O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi


I BOB. CHODAK OLTIN KONINING KON-GEOLOGIK VA KON-TEXNIK TASNIFI



Yüklə 2,25 Mb.
səhifə4/17
tarix20.09.2023
ölçüsü2,25 Mb.
#146059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
diplom 21.06.2023

I BOB. CHODAK OLTIN KONINING KON-GEOLOGIK VA KON-TEXNIK TASNIFI
1.1 Chodak oltin koni kon-geologik tavsifi
Chodak kon maydoni o‘z tarkibiga Pirmirob va Go‘zaksoy ma'dan konlarini birlashtirgan bo‘lib, ularning har biri alohida uchastkalardan tashkil topgan va katta Ugam-Kembel bilan Sharqiy Farg‘ona tektonik kesishmalar orasida joylashgan. Pirmirob koni Ugam-Kembel zonasiga tegishli bo‘lib, bir nechta darzliklarni, ya'ni Jo‘laysoy, Chodakboshi, Pirmirob darzliklaridan iborat. Chodak madanli maydoni 60% maydon vulkanogen tog‘ jinslaridan va 30% inturiziv jinslardan tashkil topgan. Maydonning geologik hosil bo‘lishida gertsin struktura etapi va ozgina janubiy-sharqiy tomonda qoplangan alp yotqiziqlari Farg‘ona vodisigacha cho‘zilgan. Gertsin etapi ikki guruhga bo‘linadi.
Bular:
- o‘rta-yuqori karbon yotqiziqlari;
- perm-triaz davri yotqiziqlari.
O‘rta-yuqori karbon davrida riolit-dauittraxiandezitli kompleks va ikkita svitadan iborat. Pastki nadak svitasi tarkibida juda murakkab nordon tarkibli qumtoshlar, tuflar va lentasimon ohaktosh tuflar va porfiritlar, andezit va datsitlar uchraydi. Ularning qalinligi kamida 4000 m ga boradi. Yuqori nadak svitasida nordon tarkibli tuflar va qatlamli qumtosh hamda argiditlar uchraydi. Svitaning qalinligi 400 m ga yaqin. Perm-triaz davrida murakkab yotqiziqlar shurabsay, ravash va qizilnurin komplekslaridan hamda ular subbraxiantiklinalik patsiyalardan tashkil topgan. Shurabsoy kompleksi ma'danli maydoni 25% ga yaqin joyini egallaydi. O‘ziga xos xususiyatlari o‘zgaruvchan tarkibli tog‘-jinslari bir-biriga mosmas. Ushbu yotqiziqlar yemirilgan bo‘lib nadak kompleksining yuzasidagina uchraydi. Bu yotqiziqlar subvulkanik patsiyalarni muvofiq kelishiga qarab uchga bo‘linadi: Pastki svita chodak soyining chap qismida ochilib qolgan konglamerat, gravilit, peschanik, argilitlar, tuflar va andezitdan tashkil topgan. Bu yotqiziqlar birdaniga azimutli va burchakli yotishi bilan farq qiladi. Svitaning qalinligi chodaksoyning chap qismida 102 m tashkil etadi.
O‘rta svitada konglameratlar, peschaniklar, tuflar, nordon tarkibli va gazumli tuflar bilan andezumli bazaltlar uchraydi. Yotqiziqlar darzlik bo‘yicha Chodak soyidan janubiy-sharqiy yo‘nalishda Oqtoshgacha siljib borgan. Kuzatilgan qatlamning qalinligi 150 m dan 600 m gacha o‘zgaradi. Yuqori svitada andezitli bazalt, tufli andezit, argilit, peschaniklardan hamda lavali andezit va bazaltlardan tashkil topadi. Tog‘ jinslari svitada Chodak soyining ikkala tarafida ochilgan bo‘lib uning qalinligi 200 m ga yaqin. Ma'danli jinslar asosan kvarts va kvarts-karbonatli ruda tanalarida joylashgan bo‘lib o‘zaro parallel G‘arbiy va Sharqiy submeridional Markaziy Pirmirob zonasini davomi hisoblanadi. G‘arbiy zona uzunligi qariyb 1000 m bo‘lib 3 ta oltin ma'danli ruda tanalari (№14, №10, №8a ruda tanalari) aniqlangan. Sharqiy zonasida esa faqat №9 chi ruda tanasi aniqlangan.Ruda tanalarining yer yuzasi sathidagi tasnifi bo‘yicha qalinligi va uzunligi o‘zgaruvchan, asosan tarkibi past baholangan.№10 ruda tanasi yer yuzasiga chiqmagan va skvajina, kon lahmlari orqali aniqlangan. Sanoat ahamiyatiga ega qismlari ma'dan ustunlar ko‘rinishida joylashgan. №8a ruda tanasi daykalar orasida joylashgan bo‘lib 26, 40, 41-chi shtolnyalar yordamida aniqlangan va bir-biridan uzoqlashgan ma'dan ustunlari ko‘rinishida joylashgan.№9 ruda tanasi yer yuzasi qismida sanoat ahamiyatiga ega emas, faqat pastgi uchta shtolьnyalar oralig‘ida ahamiyatli baholangan. №14 ruda tanasi uchta shtolьnya yordamida ochilgan bo‘lib ruda tanasining og‘ish bo‘yicha uzunligi 130 yo‘nalish bo‘yicha uzunligi esa 1000 metrni tashkil etadi. №14 ruda tanasi kondagi asosiy ruda tanasi hisoblanib unda kondagi mavjud zahiralarinig qariyb 60 % jamlangan.
Ma'danli va ma'dansiz tog‘ jinslari qattiq va turg‘un bo‘lib mustahkamlik koeffitsiyenti prof. M.M.Protodьyakonov jadvali bo‘yicha f=12-15 ni tashkil qiladi. Ayrim tektonik darzliklarda tog‘ jinslari turg‘un emas va ko‘chish xavfi yuqori. Ma'dan tanasining o‘rtacha qalinligi 3 m, og‘ish burchagi 70˚-80˚, zichligi 2.75 t/m3 ni tashkil etadi. Ko‘pchish koeffitsiyenti -1.4 ni tashkil etadi. Ma'dan tarkibi silikoz kasalligi keltirib chiqaruvchi xavfga ega. Yopishish va o‘z-o‘zidan yonish xususiyatiga ega emas. Yer osti suvlari kam miqdorda, eng ko‘pi bilan soatiga 18-20 m3 ni tashkil qiladi.

Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin