1-rasm.Shaxta maydonini ochish sxemasi Hozirgi vaqtga kelib deyarli barcha uchastkalarda ochish ishlari olib borilgan bo‘lib, tayyorlash va qazib olish ishlari amalga oshirilmoqda. Guzaksoy shaxtasining absolyut balandligi 1240 m dan boshlanib, hozirgi paytda 1065 m gacha ruda zaxiralari borligi aniqlangan. Absol'yut balandligi eng yuqorida bo‘lgan 1240 m gorizontda Shimoliy oqbuloq uchastkasi joylashgan bo‘lib, ushbu uchastkaning geologiya-qidiruv ishlari burg‘ulash ishlari orqali yer yuzidan amalga oshirilgan. Keyinchalik esa geologiya-qidiruv ishlari shtol'nya №16 ni o‘tish bilan amalga oshirilgan.
Tartib raqami
Joylashgan garizonti
Ko’ndalang kesim yuzasi
m2
Uzunligi
m
Shtolnya 10
+1326 garizonti
6,44m2
L=700m
Shtolnya 27
+1244 garizonti
6,58m2
L=600m
Shtolnya 42
+1200 garizonti
6,44m2
L=400m
Shtolnya 57
+1160 garizonti
6,78m2
L=550m
Shtolnya №16 kelajakda asosiy tashish shtreki bo‘lishi sabab xavfsizlik qoidalariga javob beradigan qilib o‘tilgan. Ushbu uchastkada shamollatish ishlarini yo‘lga qo‘yish uchun shtol'nya ichkarisidan yer yuzasiga ya'ni gor 1280 m ga shamollatish vosstayushiysi teshilgan. Ushbu vosstayushiydan faqat ishlatilgan havo oqimi yer yuzasiga chiqib ketishi mo‘ljallangan.
Ushbu Shimoliy oqbuloq usatkasida ya'ni bitta shtol'nya №59 o‘tilgan bo‘lib, u asosan tashish ishlari uchun xizmat qiladi. Shtol'nya №59 absolyut balandligi gor 1230 m ga to‘g‘ri keladi va u shimol tomonga o‘tilgan bo‘lib, shtol'nya №16 dan 10 metr pastda joylashgan. Shtolnya №59 dan shtol'nya №16ga qarab 2 ta ruda tushirgich o‘tilgan.Shtol'nya №16 dan tashilayotgan rudalar shtol'nya №59 orqali yer yuzasiga chiqariladi, chunki shtol'nya №16 ning yuza qismiga borish uchun ruda tashiladigan avtomobillarning chiqish yo‘lining qiyinligi uchun, ayniqsa,qish mavsumida umuman iloji bo‘lmagani uchun shtolnya №16 rudalari shtol'nya №59 ning yuzasi bilan olib ketiladi.Absol'yut balandligi 1200 m da joylashgan qora-kutan uchastkasining ruda zaxiralari asosan shtolnyalar bilan geologik-qidiruv ishlari amalga oshirilgan.Ushbu uchastkada dastlab g‘arb tomonga shtol'nya №60 o‘tilgan. Ushbu shtol'nyada olib borilgan geologik qidiruv ishlarga ko‘ra ushbu uchastkaning boshqa tomonlarida ham ruda tanalari borligi namoyon bo‘ldi.Keyinchalik ushbu uchastkaning shimoliy tomoniga qarab shtol'nya №63 o‘tilishi amalga oshirildi. Ushbu shtol'nyada shamollatish ishlarini bajarish uchun yer yuzasiga shamollatish vosstayushiylari teshildi.