Topshiriqlar:
1. Bozor iqtisodiyoti tizimi iqtisodiyotning fundamental savollariga
qanday javob beradi? Nima uchun iqtisodiy yechimlarni yyechish kerak?
2. Quyidagi yechimlarning qaysi biri to‗g‗ri yoki noto‗g‗ri ekanligini
aniqlang:
A.Smit ―ko‗rinmas qo‗l‖ nazariyasini ilgari surganda u iqtisodi-
yotni davlat boshqaradi, jamiyat buni tushunmaydi deb hisoblagan;
―kim uchun ishlab chiqarish kerak?‖ degan muammoni davlatning
ishtirokisiz amalga oshirib bo‗lmaydi;
Bozor iqtisodiyotida mablag‗i ko‗p bo‗lganlargina ko‗p tovar sotib
olish imkoniyatiga ega bo‗ladilar;
Bozor iqtisodiyotida qanday tovarlarni ishlab chiqarish va xizmat
ko‗rsatishni amalga oshirishni iste‘molchilar hal qiladilar;
Yonilg‗i quyish shaxobchasi bozorning bir turi;
Bozor bu ishlab chiqaruvchi va iste‘molchilar o‗rtasida amalga
oshiriladigan iqtisodiy munosabatlar tizimi;
Uy xo‗jaligi bozor xo‗jaligiga mahsulotlar va xizmatlar yyetkazib
beruvchi subyekt hisoblanadi;
70
Transaksion xarajatlarning vujudga kelishi tovar ishlab chiqaruv-
chilarning ma‘lum bir kasbga iqtisodiy jihatdan ixtisoslashuvi bilan
bog‗liq;
Bozor infratuzilmasi bozor subyektlari manfaatlarini amalga oshi-
rishga yordam beradi;
Bozorni tartibga solish vazifasi baholarni muvozanatda bo‗lishini
ta‘minlashda ifodalanadi.
3. Tovarlarni almashtirish jarayonida ishtrokchilarga qaratilgan ―ko‗-
rinmas qo‗l‖ g‗oyasining muallifi kim? ―Ko‗rinmas qo‗l‖ nazariyasi
uning qaysi kitobida yozilgan? Bu tamoyil AQSH, Angliya, Yaponiya,
O‗zbekiston bozorlari uchun dolzarbmi?
4. Insoniy va moddiy resurslardan foydalanganda ixtisoslashuvning
afzalligi nimada ifodalanadi, uning kamchiliklarichi?
5. ―Transaksiya xarajatlari‖ atamasi nimani ifodalaydi? Bu atamani
an‘anaviy, buyruqbozlik, bozor iqtisodiyoti tizimlarida qo‗llash mum-
kinmi?
6. ―Bozor infratuzilmasi‖ atamasining mazmuni nimani ifodalaydi?
Quyidagi tashkilotlardan bozor infratuzilmasi tarkibiga kiradiganlarini
aniqlang: birjalar, fermer xo‗jaligi, elektr asboblari ishlab chiqaruvchi
zavod, tijorat banki, avtotransport korxonasi, reklama agentligi, sarta-
roshxona.
7. Bozor iqtisodiyoti subyektlarining iqtisodiy holatining xususiyati
nimada? Javobingizda bozor iqtisodiyoti daromadlari va xarajatlari
oqimining doiraviy aylanishi modeli sxemasidan foydalaning.
8. Quyidagi jumlalardan tushirib qoldirilgan so‗zlarni o‗rniga qo‗yib,
to‗g‗ri javob topishingizni tekshirib ko‗ring.
a) Bozor iqtisodiyotiga o‗tishning .......... asosiy yo‗li bor;
b) O‗zbekistonda agrar islohotlar, birinchidan, aholiga, ikkinchidan,
davlat va jamoa xo‗jaligiga …….. iborat bo‗ladi.
9. Quyidagi fikrlarni to‗g‗ri yoki noto‗g‗riligini aniqlang:
agarda qandaydir tovarning bahosi o‗zgarmasa, unda talab va taklif
egri chizig‗i kesishgan bo‗ladi;
iste‘molchilarning daromadlari oshganda barcha tovarlarga bo‗lgan
talab hajmi ko‗payadi;
mahsulotning qanchalik o‗rindoshlari kam bo‗lsa, shunchalik unga
bo‗lgan talab egiluvchan bo‗ladi;
xohishlarning bir-biriga mos kelishi, ikki kishi aynan bitta tovarni
yoki xizmat ko‗rsatishni sotib olishini ifodalaydi;
71
yaxshi ishlanmagan tovar, yuqori kategoriyali tovarlar jumlasiga
kiradi;
narxlarning oshishi bilan tushum kamaysa, bu tovarga bo‗lgan
talab egiluvchan bo‗ladi;
iste‘molchilarning daromadlari ko‗payishi bilan barcha sharoitlar
o‗zgarmagan holda tovarga bo‗lgan talab oshadi, bunday holda bu
tovarlar normal tovarlar kategoriyasiga kiradi;
istemolchilar daromadlari oshganda, nonga bo‗lgan talab ham
oshadi;
mutlaq egiluvchan bo‗lmagan talab egri chizig‗i vertikal holda
bo‗ladi.
narx 1 foizga tushganda, talab hajmi 5 foizga oshadi, bunda talab
egiluvchan bo‗lmaydi;
bozor bahosi muvozanatli bahodan past bo‗lganda bozor bahosi
pasayib boradi, chunki bunday holda talab tushadi va taklif ko‗tariladi;
bir vaqtda tovarlar taklifi va iste‘molchilarning daromadi oshsa,
tovar bahosi o‗zgarmaydi.
10. Quyidagi jadvalda kartoshka bozoridagi har xil holatlar
keltirilgan
3-jadval
Baho (so‗mda)
Talab hajmi (kg)
Taklif hajmi(kg)
500
100
20
600
90
50
700
80
80
800
60
115
1000
50
150
jadval asosida talab va taklif egri chizig‗ini grafikda ifodalang;
agarda kartoshka bozorida uning bozor bahosi 500 so‗m bo‗lsa,
bozorda kartoshka kammi yoki ko‗pmi? Qanday miqdorda?
agarda kartoshkaning muvozanatli bahosi 800 so‗m bo‗lsa,
bozorda kartoshka kammi yoki ko‗pmi? Qanday miqdorda?
bozor bahosi necha so‗m?
iste‘molchi xarajatlarining o‗sishi ..... kartoshka bahosining
oshishiga olib keldi. Yangi muvozanatli bahoni va muvozanatdagi ishlab
chiqarish hajmini aniqlang.
72
11. Raqobatli bozorda muvozanatli bahoda tovarlar miqdorida qan-
day o‗zgarish bo‗ladi, agarda:
talab kamayib, taklif o‗zgarmaydi;
talab oshadi, taklif o‗zgarmaydi;
talab oshadi, taklif qisqaradi;
taklif qisqaradi, talab o‗zgarmaydi;
talab va taklif oshadi;
talab va taklif kamayadi.
12. Javobingizni grafikda ifodalang.
avtoruchka bahosi tushganda;
qo‗shimcha tovarlar bahosi tushganda;
avtoruchkani ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo bahosi
tushganda;
avtoruchka past kategoriyali tovar hisoblanganda, iste‘molchilar-
ning daromadi oshganda;
qo‗shilgan qiymatdan olinadigan soliq kamayganda;
avtoruchka normal tovar hisoblanganda, iste‘molchilar daromadini
pasayishi;
avtoruchkalarni reklamma qilish;
siyoh bahosini oshishi;
yangi aksiz soliqlarini kiritilishi;
yoqilg‗i energetika resurslari bahosining o‗zgarishi.
Bozor holatiga quyidagicha ta‘sir ko‗rsatadi:
talab egri chizig‗i o‗ngga suriladi;
taklif egri chizig‗i o‗ngga suriladi;
talab egri chizig‗i chapga suriladi;
taklif egri chizig‗i chapga suriladi;
13. Quyidagi tovarlar talab bahosining egiluvchanligini aniqlang:
non, tuz, choy (O‗zbekiston va Braziliyada), vino (Gruziya va O‗zbekis-
tonda), sovun, gullar (8 mart va boshqa kunlar) brilliantlar, avtomobillar.
14. 30 graduslik issiqda 500 so‗mdan bir kunda 2000 butilka limonad
olingan. Shu bilan birga 5 gradusga kun isiganda qo‗shimcha talab 150
butilkaga oshgan. Uning bahosi 100 so‗mga tushganda talab 200 taga
ko‗paygan. Limonadning bahosi 500 so‗m bo‗lganda 20, 30, 40 gradus-
dagi talab grafigini chizing. Boshqa diagrammada limonad bahosining
300, 500, 700 so‗m bo‗lganda 20, 30, 45 gradusli talab egri chizig‗ining
holatini ifodalang.
73
15. Kostyum 420000 so‗m bo‗lganda unga jami talab 500 dona edi.
Kostyum narxi 450 000 so‗mga oshdi, jami talab 400 donaga tushdi.
Jami talabning elastiklik koeffitsiyentini hisoblab ko‗ring.
16. Magazinga 3 xil tovar qo‗yilgan. Birinchisi: Damas avto-
mashinasi, ikkinchisi atoqli rassom O‗rol Tansiqboyev asari, uchinchisi
videokasseta.
Sizningcha, qaysi tovarning taklifi mutlaqo noelastik va nima uchun?
Dostları ilə paylaş: |