66
daromadining kata qismini tashkil qiladi va,
aytish mumkinki, bu sotib
olinadigan mahsulot miqdorini sezilarli ravishda kamaytiradi.
3. Mahsulotlarning iste‘mol xususiyatlari.
Zeb-ziynat buyumlariga
talab odatda egiluvchan, hayotiy
zarur buyumlarga esa talab
noegiluvchan hisoblanadi. Masalan, non va elektr energiyasi zaruriy
iste‘mol buyumlari hisoblanadi, shu sababli
ular narxining oshishi non
yoki elektr energiyasini iste‘mol qilishning keskin kamayishiga olib
kelmaydi. Boshqa tomondan zeb-ziynat buyumlariga narxlar oshganda
ularni osonlik bilan iste‘moldan chiqarib tashlash mumkin.
4. Vaqt omili.
Qaror qabul qilish uchun vaqt oralig‗i
qancha uzoq
bo‗lsa, mahsulotga talab shuncha egiluvchan bo‗ladi. Masalan, agar mol
go‗shtining narxi 10%ga ko‗tarilsa, iste‘molchi uni xarid qilishni
birdaniga qisqartirmasligi mumkin. Lekin bir qancha vaqt o‗tishi bilan u
o‗zining moyilligini tovuq go‗shti yoki baliqqa o‗tkazishi mumkin.
Iste‘molchi daromadining 1% ga o‗zgarishi talabning necha foizga
o‗zgarishini ifodalovchi ko‗rsatkich talabning daromad bo‗yicha
egiluvchanligi ko‗rsatkichi deyiladi va
quyidagi formula yordamida
aniqlanadi:
D
Q
Et
Bu yerda:
Q – talab miqdorining foizli o‗zgarishi;
D – daromadning foizli o‗zgarishi.
Taklif hajmiga ta‘sir qiluvchi boshqa omillar o‗zgarmay qolgan
sharoitda, narxning 1%ga o‗zgarishi taklifning necha foizga o‗zgarishini
ifodalovchi ko‗rsatkich
Dostları ilə paylaş: