99
3.6-rasm. Traktor dizelining karteriga siljib o‘tayotgan gaz sarfi
bo‘yicha silindr-porshen gruhi detallarining qoldiq resursini aniqlash
nimagrammasi
3.5-rasmdagi nomagrammada dizel dvigatelida yonilg‘i
sarfi
bo‘yicha bashorat qilish nomagrammasi keltirilgan.
Har bir nomagramma
dvigatelning biron markasiga bag‘ishlangan,
foiz hisobida berilgan
yonilg‘ining
nisbiy sarfi, bu ko‘rsatkichlar mashinani ishlatish bo‘yicha
yo‘riqnomada keltirilgan. Nomagrammadagi egri chiziqlarning o‘zgarishi
sarflangan yonilg‘i sarfi bo‘yicha o‘zgarib boradi.
Kerak bo‘lganda oraliqdagi qiymatlar
interpolyatsiya usulida
aniqlanadi. Nomagramma natijasida aniqlangan
qoldiq resurs qiymatlari
mashinaning ishlash davrida kutilayotgan qiymatlar bilan solishtiriladi.
Agarda qoldiq resursning qiymati kutilgandan kam bo‘ladigan bo‘lsa, u
holda uning sabablari aniqlanadi va ta’mirlash choralari ko‘riladi. Aks
holda ta’mirlash ishlari amalga oshirilmaydi.