O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Geologiya-Qidiruv va Kon-Metallurgiya Fakulteti Marksheyderlik ishi va Geodeziya Kafedrasi Yer Kadastri fanidan


Bino va inshootlar kadastrini yuritishni tashkil etish



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə9/22
tarix02.12.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#171598
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Furqat yer kadastiri kurs ishi

Bino va inshootlar kadastrini yuritishni tashkil etish
18. Mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar to‘plangan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin bino yoki inshoot kadastr rejasida belgilanadi. Kadastr rejasi avtomatik loyihalashtirish tizimlaridan foydalangan holda elektron shaklda bo‘lib, bu ro‘yxatdan o‘tkaziladigan obyektlarning joylashuvi va asosiy parametrlarining ko‘rgazmali chizma belgilanishini ta’minlaydi.
19. Davlat kadastrlari yagona tizimida bino va inshootlar davlat kadastri tuman (shahar)lar kesimida Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan yuritiladi.
Bino va inshootlar davlat kadastri ma’lumotlar bazasida bino va inshootlar tasnifi bo‘yicha obyektlar guruhga bo‘linadi. Bunda bino va inshootlarning hududiyligi, maqsad yo‘nalishi, yuridik va jismoniy shaxslarga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlarda tegishliligi, shuningdek, qurilish-texnik tavsiflariga qarab belgilanadi. Bino va inshootlar yagona klassifikatori Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
20. Binolar va inshootlarning holati bo‘yicha kadastr ma’lumotlarining umumlashtirilgan statistik ko‘rsatkichlari Kadastr agentligi tomonidan har yili tuman va shaharlar kesimida ochiq ma’lumot sifatida Internet tarmog‘ida keng yoritilishi tashkil etiladi.


Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritishda davlat kadastriga oid kiritiladigan ma’lumotlar tarkibiga qo‘yiladigan
MINIMAL TALABLAR

1.

Tartib raqami

2.

Subyekt haqida ma’lumot:

2.1.

Yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi

2.2.

Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami

3.

Yer uchastkasining kadastr raqami

4.

Maydoni, ga

5.

Joylashgan joyi (manzili)

6.

Binolar va inshootlar ro‘yxati

7.

Bino va inshootning kadastr raqami

8.

Bino va inshootlarning kapitalligi*

9.

Funksiyasi (mo‘ljallanganligi)

10.

Xonalar soni

11.

Konstruktiv turi*:

11.1.

Poydevor

11.2.

Devor

11.3.

Cherdak to‘sinlar (parto‘sinlar)

11.4.

Devorlar va qavatlararo orayopmalar (to‘siqlar)

11.5.

Tom qoplamasi

11.6.

Pol

12.

Zilzilabardoshligi

13.

Muhandislik jihozlanganligi*:

13.1.

Ichimlik suvi ta’minoti

13.2.

Oqova suv tizimi

13.3.

Elektr energiya ta’minoti

13.4.

Gaz ta’minoti

13.5.

Issiqlik ta’minoti

14.

Binoning qavatliligi

15.

Obyekt joylashgan qavat

16.

Binoning balandligi, m

17.

Maydon, kv. m:

17.1.

Qurilish osti

17.2.

Umumiy

17.3.

Ishlab chiqarish

17.4.

Foydali, yashash

18.

Qurilgan yili

19.

Bino va inshootga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar

20.

Kadastr qiymati, 20___ y. holatiga ming so‘m

21.

Bitim (shartnoma) da ko‘rsatilgan qiymati, 20___ y. holatiga ming so‘m*

22.

Maxsus inshootlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar

23.

Kadastr ma’lumotlarini shakllantirgan subyekt (tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi; Davlat kadastrlari filiali nomi)


2.3.Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash


Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
bino — funksional maqsadiga qarab, odamlar yashashi yoki bo‘lishiga va har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga mo‘ljallangan, yopiq hajmni tashkil etuvchi tayanch, to‘sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi;
yer uchastkasi — yer yuzasining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda boshqa xususiyatlarga ega bo‘lgan qismi;
inshoot — har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga, materiallar, buyumlar, asbob-uskunalarni saqlashga, odamlarning vaqtincha bo‘lishiga, odamlar, yuklar va boshqa narsalarni olib o‘tishga mo‘ljallangan, tayanch, to‘sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi yer tepasida, yer yuzasida va yer ostida joylashgan qurilish tizimi;
kadastr yig‘majildi — obyektning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan kadastr suratiga olish, texnik xatlovdan o‘tkazish va pasportlashtirishning, maxsus tekshirish va izlanishlarning, sifat va qiymat jihatidan baholashning hujjatlari, materiallari va ma’lumotlari jamlamasi;
kadastr muhandisi — geodeziya-kartografiya ishlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilot bilan tuziladigan mehnat shartnomasi asosida faoliyat yurituvchi yoki o‘z faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida amalga oshiruvchi va kadastr muhandisi malaka shahodatnomasiga ega jismoniy shaxs;

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin