Ko‘p yillik daraxtlarning kadastr ma’lumotlarini tayyorlash 33. Yuridik va jismoniy shaxslarning mulki bo‘lgan ko‘p yillik daraxtlarga ko‘chmas mulkning bir turi sifatida kadastr yig‘majildi tayyorlanadi va natijalari bo‘yicha kadastr pasporti beriladi.
Qishloq xo‘jaligi tashkilotlari va fermer xo‘jaliklari tomonidan uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalarida ijaraga beruvchining ruxsati bilan o‘z mablag‘lari hisobiga ekilgan va ularning mulki bo‘lgan ko‘p yillik daraxtlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kadastr yig‘majildi tarkibiga kiritiladi.
Yakka tartibdagi uy-joyda hamda jamoa bog‘dorchiligi va uzumchiligini yuritish (dala hovli) uchun berilgan yer uchastkalarida o‘stirilgan ko‘p yillik daraxtlarga kadastr yig‘majildi tayyorlanmaydi.
34. Kadastr yig‘majildini tayyorlash jarayonida bog‘lar, uzumzorlar, tutzorlar va boshqa o‘rmon daraxtlarining maydonida (geodezik o‘lchov asboblari yordamida 1:1000 va 1:10000 gacha masshtabda topoxaritalari yaratiladi) o‘lchov ishlari o‘tkaziladi va ko‘chatlarning soni aniqlanadi. Bog‘lardagi daraxtlar turlarga (olma, nok, shaftoli va boshqalar) ajratilmasdan, egallagan umumiy maydoni hamda soni aniqlanadi.
35. Ko‘p yillik daraxtlarning kadastr ma’lumotlari yer uchastkasining kadastr ma’lumotlari bilan birgalikda ko‘rsatiladi. Kichraytirilgan reja xaritasidagi shartli belgilarda ko‘p yillik daraxtlar egallagan yerlar chegarasi koordinata burilish nuqtalari katalogida aks ettiriladi.
3 Bob Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumani U. Ibragimov massivi yerlari bo`yicha bajarilgan ish natijalari 3.1 U. Ibragimov massivi yer uchastkalarining Inertirizatsiyasi