78
11. Daromad, foyda tushunchasini aniqlash.
12. Raqobatning mohiyatini. Bozor tuzilishini asosiy ko‗rinishlari va
ularning tasnifini aniqlash.
13. Raqobat sharoitida baholar va ishlab chiqarish hajmi qanday
aniqlanishini tushunib yetish.
14. Sof monopoliya sharoitida ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi
va uning bahosini qanday aniqlashni, nima uchun monopoliya ba‘zi
hollarda baho diskriminatsiyasidan foydalanishni va uning oqibatlarini
ko‗rsatish.
15. Monopolistik raqobat sharoitida ishlab chiqarish hajmi va mah-
sulotlar bahosi qanday aniqlanishini ko‗rsatish.
16. Oligopoliya sharoitida firma faoliyatining asosiy modellarini mo-
hiyatini ochib berish.
17. Agrar munosabatlar va ularning o‗ziga xos xususiyatlarini aniq-
lash. Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmunini yoritib berish. Yerga
mulkchilik, uning turlari va o‗ziga xos mohiyatini talabalarga yetkazish.
18. Yerning maxsus resurs ekanligi va unga xos iqtisodiy aloqalar
aniqlash. Shuningdek yer agrar munosabatlarda asosiy ishlab chiqarish
omili ekanligi yoritiladi. "Yerga egalik" va "yerdan foydalanish huquqi"
kabi tushunchalarni ochib berish.
19. Yer rentasi tushunchasini yoritish. Renta turlari bo‗lmish
differensial renta I, differensial renta II, absolyut renta va monopol renta
kabilarning iqtisodiy mazmunini ochib berish. Yerning bahosini to‗g‗ri
hisoblash.
20. Ijara haqi, uning rentadan farqini aniqlash. O‗zbekistonda agrar
munosabatlar, ularning shakllari, agrobiznes kabilarni aniq misollar
bilan yoritish.
Dostları ilə paylaş: