O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Geologiya-Qidiruv va Kon-Metallurgiya Fakulteti Marksheyderlik ishi va Geodeziya Kafedrasi Yer Kadastri fanidan



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə4/22
tarix02.12.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#171598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Furqat yer kadastiri kurs ishi

1.4 Transporti
Viloyatdagi temir yoʻl uzunligi 401 km. Asosiy temir yoʻl magistrallari Kogon — Qarshi — Dushanba, Qarshi — Kitob, Qarshi- Samarqand. Yangi qurilayotgan Toshgʻuzor — Boysun-Qumqoʻrgʻon (umumiy uz. 223 km) temir yoʻlning 106,2 km qismi Qashqadaryo viloyati hududidan oʻtadi. 2004-yil oktabrgacha ushbu yoʻlning 112 km dan ziyod Toshgʻuzor — Dehqonobod va Qumqoʻrgʻon — Boysun qismlari foydalanishga topshirildi. Viloyatda jami 13,9 ming km uzunlikda avtomobil yoʻllari mavjud. Shundan umumiy foydalanilayotgan yoʻllar uz. 3,4 ming km, xoʻjaliklar hisobidagi yoʻllar uz. 10,5 ming km. Qashqadaryo viloyati hududidan respublika ahamiyatiga ega boʻlgan Qarshi — Amudaryo (Turkmaniston), Katta Uzbekiston trakti (Toshkent — Termiz), Qarshi — Buxoro, Qarshi — Samarqand avtomobil yoʻllari oʻtadi. Qarshidan Toshkent, Termiz, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Denov va boshqalar shaharlarga avtobuslar qatnaydi. Qarshi aeroportidan Qarshi — Moskva, Qarshi — Toshkent, Qarshi — Andijon va boshqalar yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashuvchi samolyotlar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

2 Bob. Kurs ishi bo`yicha nazariy qism.
2.1.Bob.Davlat yer kadastirini yuritish.
Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Davlat yer kadastrini yuritish tartibini belgilaydi.
Davlat yer kadastri yerlarni hisobga olish, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar kafolatlanishini ta’minlash, erning tabiiy xossalarini, yerdan foydalanishni har tomonlama o‘rganish va baholash maqsadida yuritiladi.
2. Davlat yer kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, yerlarning tabiiy, xo‘jalik, huquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qiymati, yer uchastkalarining o‘rni va o‘lchamlari, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o‘rtasidagi taqsimoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda hujjatlar tizimidan iboratdir.
3. O‘zbekiston Respublikasining yer fondi davlat yer kadastri obyekti hisoblanadi.
4. Yer kadastri ma’lumotlarini ishlab chiqish texnologiyasini doimiy ravishda takomillashtirish, tizimlashtirish, saqlash, yangilash hamda foydalanuvchilarga yer kadastri to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar taqdim etish davlat yer kadastrining asosiy vazifalari hisoblanadi.
Davlat yer kadastrini yuritish aerokosmik suratga olish, topografik-geodezik, kartografik, tuproq, agrokimyoviy, geobotanik tadqiqotlar va boshqa tadqiqotlar hamda izlanishlar olib borish, yerlarning miqdor va sifat jihatidan hisobga olinishi va baholanishi, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali ta’minlanadi.
5. Davlat yer kadastri yer munosabatlarini tartibga solish maqsadida davlat organlari va tashkilotlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni yer to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash, yerlarni muhofaza qilish, yer tuzilishini tashkil etish, yer uchun haq to‘lash miqdorlarini asoslash, xo‘jalik faoliyatini baholash uchun mo‘ljallangan.
6. Quyidagilar davlat yer kadastrining tarkibiy qismlari hisoblanadi:
yer uchastkalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularga bo‘lgan mulk yoki ijara huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek, servitutlarni va ushbu huquqlarga doir boshqa cheklashlarni hisobga olish;
er miqdorini hisobga olish;
er sifatini hisobga olish (tuproq bonitetini aniqlash);
erni qiymat jihatidan baholash.
7. Quyidagilar davlat yer kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
respublikaning butun hududini qamrab olish;
fazoviy koordinatlarning yagona tizimini (WGS-84) qo‘llash;
er kadastriga doir ma’lumotlarni ishlab chiqish uslubining birligi va uzluksizligi;
er kadastriga doir ma’lumotlarning ishonchliligi va tejamliligi.
8. Davlat yer kadastri ma’lumotlari asosiy (birlamchi) va joriy turga bo‘linadi.
Birlamchi ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida olingan ma’lumotlar va davlat yer kadastri birlamchi ma’lumotlarini tuzish asosiy ma’lumotlar hisoblanadi.
Davlat yer kadastri ma’lumotlarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va (yoki) o‘zgartirish jarayonida olingan ma’lumotlar joriy ma’lumotlar hisoblanadi.
9. Davlat yer kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimi, boshqa davlat kadastrlarini monitoringini yuritish uchun fazoviy-huquqiy asos hisoblanadi.
Davlat kadastrlari yagona tizimiga davlat yer kadastriga oid kiritiladigan ma’lumotlarning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi o‘rinlarda — Kadastr agentligi) tomonidan ishlab chiqiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan kelishiladi.
10. Yer kadastri ma’lumotlaridan yer munosabatlarini tartibga solishda, yerdan foydalanish bilan bog‘liq ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik vazifalarni hal etishda foydalanilishi kerak.
11. Davlat yer kadastrini yuritish ishlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun to‘lovlar va boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin