O„zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o„rtа mаxsus tа„lim vаzirligi islom karimov nomidagi



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/35
tarix10.09.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#142400
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari (2)

6 – AMALIY MASHG„ULOT. 
Mavzu: MatLab dasturida grafik ma‟lumotlarni 
 qayta ishlash 
 
Rеja: 
1.
Matlab muhiti bilan tanishib chiqing.
2.
Matlab integrallashgan sohasini o„rganish. 
3.
Grafika hosil qilish usullarini o„rganish. 
Nazariy qism 
 
Matlabni 
yuklash 
uchun 
“Пуск” 
tugmachasi 
yordamida 
“Приложения” bandiga kiriladi va dasturlar ro„yxatidan Matlab dasturi 
tanlanadi yoki ishchi stolda Matlab belgisi 
ustida sichqoncha 
ko„rsatkichini ikki marta bosish kerak. Natijada quyidagi darcha hosil 
bo„ladi. 
6.1-rasm. Matlab dasturining umimiy ko„rinishi 
Matlab dasturi quyidagi qismlardan iborat: 
1. Sarlavha qatori; 
2. Asosiy menyular qatori (File, Edit, View, Graphics, Debug, Desktop, 
Window, Help); 
3. Qo„shimcha amallarni bajarish uchun mo„ljallangan maxsus 
uskunalar paneli (piktogrammalar); 
4. “Current Directory” va “Workspace” darchalari (“Toolbox”da 
joylashgan modular bilan ishlash imkonini beradi); 


48 
5. “Command History” darchasi (oldin ishlatilgan operatorlarni ko„rish 
va ulardan foydalanish imkonini beradi); 
6. Ishi maydon; 
7. “Start” bo„limi. 
MATLAB 
tizimi 
shunday 
ishlab 
chiqilganki, 
hisoblashlarni, 
foydalanuvchi dasturini tayyorlamasdan to„g„ridan-to„g„ri bajarish 
mumkin. Bunda Matlab superkalkulyator vazifasini bajarib, qatorli 
komanda rejimida ishlaydi. Masalan, >>2+3, ans=5; >>2*3, ans=6 va 
hokazo. Tizimda ishlash muloqotli (dialogli) tavsifga ega bo„lib, “savol 
berildi – javob olindi” qoidasi bo„yicha ishlanadi. Ya‟ni foydalanuvchi 
klaviatura yordamida hisoblanishi lozim bo„lgan ifodani kiritadi, tahrir 
qiladi (agar lozim bo„lsa) va kiritishni ENTER klaviaturasini bosish bilan 
yakunlaydi.
Umuman olganda, ma‟lumotlarni kiritish va hisoblashlarni amalga 
oshirish quyidagicha amalga oshiriladi: 

Boshlang„ich ma‟lumotlarni kiritishni ko„rsatish uchun >> belgidan 
foydalaniladi; 

Ma‟lumotlar oddiy yozuvli tahrir yordamida kiritiladi; 

Biror bir ifoda hisoblash natijasini blokirovka qilish uchun mazkur 
ifodadan keyin - ; (nuqta vergul) qo„yiladi; 

Hisoblashlar natijasini ko„rsatuvchi o„zgaruvchi aniqlanmagan 
bo„lsa, u holda Matlab tizimi bunday o„zgaruvchi deb
ans 
oladi; 

O„zlashtirish amali sifatida juda ko„plab dasturlash tillari kabi : = 
belgi emas, balki matematikadagi oddiy = ni o„zi olinadi; 

Sozlangan funksiyalar (masalan, sin) yozma harflar bilan yoziladi 
hamda ularning argumentlari oddiy qavslar ichida yoziladi; 

Hisoblashlar natijasi yangi qatorda >> belgisiz chiqadi; 

Muloqot “Savol berildi – javob olindi” ko„rinishida amalga oshadi. 
Ma‟lumki, juda ko„plab matematik tizimlarda, agar u son bo„lmasa, u 
holda sin(v) va exr(v) ifodalarni hisoblab bo„lmaydi, ya‟ni tizim bunday 
ifodalarni xato deb beradi. Matlabda esa agar berilgan o„zgaruvchi vektor 
bo„lsa, natija ham mazkur o„lchamdagi vektor bo„ladi, agar matritsa 
bo„lsa, natija ham matritsa bo„ladi. 
Komandali rejimda bir qatordagi belgilarning maksimal soni – 4096, m 
– fayllarda esa chegaralanmagan. Barcha matematik tizimlarning markaziy 
tushunchasi bu matematik ifodalardir. Ma‟lumki, ular ustida amallar 
bajarilayotganda, asosan ularning sonli qiymatlaridan foydalaniladi (kam 
holatlarda belgi ko„rinishlaridan ham foydalaniladi). 


49 
Matlab ham matematik tizim bo„lgani uchun bu yerda ham asosiy 
tushuncha matematik ifodalardir. Matlabda matematik ifodalarni 
ifodalashni qarab chiqaylik. Matlabda ifodalar bir qator ko„rinishida 
ifodalanib, sonlarning butun qismlarini ajratish uchun verguldan emas, 
balki nuqtalardan foydalaniladi. Quyida ba‟zi bir ifodalarni Matlab va 
oddiy matematikadagi ifodalanishini ko„rib chiqamiz: 
6.1-jadval 
Matlabda 
Matematikada 
2+3 
2+3; 
2^3*sqrt(y)/2 
23√y/2
2.301*sin(x); 
2,301sin(x) 
4+exp(3)/5; 
4+e3/5 
Matematik ifodalar sonlar, konstantalar, o„zgaruvchilar, operatorlar, 
funksiyalar va turli xil maxsus belgilar ustiga quriladi. Ilgari aytib 
o„tganimizdek, nuqta vergul, ya‟ni ; belgi natijani chiqishini blokirovka 
qiladi, ammo 
ans
maxsus o„zgaruvchi yordamida natijani olishimiz 
mumkin. Son – Matlab tilining eng oddiy ob‟ektlaridan biri bo„lib, u 
miqdoriy ma‟lumotlarni ifodalab beradi. Sonlarni konstanta deb hisoblash 
mumkin. Sonlar butun, kasr, fiksirlangan va suzuvchi nuqtali bo„lishi 
mumkin. Ularni yaxshi ma‟lum bo„lgan ilmiy shaklda, ya‟ni mantissa va 
son tartibini ko„rsatgan holda ifodalash mumkin.

-3 
2.301 
123.456e-24 
-234.456e10 
Yuqoridan ko„rinib turibdiki, mantissadan sonning butun qismi kasr 
qismidan, juda ko„plab dasturlash tillarida qabul qilinganidek, vergul 
orqali emas, balki nuqta orqali ajratiladi. Son tartibini mantissadan ajratish 
uchun ular orasiga e belgisi qo„yiladi. “+” ishora sonlar oldiga 
qo„yilmaydi, “-” ishora esa qo„yiladi va uni unar minus deb nomlanadi. 
Sonlarda belgilar orasiga probel (bo„sh joy) qo„yish ruxsat etilmaydi. 
Bundan tashqari sonlar kompleks bo„lishi mumkin: z=Re(z) + Im(z)*i. 
Bunday sonlar Re(z) haqiqiy va Im(z) mavhum qismga ega bo„linadilar. 
mavhum qism kvadrat darajasi -1 ga teng bo„lgan, 

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin