Mexnat muxofazasi va texnika havfsizligi. Pirmirob uchastkasi sharoitida konchilik ishlari ruda, noruda va sochma konlarni qazib olishning yagona havfsizlik qoidalari talablariga asosan olib borilmoqda.
Jumladan shaxtaga ishga qabul qilinadigan barcha ishchi hizmatchilar majburiy ravishda medisina ko‘rigidan o‘tkaziladi yer osti uchastkalari ishchilari ITX va boshqalar shahsiy himoya vositalari bilan norma talablariga javob beradigan darajada ta'minlashlari shart.
Shaxtaga kirgan va undan chiqqanlarning mahsus hisobi olib boriladi yer osti kompleksi operatori tomonidan maxsus tabel hisobi yuritiladi.
Shaxtada ishlaydigan barcha ishchilar bir ishdan ikkinchi ishga o‘tadigan ishchilar majburiy ravishda havfsizlik tehnikasi bo‘yicha o‘qitilishi shart bundan tashqari yer osti uchastkalari Sambepateldan va yong'inga qarshi kurashish uchun birlamchi vostalardan foydalanishni bilishlari shart barcha ishlatilayotgan kon lahmlari tehnik nazorati hodimlari tomonidan doim ko‘zdan kechirib turadi va behatar holatga keltiriladi. Ishlatilmaydigan kon lahmlari peremiskalar ( to‘siqlar) vostasida to‘sib qo‘yiladi.
Burg‘ulash portlatish ishlaridan oldin kon lahimi va kov joy to‘liq ko‘zdan kechiriladi ochilib qolgan qulab tushish havfi bo‘lgan tog‘ jinslari avvaldan tushirilib ish joyi behatar holatga keltiriladi.
Kov joyga borish uchun mahsus yo‘lak hozirlanib qo‘yiladi. Ish jarayonida ochiq kameralarga bo‘shliqlarga tog‘ jinslari qulagan joylarga kirish qattiyan man qilinadi kameralardan chiqadigan joylar shtreklar tomonidan reshetkalar bilan yopilib bloklarga olib boruvchi yo‘llar to‘sib qo‘yiladi. Konda hosil bo‘ladigan chang bilan kurashish uchun jadal shamollatish va suvlashdan foydalaniladi.
Portlatish ishlarini olib borish uchun zarur bo‘lgan portlatish moddalar sig‘imi 1m gacha bo‘lgan mahsus yer osti tarqatish kameralarda saqlanadi.
Portlatuvchilar tomonidan qabul qilib olingan ( naryad bo‘yicha ) portlovchi moddalar mahsus sumkalarda portlatish kovjoylariga olib boriladi. Portlatish moddalari zavod o‘ramlarida bo‘lishi shart portlatishni tashkil qiladigan vositalar shpur boevek va boshqalarni faqatgina usta portlatuvchi olib yurishi mumkin. Yordamchilarga berish mumkin emas usta portlatuvchi maksimum 12 kg portlatish moddasini ko‘tarib boorish mumkin. Mahsus inustumentni olgan yordamchi portlatuvchi maxsus sumkadagi o‘ramdagi 24 kg portlatish moddasini ustaning yonida ko‘tarib borishi mumkin.
XULOSA Men ushbu o’zimga yuklatilgan bitiruv malakaviy ishini bajarish davomida o’zimga kerakli bo’lgan ko’gina bilimlarni oldim. Men ushbu diplom ishida Chodak oltin konining yillik ishlab chiqarish unumdorligi 300 000 tonnani tashkil etgan taqdirda unga qaysi qazib olish tizimi tanlash mumkinligini o’z diplom ishimda ko’rsatib berishga harakat qildim. Ushbu dilplom ishida men Chodak oltin konining kon geologik hamda kon texnik sharoitlaridan kelib chiqqan holda unga mos keluvchi ikki qazib olish tizimi tanlab oldim hamda ushbu qazib olish tzimlarini qazib olish ishlaridagi har bir jarayon uchun solishtirib, har tomonlama qulay, xavfsiz hamda iqtisodiy jihatdan kam xarajatli tizimni tanlab oldim. Tanlab olingan qazib olish tizimlari:
-rudani magazinlab qazib olish va qazib olingann rudani blok ro’parasidan chiqazib olish;
-rudani magazinlab qazib olish va qazib olingan rudani blok ostidan chiqazib olish;
Ushbu qazib olish tizimlarini blokni qazib olishga tayyorlash ishlari, qirqish ishlari hamda qazib olish ishlari bo’yicha solishtirdim. Tayyorlash va qirqish ishlarida qanday lahimlar o’tiladi, qancha masofada o’tiladi, u lahimda ishlovchi texnikaga qarab qanday yuzada o’tiladi, yuzani o’tish davomida burg’ulash va portlatish ishlarini amalga oshiruvchi dastgoh yoki uskunalar hamda xarajatlar, blokni shamollatish uchun qanday ventilyotar tanlash zarurligi, massivdan ajragan tog’ jinsi yoki ruda massasini yuklash ishlari qanday texnika bilan bajarilishi, qazib olingan rudani qanday texinika bilan yer yuzasiga olib chiqish , texnikani tanlashda shaxtaning yillik ish unumdorligiga etibor bergan holda ushbu texnikia qazib olish unumdorligiga mos kelish kelmasligi hisob kitob ishlari bilan aniqlagan holda amalga oshirdim.
Hozirgi kunda Chodak oltin konida ish jarayoni 3 ta blokda davom etib undan yiliga 154000 tanna ruda qazib olinyapdi. Mening bitiruv malakaviy ishimda 300 000 tonna yilllik ish unumdorligi berilganligini hisobga olib, qazib olish ishlarini jadallashtrish maqsadida qazib olish bloklarini sonini 2 martaga oshirishimiz kerak bo’ladi.