O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Geologiya-Qidiruv va Kon-Metallurgiya Fakulteti Marksheyderlik ishi va Geodeziya Kafedrasi Yer Kadastri fanidan



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə3/22
tarix02.12.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#171598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Furqat yer kadastiri kurs ishi

1.3 Xoʻjaligi va iqtisodiyoti
Qashqadaryo viloyati qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish hamda yoqilgʻi resurslarini qazib olish boʻyicha Oʻzbekistonda muhim oʻrin egallaydi. Viloyat respublikada qazib olinadigan tabiiy gazning 88 %, neftning 92 %, kondensatning 99,6 %, oltingugurtning 100 % ni beradi.Qashqadaryo respublikada eng koʻp don va paxta yetkazib beradigan viloyatdir. Oʻzbekistonda tayyorlanadigan yalpi qishloq xoʻjaligi mahsulotining 10,2 %,shu jumladan, paxtaning 11,8 %, gʻallaning 12 %, qorakoʻl terining 19 % viloyat hissasiga toʻgʻri keladi. Tabiiy gaz, kondensat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi tarmoqlar rivojlanmoqda. Viloyatda 1,1 ming kichik korxona, 40,6 ming mikrofirma bor. Bular sanoat, qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish, qishloq xoʻjaligi va boshqalar korxonalardan iborat.
Sanoatining yetakchi tarmoqlari: — tabiiy gaz va neft qazib olish, gazni qayta ishlash, paxta tozalash, yogʻ ekstraksiyasi, qurilish materiallari ishlab chiqarish, ip yigiruv, tikuvchilik, oziqovqat va boshqalar Eng yirik korxonalari: Muborak neftgaz unitar korxonasi, Shoʻrtan gaz unitar korxonasi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi, Qarshi, Koson yogʻekstraksiya, Shahrisabz konserva zavodlari, Shahrisabz pillakashlik, Qarshi tikuvchilik fabrikalari, Qashqadaryo marmar aksiyadorlik jamiyati, Dehqonobod kaliy zavodi va boshqalar 49 qoʻshma korxona faoliyat koʻrsatadi, shulardan: Oʻzbekiston — Turkiya „Kashteks“ toʻqimachilik, „Oqsaroy toʻqimachilik LTD“ qoʻshma korxonalari ishlamoqda.
Viloyat hududidagi dastlabki sanoat korxonasi — Shahrisabz paxta tozalash zavodi 1916-yilda qurilgan. Undan keyingi davrda viloyatda, asosan, paxta tozalash zdlari, tikuvchilik fabrikalari qurildi. 1971-yilda Muborak gazni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. Mustaqillik-yillarida Shahrisabz, Yakkabogʻ un ktlari, Tallimarjon issikdik elektr stansiyasi, 2001-yil oxirida Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi qurilib ishga tushirildi. Qashqadaryo viloyati da gaz (propan), jun, paxta tolasi, momiq, polietilen, tomat pastasi, turli xil plitalar ishlab chiqariladi.

Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari: gʻallachilik, paxtachilik, kartoshkachilik, polizchilik, sabzavotchilik, chorvachilik. Bogʻdorchilik, tokchilik, ipakchilik ham salmoqli oʻrin tutadi. Chorvachiligi goʻsht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. Qoramolchilik, qoʻychilik, parrandachilik rivojlangan. Muborak, Mirishkor, Nishon, Gʻuzor tumanlarida qorakoʻlchilikka ixtisoslashgan yirik naslchilik xoʻjaliklari mavjud. Asalarichilikka ham katta eʼtibor berilgan.


Qashqadaryo viloyatida 667,6 ming ga ekin maydoni mavjud boʻlib, shundan 418,7 ming gektari sugʻoriladi. 173,8 ming ga yerga paxta, 205 ming ga yerga don, 3,2 ming ga yerga sabzavot, 2 ming ga yerga poliz, 0,5 ming ga yerga kartoshka, 38,1 ming ga yerga ozuqa ekinlari ekiladi. 32,8 ming ga yer koʻp yillik daraxtzorlar, shundan 13,2 ming ga yer mevazor, 9,2 ming ga yer tutzor, 10,4 ming ga yer tokzorlar bilan band, 1451 ming ga yerni yaylovlar egallagan. Yerning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 13815 km uzunlikda kollektordrenaj tarmoqlari qurilgan. Viloyatda sugʻoriladigan dehqonchilikni rivojlantirish maqsadida sugʻorish kanallari (Qarshi, Sandal va boshqalar) va suv omborlari (Tallimarjon, Chimqoʻrgʻon, Hisorak, Qizilsuv vaʼb.) barpo etilgan. Sugʻorishni tashkil etish uchun 6 ta yirik nasos stansiyasi qurilgan. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish maqsadida Qarshi choʻlida 250 ming ga yer oʻzlashtirilgan.
Viloyatda 68 shirkat, 17,6 ming dehqon, 17,2 ming fermer xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi. Qashqadaryo viloyati shirkat, fermer va shaxsiy xoʻjaliklarida 654,7 ming qoramol (shu jumladan, 276,8 ming sigir), 2,2 mln. qoʻy va echki, 1,3 mln. parranda, 17,3 ming-yilqi boqiladi (2005).

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin