaruvchi talabalar uchun mo„ljallangan bo„lib, unda 
kurs ishini bajarish uchun qo„yiladigan talablar va kerakli ma‟lumotlar bayon etilgan. 
 
 
 
Tuzuvchilar: 
O.T. Sattorqulov _________ 
K.U. Raxmatov _________ 
 
Taqrizchi: i.f.n., dots. A.Muxametov _________ 
 
 
 
 
 
 
«IQTISODIYOT» kafedrasi majlisida muhokama qilingan va ma‟qullangan (kafedra 
majlisining ____ sonli bayonnomasi, 2020 y) 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Kirish 
 
“Mikroiqtisodiyot” fani zamonaviy bozor tizimini qanday ishlashini, bozor narxini shakllanish 
mexanizmlarini va bozor sub‟ektlarining iqtisodiy faoliyatini o„rganadi.
Iqtisodiyotda tarkibiy islohotlar va iqtisodiyotni modernizatsiyalashni yanada chuqurlashtirish, uning 
ko„lamini kengaytirish bilan bog„liq masalalarning nazariy va amaliy tomonlarini o„rganishda 
“Mikroiqtisodiyot” fani alohida o„rin tutudi. 
“Mikroiqtisodiyot” fani bozor iqtisodiyotining nazariy va amaliy tomonlarini o„rganish bilan birga, 
mikroiqtisodiy modellar orqali amaliyotda vujudga keladigan iqtisodiy muammolarni tahlil qilishda va 
ularning echimini topishda, shuningdek, sababiy bog„liqlikda xulosalar yasashda muhim ahamiyat kasb 
etadi. Ushbu fan fundamental fanlardan hisoblanib, boshqa iqtisodiy fanlarni chuqur o„rganishda asos bo„lib 
xizmat qiladi. 
“Mikroiqtisodiyot” fani bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmini, turli mulkchilikka asoslangan 
korxonalarning xo„jalik yuritish faoliyatini, ularning bozor sharoitidagi harakatini, iste‟molchilarning xatti-
harakatini, cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish yo„llarini nazariy va amaliy 
tomonlarini o„rgatadi. Kurs ishini yozish davomida talaba olgan bilimlarini mustaxkamlaydi. 
1. Kurs ishiga qo‘yiladigan umumiy talablar 
Zamonoviy iqtisodchi keng qamrovli bilimlarga ega bo„lishi, nazariy bilimlarni amaliy 
vazifalar bilan bog„lay olishi lozim. Bu maqsadga erishish talabadan o„z ustida tinmay ishlashni, 
nazariy va amaliy bilimlarini doimiy ravishda boyitib borishni talab qiladi. 
Kurs ishida talabaning oliy o„quv yurtida o„qish davomida to„plagan nazariy va amaliy 
bilimlari yuzaga chiqadi, talabaning nazariy bilimlar bilan qurollanish darajasi, uning olgan 
bilimlari va ko„nikmalarini ilmiy-ishlab chiqarish vazifalarini echishga qay darajada qo„llay olishi 
namoyon bo„ladi. Kurs ishini bajarish talabadan universitetda olgan nazariy va amaliy bilimlardan 
foydalanishni talab etadi, talabaning o„qish davomida olgan bilimlarini umumlashtirishga, 
chuqurlashtirishga va mustahkamlashga, ularni amaliyotga qo„llashga imkon beradi. 
Kurs ishida aniq bir amaliy vazifani echish vazifasi qo„yilishi muhimdir. Tadqiqot ob‟ekti 
sifatida muayyan bir bozor ob‟ekti yoki korxona chiqishi lozim. Kurs ishida bir yoki bir-biri bilan 
bog„langan bir nechta masalalarni xam nazariy va amaliy chuqur taxlil etilishi talabaning 
muammoni mustaqil anglay bilishga qodirligini ko„rsatadi. 
Kurs ishi iqtisodiyotdagi iqtisodiy agentlarni faoliyati, ularning faoliyatini bozorda bir biriga 
muvofiklashuvi, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta‟siri va yuzaga keladtgan muammolarni hal etish 
yo„llari ko„rsatilgan ilmiy asoslangan xulosalar va takliflarga ega bo„lishi lozim. 
Kurs ishining sifati uning ilmiyligi, tanlangan mavzuning dolzarbligi, talabaning mustaqil 
ishga ijodiy yondoshish ko„nikmalarini namoyon qila olishi bilan baholanadi. 
Kurs ishini bajarish jarayonida talabalar quyidagilarga e‟tibor berishi lozim: 
- voqelikni o„rganish va anglashning ilmiy usullaridan boxabar bo„lish; 
- mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar mohiyati va mazmunini chuqur 
anglash; 
- ilmiy adabiyotlar va boshqa manbalar orqali o„rganilayotgan masalaning mohiyatini chuqur 
anglab etish; 
- mustaqil ilmiy-tadqiqotlar olib borish uslubiyoti bilan tanishish; 
- aniq bir korxona yoki ob‟ekt misolida mavzuni ochib berishga xizmat qiladigan barcha 
ma‟lumotlarni to„liq yig„ish va qayta ishlash; 
- ishda iqtisodiy tadqiqotlar olib borishning turli usullaridan, ilmiy-tadqiqot muassasalari 
tavsiyalari, ilg„orlar tajribasi, mahalliy va xorijiy adabiyotlardan unumli foydalanish; 
- ishning ilmiy saviyasi yuqori bo„lishiga, mavzuning etarlicha dolzarbligiga e‟tibor berish; 
- o„rganilayotgan masalani aniq ochib berish, ishda ko„chirmachilikka, keraksiz va ortiqcha 
ma‟lumotlardan foydalanishga yo„l qo„ymaslik; 
- boblar va bo„limlarning mantiqan bog„lanishiga e‟tibor berish, fikrlarni qisqacha bayon etish 
orqali ishning hajmi ortib ketishiga yo„l qo„ymaslik; 
- masalani aniq dalillar va raqamlar yordamida tahlil etish, o„z o„rnida ishning mazmunidan 
kelib chiqadigan tavsiyalar va xulosalar bera olish; 


- tavsiya etilayotgan echimlarning asoslanganligiga va samaradorligini baholash mezonlari 
bo„lishiga e‟tibor berish, ishning faqatgina faktlarni quruq bayon etishdan iborat bo„lib qolishiga 
yo„l qo„ymaslik; 
- ishda ko„rgazmali vositalardan, ya‟ni jadvallar, chizmalar, diagrammalar va grafiklardan 
unumli foydalanish; 
- mavzu ustida maqsadga yo„naltirilgan va tizimga solingan ish olib borish, kurs ishini 
bajarish muddatlariga qat‟iy rioya etish. 
Kurs ishida taklif va muloxazalar, xulosalar va amalga oshirilgan barcha hisob-kitoblarning 
to„g„riligi va sifati uchun talabalar ma‟sul hisoblanadilar. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin