Bino va inshootlar kadastrini yuritishni tashkil etish 18. Mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar to‘plangan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin bino yoki inshoot kadastr rejasida belgilanadi. Kadastr rejasi avtomatik loyihalashtirish tizimlaridan foydalangan holda elektron shaklda bo‘lib, bu ro‘yxatdan o‘tkaziladigan obyektlarning joylashuvi va asosiy parametrlarining ko‘rgazmali chizma belgilanishini ta’minlaydi.
19. Davlat kadastrlari yagona tizimida bino va inshootlar davlat kadastri tuman (shahar)lar kesimida Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan yuritiladi.
Bino va inshootlar davlat kadastri ma’lumotlar bazasida bino va inshootlar tasnifi bo‘yicha obyektlar guruhga bo‘linadi. Bunda bino va inshootlarning hududiyligi, maqsad yo‘nalishi, yuridik va jismoniy shaxslarga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlarda tegishliligi, shuningdek, qurilish-texnik tavsiflariga qarab belgilanadi. Bino va inshootlar yagona klassifikatori Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
20. Binolar va inshootlarning holati bo‘yicha kadastr ma’lumotlarining umumlashtirilgan statistik ko‘rsatkichlari Kadastr agentligi tomonidan har yili tuman va shaharlar kesimida ochiq ma’lumot sifatida Internet tarmog‘ida keng yoritilishi tashkil etiladi.
Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritishda davlat kadastriga oid kiritiladigan ma’lumotlar tarkibiga qo‘yiladigan MINIMAL TALABLAR
Bino va inshootga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar
20.
Kadastr qiymati, 20___ y. holatiga ming so‘m
21.
Bitim (shartnoma) da ko‘rsatilgan qiymati, 20___ y. holatiga ming so‘m*
22.
Maxsus inshootlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
23.
Kadastr ma’lumotlarini shakllantirgan subyekt (tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi; Davlat kadastrlari filiali nomi)
2.3.Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash
Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
bino — funksional maqsadiga qarab, odamlar yashashi yoki bo‘lishiga va har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga mo‘ljallangan, yopiq hajmni tashkil etuvchi tayanch, to‘sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi;
yer uchastkasi — yer yuzasining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda boshqa xususiyatlarga ega bo‘lgan qismi;
inshoot — har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga, materiallar, buyumlar, asbob-uskunalarni saqlashga, odamlarning vaqtincha bo‘lishiga, odamlar, yuklar va boshqa narsalarni olib o‘tishga mo‘ljallangan, tayanch, to‘sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi yer tepasida, yer yuzasida va yer ostida joylashgan qurilish tizimi;
kadastr yig‘majildi — obyektning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan kadastr suratiga olish, texnik xatlovdan o‘tkazish va pasportlashtirishning, maxsus tekshirish va izlanishlarning, sifat va qiymat jihatidan baholashning hujjatlari, materiallari va ma’lumotlari jamlamasi;
kadastr muhandisi — geodeziya-kartografiya ishlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilot bilan tuziladigan mehnat shartnomasi asosida faoliyat yurituvchi yoki o‘z faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida amalga oshiruvchi va kadastr muhandisi malaka shahodatnomasiga ega jismoniy shaxs;