128
yordamida reaktiv quvvatlarni kompensatsiyalash qiyinlashuvi,
elektr
yuritkich va apparatlar izolyatsiyalarining yomonlashuvi, avtomatika,
telemexanika va aloqa vositalari ishlash darajasining pasayishi kuzatiladi.
Asinxron
yuritkichlarni
nosinusoidal
kuchlanish
bilan
ta’minlanganda ularning quvvat koeffitsientlari
va valdagi aylantiruvchi
momentlari qiymatlari bir oz pasayadi.
Kuchlanish
shaklining
buzilishi
elektr
yuritkich
va
transformatorlarda izolyatsiyaning ionizatsion jarayonlarini paydo qiladi.
Bu esa hajmiy zaryadlar paydo bo‘lishiga va keyinchalik ularni
neytrallashuviga
olib
keladi.
Zaryadlar
neytrallashuvi
energiya
tarqalishiga, natijada o‘rab turuvchi dielektrikda elektr,
mexanik va
kimyoviy ta’sirlar bo‘la boshlaydi. Oqibatda izolyatsiyada mahalliy
defektlar paydo bo‘ladi va rivojlana boshlaydi,
bu esa elektr puxtaligiga
putur yetkazib, dielektrik isroflarning ko‘payishiga va ishlash muddatining
keskin pasayishiga sababchi bo‘ladi.
Yuqori garmonikalarning ta’siri kodensatorlar batareyasida sezilarli
tus oladi. Nosinusoidal kuchlanishda ishlayotgan kondensatorlar
bo‘rtib
shishishi
va
portlashi
natijasida tezda ishdan chiqishi mumkin.
Yuqori
garmonikali toklar bilan ishlayotgan kondensatorlar o‘ta yuklanib ishlaydi.
Undan tashqari qaysidir bir chastotada rezonans rejimi paydo bo‘ladi va u
ham kondensator umriga zomin bo‘ladi.
Tuzilgan ГОСТ bo‘yicha kondensator batareyalari uzoq vaqt yuqori
garmonikali toklar bilan 30 % dan ortiq yuklanmasligi zarur. Biroq bu
holda uzoq foydalanish davrida kondensatorning ishlash umri qisqaradi.
Elektr
tarmog‘i
kuchlanishining
nosinusoidalligi
kabellar
izolyatsiyalarining “qarishiga” olib keladi. Kabellarning sinusoidal va
sinusoidal bo‘lmagan kuchlanishlarda
ishlashi tadqiqotlari shuni
ko‘rsatdiki, hatto yuqori garmonikalar 6÷8,5% ni tashkil qilganda ham
129
siljish toki(ток утечки) 2,5 yildan so‘ng o‘rtacha hisobda 36 % ga, 3,5
yildan so‘ng esa 43 % ga ortadi.
Yuqori garmonikali toklar elektr o‘lchov asboblarining o‘lchov
aniqliklariga ham ta’sir etadi. Aktiv va induktiv energiyalarni o‘lchovchi
induksion schetchiklar sinusoidal bo‘lmagan kuchlanishda 10 % gacha
borib yetadigan noaniqlik bilan o‘lchov ishlarini olib boradi.
Yuqori garmonikalarning borligi ba’zi bir holatlarda kuch kabellarini
ma’lumotlarni uzatish bo‘yicha qo‘llashlikni amalga oshira olmaydi.
Yuqori garmonikalar telemexanikali qurilmalar
ishini yomonlashtirib,
xatto kuch zanjirlarini qo‘llashni mutlaqo ishlatish mumkin emasligiga olib
keladi.
Nosinusoidallik ventilli o‘zgartgichlarning normal ishlashiga manfiy
ko‘rinishda ta’sir etib, to‘g‘rilangan kuchlanish sifatini kamaytirib
yuboradi.
Dostları ilə paylaş: