O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi


Quyi gorizontlar uchun qazib olish tizimin tanlash va asoslash



Yüklə 2,25 Mb.
səhifə11/17
tarix20.09.2023
ölçüsü2,25 Mb.
#146059
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
diplom 21.06.2023

3.2. Quyi gorizontlar uchun qazib olish tizimin tanlash va asoslash.
Rudani magazinlab qazib olish tizimi.Ruda tanasining ogʼish burchagi gorizontga nisbatan tikga yaqin joylashganda keng qoʼllaniladi, bu qazib olish tizimi 6-rasmda koʼrsatilgan. Bunda yuk tashiladigan shtrek-1 ruda tanasi qalinligining oʼrtasida yoki yotgan yondan ruda kontakti boʼylab oʼtiladi.
Mahkam rudadan shtrek mustahkamlagichsiz oʼtiladi va uning shipiga gumbazsimon shakl beriladi. Shamollatuvchi shtrek vazifasini, yuqorigi qavatni yuk tashiluvchi shtreki-2 bajaradi. Qavat balandligi 50-60 m boʼlishi mumkin.
Qavat rudaning chiziqligi boʼyicha vosstayushiylar bilan har 40- 100 m da alohida bloklarga boʼlinadi. Vosstayushiylar kameralar aro seliklarni oʼrtasidan uning oʼq yoʼnalishi boʼyicha oʼtiladi. Vosstayushiy tirgak mustahkamlagichlar bilan mahkamlanadi, qoʼporilishi boʼyicha 4-6 m kamera bilan yoʼlakcha-3 orqali tutashtiriladi.
Baʼzan blok oʼlchami uzun boʼlsa, uning oʼrtasidan qoʼshimcha vostayushiy oʼtiladi uning vazifasi, kameraga materiallar, uskunalar tashib keltirishni osonlashtirish, qazilayotgan blokni shamollatishni yaxshilashdir. U mavjud boʼlsa qanotdagi vosstayushiyni kesim yuzasi kichikroq oʼlchamda oʼtilib, unda faqat narvon boʼlimigina uskunalanadi.
Rudaning magazindan bir tekis chiqarish uchun ruda tushiruvchi duchkalar oraligʼini 5-6m oʼlchamda, qabul qilinadi. Bu oʼlchamlar kattaroq boʼlsa, ruda notekis tushadi.
Qazib olish ishlari blokda toʼrt bosqichdan iborat: magazinning pastki qismini kesib, uning tagida voronka hosil qilinadi; soʼngra rudani shamollatuvchi shtrek osti seliklariga qadar qoʼporib, ularni magazinlaydi; rudani chiqarish va qavatlar, kameralar oraligʼidagi seliklarni qazib olish (ajratib olish) dan iborat.
Qazib olish sikli tarkibiga, burgʼulash va shpurlarni portlatish, shamollatish, ortiqcha rudani chiqarish, shipni xavfsiz holatga keltirish ishlari odatda ikki yoki uch smenada davom etadi. Har bir siklda chiqariladigan ruda miqdori uning maydalanganlik darajasiga bogʼliq. Ruda chiqarilgandan keyingi boʼshliqni ishchi balandligi 1,8-2,5 m atrofida boʼladi.

Rasm-2. 1-tashish shtreki, 2- blok vosstayushiysi, 3-tutashtirma kamerasi, 4-shamollatish shtreki, 5-massivdan ajratilgan (magazinlangan) ruda, 6- teleskopik perforatorlar bilan burg‘ilangan shpurlar, 7-qo‘porilgan rudalarni duchkalardan tushirish, 8-qo‘porilmagan ruda massivi, 9-qo‘porilgan ruda massasini tushirish, 10- blok ostida qoldirilgan seliklar


Jadval-1

Kon lahimlari nomi



Lahimlar soni

Lahimning umumiy uzunligi

Lahim yuzasi m2

Hajmi m3

Balans zaxira

Rudadan

Tog’ jinsidan

tonna

%





Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin