79
unga nisbatan keng tushuncha bo‗lib,
umuman foyda olish nuqtayi-
nazaridan yuritiluvchi faoliyatdir.
Tadbirkorlik faoliyati –
shakli va sohasidan qat‘i nazar foyda olish
va undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy faoliyatdir.
Tadbirkorlikning rivojlanishi, o‗z navbatida,
bir qator sharoitlarning
mavjud bo‗lishini taqozo yetib, ular asosida umuman tovar ishlab
chiqarishning umumiy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari yotadi.
Birinchidan,
tadbirkor xo‗jalik yuritishda uning biron turini tanlash,
ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish, uni o‗zgarishlarga
moslashtirish, manbalarni tanlash, resurs topish, mahsulot sotish, ularga
baho
belgilash, foydani tasarruf qilish va shu kabilar bo‗yicha ma‘lum
xuquq va erkinliklar mavjud bo‗lishini taqozo etadi.
Ikkinchidan,
tadbirkor ishlab chiqarish vositalariga, ishlab
chiqarilgan mahsulot va olingan daromadga mulkchilik huquqiga ega
bo‗lishi kerak. Tadbirkorlik faoliyati mulkdorning o‗zi
tomonidan ham,
uning mol-mulki asosida ish yurituvchi subyekt tomonidan ham amalga
oshirilishi mumkin.
Uchinchidan,
xo‗jalik yuritish yo‗lini erkin tanlash, daromadni
investitsiyalash imkoniyati va shu kabilarni real ta‘minlaydigan ma‘lum
iqtisodiy muhit va ijtimoiy siyosiy sharoit yaratishi zarur.
To‗rtinchidan,
tadbirkorlik mulkchilik va o‗zlashtirish turli-tuman
shakllari va turlarining mavjudligini taqozo qiladi. O‗z
navbatida
mulkchilik va o‗zlashtirish sohalaridagi turli-tumanlilikning o‗zi
obyektiv hodisa bo‗lib, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi
oqibati sifatida maydonga chiqadi.
Beshinchidan
, yetarli moliyaviy manbalarga, yaxshi ma‘lumot va
malakali tayyorgarlikka ega bo‗lish, umumiy tijorat qonunchiligi,
soliq
bo‗yicha imtiyozlar, tadbirkorlik muhiti va uni rivojlantirishda jamiyat
manfaatdorligining mavjud bo‗lishi tadbirkorlikni rivojlantirishning
navbatdagi shart-sharoitlari hisoblanadi.
Yuqorida ko‗rib chiqilgan barcha shart-sharoitlar mavjud bo‗lgan
davlatlarda tadbirkorlik yaxshi rivojlanadi, aks holda faoliyatning bu turi
xufyona iqtisodiyot sohasiga o‗tib ketishi ehtimoli ham yuqori bo‗ladi.
Davlat korxonalarini uchta guruhga bo‗lish mumkin:
-
byudjet korxonalari;
-
davlat ishlab
chiqarish korxonalari;
-
aralash kompaniyalar.
80
Huquqiy va xo‗jalik mustaqilligiga ega bo‗lmagan korxonalar
Dostları ilə paylaş: