164
qarshilik relelari (qarshilikning o‘zgarishiga qarab ta’sir qiluvchi)
qo‘llaniladi.
Agar rele biror kattalikning oshishiga ta’sir javob bersa, bu rele
maksimal rele deyiladi. Agar rele kattalikni kamayishiga ta’sir javob bersa,
bu rele minimal rele deyiladi.
Nonormal rejimlardan himoya qilish uchun ham tok va kuchlanish
relelari ishlatiladi. Tok relelari o‘ta yuklanish sodir bo‘lgan hollarda,
kuchlanish relelari esa, elektr tizimlarida kuchlanish xavfli darajada oshib
yoki kamayib ketganda ishlab ketadi. Bulardan tashqari, maxsus relelardan
bo‘lgan chastota relelari va issiqlik relelari nonormal rejimlarda ta’sir
javob berish uchun ishlatiladilar.
Yordamchi relelar qatoriga vaqt relelari, ko‘rsatgich relelar, oraliq
relelari kiradi. Vaqt relelari himoyaning harakat ta’sirigacha bo‘lgan vaštni
oshiradi, ko‘rsatgich relelari esa himoya elementlari harakatidan xabar
beradi va qayd qiladi, oraliq relelar himoya elementlarini o‘zaro bog‘laydi
va asosiy relening uzatayotgan xabarini o‘chirgichga yetkazadi.
Har bir releni ikki qismga ajratish mumkin: qabul qiluvchi va
bajaruvchi. Qabul qiluvchi organning vazifasi relega kelayotgan elektr
kattalikni o‘zgarishini qayd qilish va shunga mos bo‘lgan o‘zgarishlarni
boshqa relelarda amalga oshirishdan iborat. Bajaruvchi organning vazifasi
tashqi zanjirlarga ta’sir qilishdan, o‘chirgichni o‘chirishdan, boshqa
relelarni ishga tushirish yoki ularga xabar berishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: