105
Hulosa
Diagnostikalash usullarini va vositalarini qo‘llash natijasida:
Mashinani buzilishini avvaldan, qismlarga ajratmasdan texnik
holatini aniqlash imkoniyati;
Mashinalarga TXK va T turish vaqtini kamayishi;
TXK va T mexnat sarflarini kamayishi;
TXK va T harajatlarini 25…30 % kamaytirish;
Yonilg‘I sarfini 4…8 % kamaytirish;
Mashinaning texnik holatini maqsadli boshqarish imkoniyati;
Mashina elementlarini amaldagi foydalanish resursini uzaytirish;
Mashinalarni diagnostikalash vositalari
ichki va tashqi turlarga
bo‘linishi
mumkin.
Tashqi
vositalar
diagnostikalash
vaqtida
tekshirilayotgan ob’ektga ulanishi zarur bo‘lib, bu sarflanayotgan vaqtni
ortishiga va nazorat sharoitini murakkablashishiga sababchi bo‘ladi.
Mashinani o‘ziga o‘rnatilgan electron
diagnostikalash vositalari
zamonaviy avtomobillarda, qishloq xo‘jaligi mashinalarida qo‘llaniladi.
Traktor va kombayinlar texnologik ko‘rsatkichlarni va ishlash sharoitini
nazorat qilish uchun mo‘ljallangan raqamli va analigli monitorlar bilan
jixozlangan kompyuter tizimlari o‘rnatilmoqda.
Diagnostikalash mashinani texnik holatini boshqarishni ta’minlaydi.
Boshqarishda avvalo ko‘rsatkichlarning ruxsat etilgan quymatlari o‘rin
tutadi.
Ruxsat etilgan
qiymatlar bilan birgalikda, aniqlangan ko‘rsatkichlar
bo‘yicha qoldiq resursni aniqlash usullari qo‘llaniladi.
Bu usul
yordamida har bir holat uchun ko‘rsatkichlarni o‘zgarish
dinamikasini
bashorat
qilish natijasida, buzilishlarni 1,5-2
marotibaga kamaytirish
yoki diagnostikalanayotgan elementning resursini amaliy ishlash vaqtini
oshirish mumkin.
Agarda ko‘rsatkichni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlash imkoni bo‘lmasa,
unday holdako‘pfaktorli taxlildan foydalanish tafsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: