48
5. “Command History” darchasi (oldin ishlatilgan operatorlarni ko„rish
va ulardan foydalanish imkonini beradi);
6. Ishi maydon;
7. “Start” bo„limi.
MATLAB
tizimi
shunday
ishlab
chiqilganki,
hisoblashlarni,
foydalanuvchi dasturini tayyorlamasdan to„g„ridan-to„g„ri bajarish
mumkin. Bunda Matlab superkalkulyator vazifasini bajarib, qatorli
komanda rejimida ishlaydi. Masalan, >>2+3, ans=5; >>2*3, ans=6 va
hokazo. Tizimda ishlash muloqotli (dialogli) tavsifga ega bo„lib, “savol
berildi – javob olindi” qoidasi bo„yicha ishlanadi. Ya‟ni
foydalanuvchi
klaviatura yordamida hisoblanishi lozim bo„lgan ifodani kiritadi, tahrir
qiladi (agar lozim bo„lsa) va kiritishni ENTER klaviaturasini bosish bilan
yakunlaydi.
Umuman olganda, ma‟lumotlarni kiritish va hisoblashlarni amalga
oshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
Boshlang„ich ma‟lumotlarni kiritishni ko„rsatish uchun >> belgidan
foydalaniladi;
Ma‟lumotlar oddiy yozuvli tahrir yordamida kiritiladi;
Biror bir ifoda hisoblash natijasini blokirovka
qilish uchun mazkur
ifodadan keyin - ; (nuqta vergul) qo„yiladi;
Hisoblashlar natijasini ko„rsatuvchi o„zgaruvchi aniqlanmagan
bo„lsa, u holda Matlab tizimi bunday o„zgaruvchi deb
ans
oladi;
O„zlashtirish amali sifatida juda ko„plab dasturlash tillari kabi : =
belgi emas, balki matematikadagi oddiy = ni o„zi olinadi;
Sozlangan funksiyalar (masalan, sin) yozma harflar bilan yoziladi
hamda ularning argumentlari oddiy qavslar ichida yoziladi;
Hisoblashlar natijasi yangi qatorda >> belgisiz chiqadi;
Muloqot “Savol berildi – javob olindi” ko„rinishida amalga oshadi.
Ma‟lumki, juda ko„plab matematik tizimlarda, agar u son bo„lmasa, u
holda sin(v) va exr(v) ifodalarni hisoblab bo„lmaydi, ya‟ni
tizim bunday
ifodalarni xato deb beradi. Matlabda esa agar berilgan o„zgaruvchi vektor
bo„lsa, natija ham mazkur o„lchamdagi vektor bo„ladi, agar matritsa
bo„lsa, natija ham matritsa bo„ladi.
Komandali rejimda bir qatordagi belgilarning maksimal soni – 4096, m
– fayllarda esa chegaralanmagan. Barcha matematik tizimlarning markaziy
tushunchasi bu matematik ifodalardir. Ma‟lumki, ular ustida amallar
bajarilayotganda, asosan ularning sonli qiymatlaridan foydalaniladi (kam
holatlarda belgi ko„rinishlaridan ham foydalaniladi).
49
Matlab ham matematik tizim bo„lgani uchun bu yerda ham asosiy
tushuncha matematik ifodalardir. Matlabda matematik ifodalarni
ifodalashni qarab chiqaylik. Matlabda ifodalar bir qator ko„rinishida
ifodalanib, sonlarning butun qismlarini
ajratish uchun verguldan emas,
balki nuqtalardan foydalaniladi. Quyida ba‟zi bir ifodalarni Matlab va
oddiy matematikadagi ifodalanishini ko„rib chiqamiz:
6.1-jadval
Matlabda
Matematikada
2+3
2+3;
2^3*sqrt(y)/2
23√y/2
2.301*sin(x);
2,301sin(x)
4+exp(3)/5;
4+e3/5
Matematik ifodalar sonlar, konstantalar, o„zgaruvchilar, operatorlar,
funksiyalar va turli xil maxsus belgilar ustiga quriladi.
Ilgari aytib
o„tganimizdek, nuqta vergul, ya‟ni ; belgi natijani chiqishini blokirovka
qiladi, ammo
ans
maxsus o„zgaruvchi yordamida natijani olishimiz
mumkin. Son – Matlab tilining eng oddiy ob‟ektlaridan biri bo„lib, u
miqdoriy ma‟lumotlarni ifodalab beradi. Sonlarni konstanta deb hisoblash
mumkin. Sonlar butun, kasr, fiksirlangan va suzuvchi nuqtali bo„lishi
mumkin. Ularni yaxshi ma‟lum bo„lgan
ilmiy shaklda, ya‟ni mantissa va
son tartibini ko„rsatgan holda ifodalash mumkin.
0
-3
2.301
123.456e-24
-234.456e10
Yuqoridan ko„rinib turibdiki, mantissadan sonning butun qismi kasr
qismidan, juda ko„plab dasturlash tillarida qabul qilinganidek,
vergul
orqali emas, balki nuqta orqali ajratiladi. Son tartibini mantissadan ajratish
uchun ular orasiga e belgisi qo„yiladi. “+” ishora sonlar oldiga
qo„yilmaydi, “-” ishora esa qo„yiladi va uni unar minus deb nomlanadi.
Sonlarda belgilar orasiga probel (bo„sh joy) qo„yish ruxsat etilmaydi.
Bundan tashqari sonlar kompleks bo„lishi mumkin: z=Re(z) + Im(z)*i.
Bunday sonlar Re(z) haqiqiy va Im(z) mavhum qismga ega bo„linadilar.
mavhum qism kvadrat darajasi -1 ga teng bo„lgan,
Dostları ilə paylaş: