O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Geologiya-Qidiruv va Kon-Metallurgiya Fakulteti Marksheyderlik ishi va Geodeziya Kafedrasi Yer Kadastri fanidan


Binolar va inshootlar davlat kadastrining tarkibi va bosqichlari



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə8/22
tarix02.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#171601
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Abduvosid yer kadastri

Binolar va inshootlar davlat kadastrining tarkibi va bosqichlari
9. Binolar va inshootlar davlat kadastri kadastr rejasidan, kadastr hujjatlaridan va geofondlardan, shuningdek, mazkur Nizomda belgilangan tartibda shakllantiriladigan axborottizimi ma’lumotlaridan iborat.
10. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish axborot tizimlari orqali quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1-bosqich — binolar va inshootlarning texnik ko‘rsatkichlarini o‘lchash vositalari orqali aniqlash va axborot tizimida hisobga olish;
2-bosqich — obyektlarni chizmada joylashtirib, raqamli kadastr rejasini tuzish;
3-bosqich — oldingi bosqichlarda olingan ma’lumotlarni hisobga olgan holda, ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritish yoki mavjud ma’lumotlarni yangilash.
11. Binolar va inshootlar davlat kadastri ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasi hududlarini kadastr bo‘linishi, tumanlar, shaharlar bo‘yicha tuziladi, ularning hududi davlat yer kadastri ma’lumotlari asosida hisobga olish uchastkalariga bo‘linadi.
12. Tumanlar, shaharlar va boshqa aholi yashash punktlarining kadastrga oid bo‘linishi chegaralarni belgilash va hududlarni tuman doirasida yoxud shahar chegaralarini hisobga olish uchastkalariga bo‘linishini bildiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasiga, viloyatlarga, Toshkent shahriga, tumanlar, shaharlar va boshqa aholi yashash punktlariga, shuningdek, hisobga olish uchastkalariga yagona tizim bo‘yicha kadastr raqami beriladi.
Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish
13. Binolar va inshootlarning kadastr yig‘majildi ma’lumotlari binolar va inshootlar davlat kadastri ma’lumotlarining asosini tashkil qiladi.
Binolar va inshootlar davlat kadastriga ma’lumotlar belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida ularning qurilishi tugallangandan keyin yoxud qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda ular bo‘yicha bitimlar tuzilgandan keyin hisobga kiritiladi.
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlarda qurilishi tugallanmagan bino va inshootlar ham bino va inshootlar davlat kadastrida hisobga olinishi mumkin.
Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritishda axborot tizimida bino va inshootga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar (ularning paydo bo‘lishi, boshqa shaxsga o‘tishi,cheklanishi va to‘xtatilishi) to‘g‘risidagi, shuningdek, obyektni tavsiflovchi boshqa ma’lumotlar qayd etiladi.
Maxfiylik rejimiga ega bo‘lgan binolar va inshootlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish va mazkur obyektlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlardan foydalanish shartlari qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
14. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritishda davlat kadastriga oid kiritiladigan ma’lumotlarning tarkibi Kadastr agentligi tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovada ko‘rsatilgan minimal talablar asosida ishlab chiqiladi.
Binolar va inshootlar joylashgan er, ularga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlarning yuridik va jismoniy shaxslarga tegishliligi, ushbu huquqlarning paydo bo‘lishasoslari va muddatlari, ularning to‘xtatilish muddatlari, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni cheklash shartlari, ushbu obyektlarga uchinchi shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar binolar va inshootlarning huquqiy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar hisoblanadi. Ushbu ma’lumotlar axborot tizimiga bino va inshootga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida kiritiladi.
Binolar va inshootlarning qiymati, ulardan foydalanish xususiyatlari, ushbu obyektlarning ishlab chiqarishdagi maqsadlari va boshqa ma’lumotlar binolar va inshootlar xo‘jalik maqomining asosini tashkil etadi.
Binolar va inshootlarning yer tuzish sxemalariga, aholi punktlarining bosh rejalariga, qishloq va mahalla fuqarolari yig‘inlari hududlarini me’moriy rejalashtirishni tashkil etish loyihalariga va boshqa shaharsozlik hujjatlariga, shuningdek, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiqligi, binolar parametrlari (qavatlari, umumiy, yashash, ishlab chiqarish maydonlari), egallab turgan yer uchastkasi, qurilgan sanasi, muhandislik-texnik kommunikatsiyalarning mavjudligi, seysmik chidamliligi to‘g‘risidagi va boshqa texnik ma’lumotlar binolar va inshootlarning arxitektura-qurilish maqomi hisoblanadi.
15. Kadastr ma’lumotlari asl hujjatlar yoki davlat organlari qarorlarining, shartnomalarning (oldi-sotdi, hadya qilish, almashtirish, ijaraga olish, renta va boshqalar), bino va inshootlar loyiha-smeta hujjatlarining, ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlarning tegishli ravishda rasmiylashtirilgan nusxalari asosida tuziladi.
16. Har bir bino va inshoot axborot tizimiga muayyan kadastr raqami ostida yozib qo‘yiladi.
17. Axborot tizimidagi yozuvlarni o‘zgartirishga yoki to‘ldirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni o‘zgartirish yoki to‘ldirish zarurati paydo bo‘lsa, u holda ilgarigi yozuvlar axborot tizimida saqlanib qolgan holda bekor qilinadi va obyekt to‘g‘risidagi yangi ma’lumotlar bilan aynan shu kadastr raqami ostida to‘ldiriladi.
Bino va inshootlarning parametrlari (qavatlari, umumiy, yashash, ishlab chiqarish maydonlari) o‘zgarganda, axborot tizimiga mazkur Nizomning 10-bandiga muvofiq o‘zgarishlar kiritiladi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin