3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi o’zbek
adabiyoti, xususan, nasri tobora
rivojlanib, shakllanib, o’z shakli va mazmuniga ega bo’lib bormoqda. Bunga ushbu
davrda yaratilgan ko’p sonli hikoyalar va ular orasida
saviya jihatidan baquvvat
asarlar ham mavjudligini asos sifatida keltirish mumkin. Hikoyalarning milliy
adabiyotimiz shakllanishidagi o’rnini
hisobga olib, istiqlol davri o’zbek
hikoyachiligida “kichik odamlar” obrazini o’rganib chiqishni maqsadga muvofiq
ekanligini ta’kidlab o’tish joiz. Mafkuraviy yakkahokimlikdan qutilgan o’zbek
adabiyotida
erkin ijod qilish, erkin fikr asosida mavjud jarayonga munosabat
bildirish kuchayib bormoqda.
Shuningdek, o’tayotgan davrda mafkuraviy
yetuklikka erishish uchun ham yoshlar ongida millat qahramonlariga e’tirof va
hurmat tuyg’ularini shakllantirish bugungi kun
badiiy adabiyotining muhim
vazifalaridan bo’lib qolmoqda.
Hikoyanavislikdagi yangilanish va o’zgarishlar jarayonini o’rganish, ularning
saviyasini belgilash, ma’naviy
qiyofasini tasvirlash, mustaqillik davrida badiiy
adabiyotga kirib kelayotgan “kichik odamlar” obrazi bilan kitobxonlarni xabardor
qilish bugungi adabiyotshunoslikning dolzarb muammolaridandir. “Kichik
odamlar” obrazi yoritilgan shunday hikoyalar qator iste’dodli adiblar ijodida mavjud
bo’lib, uni bugungi tezkor axborot asrida
mavjudligini bildirish, uning ma’naviy
tomonlarini zamon bilan bog’liq jihatlarini o’rganish, obrazlar olami bilan tanishish
va badiiyatini o’rganish, ma’naviy-axloqiy masalarning qo’yilishini o’rganish ham
dolzarb ilmiy muammo hisoblanadi. Bu masala bizning bitiruv malakaviy ishimiz
mavzusi dolzarbligini asoslaydi.