Diagnostikalash vositalarining turkumlanishi
. Mashinaning
o‘ziga (bortovoy) o‘rnatilgan texnik diagnostikalash tizimlari (STD)
o‘z ichiga mashinaga o‘rnatilgan datchiklar, o‘lchash qurilmalari,
mikroprosesorlar va diagnostikalash ma’lumotlarini ko‘rsatuvchi
qurilmadan tashkil topadi. Mashinaning tuzilishiga kirmaydigan,
tashqi STD
lar, tuzilishi va texnologim imkoniyatlariga qarab
ko‘chmas yoki olib yuriladigan ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
Hozirgi kunda tashqi STD va mashinani o‘ziga o‘rnatiladigan
diagnostikalash qurilmalariniishlab chqarish bilan bir qancha firmalar
shug‘ullanmoqda: Bosch, AVL, Snap-ON, Bear, Alen, MATKO, Sun
Elektrik, Vetronix va boshq.
Diagnostikalashning texnik vositalariga quyidagi vazifalarni
bajaruvchi elementlar kiradi:
datchiklar, diagnostikalash ko‘rsatkichlarini qabul qilish va
ularni, ishlov berishga qulay yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlatishga qulay
ko‘rinishidagi habarlarga aylantirish;
mashina, dvigatel, ishchi qism va agregatlarining boshqarish
blokidagi ma’lumotlarni hisoblash qurilmasi;
o‘lchash qurilmasi va modul;
sinash testlarini yuboruvchi yoki testli sharoitni yuzaga
keltiruvchi qurilma;
adaptor-kabeli va o‘tkazgich;
kerakli programmaga ega kompyuter;
natijalarni namoyon etuvchi qurilma (strelkali va raqamli
indicator, display, monitor yoki ostsilograf ekrani, printer).
Odatda bir diagnostikalash qurilmasi yordamida bir yola
mashinaning bir-necha tizimlarining ishlash qobiliyati aniqlanadi.
Tashqi diagnostikalash qurilmasini imkoniyatlariga qarab asosat uch
guruhga bo‘lish mumkin (4.5 jadval).
146
4.5 jadval
Mashinalarni diagnostikalash texnik vositalari,
Mashinani o‘ziga o‘rnatilgan diagnostikalash jihozlarini turlari
Diagnostikalash
vositalari, uning
elementlari
Asosiy vazifalari va imkoniyatlari
Skaner (skaner, adapter-
kabeli, EBB turiga qarab
katrejlar jamlamasi)
EBB hotirasidagitizim ma’lumotlarini va nosozlik
kodlarinio‘qish; nosozlik kodlarini tashlab yuborish;
EBB va datchiklardagi amaldagi qiymatlarni o‘qish;
bajaruvchi mexanizmlarning diagnostikalash; EBB
rejasida programmalashtirilgan tizim bo‘yicha
testlash; EBB ning ko‘rsatkichlarini saralash va
qayta programmalash
Tizimli testor (tizimli
blok testori, adaptor-
kabelini tanlash,
kompyuter, programma
taminoti)
Skanerning barcha vazifalari;
Multimetr vazifalari;
Ekranda namoyon bo‘layotgan o‘lchsh
ko‘rsatkichlarini vaqt bo‘yicha taqsimlash;
Kompyuterning baza ma’lumotlari bo‘yicha
qo‘shimcha ko‘rsatkichlar;
Ma’lumotlarni saqlash va chiqarish
Motor-testor (motor-
testor bloke, adaptor-
kabellarining jamlamasi,
tizimli-testor bloke,
o‘lchash moduli,
kompyuter, programma
taminoti)
Tizimli testorning barcha funksiyalari;
Ostsilograf funksiyalari;
Shaxsiy programma bo‘yicha test sinovlarini
o‘tkazish va natijalarni hisoblash;
Elektr habarlarni o‘lchash va ularni raqamlashtirish
va ishlov berish;
Ishlab bo‘lgan gazning tarkibini taxlili
Skaner
zamonaviy ko‘p vazifani bajaruvchi diagnostikalash
qurilmasi bolib, electron tizimdagi nosozliklarni aniqlash va ularni
bartaraf qilish, bajaruvchi mexanizmlar va datchiklarning faoliyatini
EBB tizimining ichki ma’lumotlaridan foydalangan holda sozlash
maqsadida
qollaniladi.
Boshqa
diagnostikalash
vositalari,
avtomobilning turli qurilmalarining faqatgina kirivchi va chiquvchi
habarlari bilangina ishlashi mumkin.
Skaner, K-line yo‘lagidagi yoki CAN-shinasidagi maxsus
diagnostikalash tirqishi (kalodka) ga engil ulanishi va EBB (kontroler)
bilan axborot almashishi mumkin va shu bilan birga datchiklardan ham
147
ma’lumotlar olishi mumkin. Mashinani diagnostikalash uslubiyati va
ma’lumotlarni aniqlash nomeklaturasi EBB ning rusumiga va undagi
katrijga bog‘liq holda turlicha amalga oshirilishi mumkin. Bunday
qurilmalar electron boshqariladigan dvigatellarni diagnostikalashda
juda keng qo‘llaniladi.
Skanerning asosiy vazifalarini kengroq darajada o‘rganilganda,
quydagilar ma’lum bo‘lishi mumkin:
nosozliklar hotirasini hisobga olish va hatoliklarni tashlab
yuborish: ma’lumotlarni hisoblash mumkin, tashlab yuborish va
displeyga oddiy matn bilan chiqarish, mashinani ishlash davrida
shaxsiy diagnostikalash tizimini aniqlash va hotirada nosozlikni saqlab
qolish;
haqiqiy qiymatlarni hosoblash: fizikaviy kattaliklarning
qiymatlarini hisoblash, hamda boshqarish blokining hisobidagi
qiymatlar (yonilg‘i purkashning jadallashish burchagi, sikildagi uzatish,
tirsakli valning aylanish chastotasi (min
-1
) va boshq.);
bajaruvchi mexanizmlarning diagnostikalash: elektr qurilma
(aktyuator) yordamida faoliyat yuritish (EBB ning bajaruvchi
mexanizmini ishlayotganligi haqida belgilar beruvchi) boshqarish;
dvigatelni
testlash:
dvigatelni
boshqarish
tizimidagi
programmalashtirilgan EBB ishga tushirib yoki dizelni o‘zini
(dvigatelni ishga tushirish-qizdirish, jadallashtirish dinamikasi,
dvigatelni aylantirish, silindrlarni uzib qo‘yish rejimi va boshq.);
ko‘rsatkichlarni va programmani korrektirovkalash: tirsakli
valning aylanish chastotasini sozlovchi boshqarish blokini qaytadan
programmalash (purkash burchagini va aniq ishlash sharoiti uchun
yonilg‘i uzatishni o‘zgartirish mumkin, programmaga o‘zgartirishlar
kiritish va boshq.).
Skaner to‘g‘ridan-to‘g‘ri EBB bilan birga mashinaga tasir ko‘rsatishi
mumkin va electron tizimni diagnostikalash uchun kerakli asbob
hisoblanadi.
Diagnostikalash qurilmasi kontrolerda
nosozliklar
kodlarini hisoblashga, hamda masinaga o‘rnatilgan qurilmalardan
akkumuliyator batareyasini uzmasdan, bu ma’lumotlarni o‘chirish
hxusiyatiga egadir. Nosozliklarning kodlari o‘qilganidan so‘ng ular
haqidagi ma’lumotlar bilan ishlatish yo‘riqnomasida yoki texnik
hujjatlarda to‘liq tanishish imkoni yuzaga keladi. Agarda kontroler
nosoz bo‘lsa yoki ulash kabellarida uzilish ro‘y bergan bolsaskaner
yordamida diagnostikalash imkoni yo‘qoladi.
148
Skanerning qo‘llashning abzalliklaridan biri ma’lumotlarni electron
hotiraga sinash vaqtida kiritish mumkinligi hisoblanadi. Sinovlar
tugaganidan so‘ng bunday ma’lumotlar, taxlil uchun displeyga
chiqarilishi mumkin. Skanerlarni ishlab chiqaruvchi firmalar – bunday
ma’lumotlarni, suratlar, faylogrammalar, hodisalar deb ataydilar.
Ma’lumotlar bilan sekinlashtirilgan tempda tanishish datchikning va
bajaruvchi mexanizmning ishlash qobiliyatini chuqur taxlil qilishga
imkon beradi.
Skaner yordamida mashinaning electron tizimidagi turli
ma’lumotlar oqimiga tezkor yondishish imkonini beradi. Buning uchun
programmali katrijlar va ulash kabellari to‘plami bilan, bunday
universal skaner yordamida turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan
ishlab chiqarilgan mashinalar uchun qo‘llash mumkin.
Skaner ancha qulay bo‘lib uni sinash ishlarini bajarishda han
qo‘llash mumkin. Mashinani ishlash vaqtida yuklab turlacha
ma’lumotlarni olish imkoniyati mavjuddir. Ko‘pgina skenerlar
mashinani ishlash vaqtida yuzaga kelayotgan turli ko‘rsatkichlarni
yozib oladi va ish tugaganidan so‘ng bu ma’lumotlarni sekinlashtirilgan
tempda kuzatish imkonini beradi.
Skanerlar yordamida, faoliyat yuritayotgan EBB larine
boshqarish funksiyalarini tekshirish mumkin, chunki EBB yordamida
bazi bajaruvchi mexanizmlarni boshqarish imkoniyati mavjuddir.
Standart holatlarda bajaruvchi skanerlarforsunkalarning ishlashini, salt
ishlash sharoitini sozlash, mashina tizimlarini qo‘shish va ajratish va
boshqalarni bajarishi mumkin.
Skanerlarning imkoniyarlari chegaralangan. Odatda mashinani
diagnostikalashni skaner emas, balki inson amalga oshiradi – texnik
ko‘ruv operatori yoki diagnostikalovchi usta. Skaner yordamida
olingan ma’lumotni to‘g‘ri taxlil qilish uchun, mashinaning ushbu
qismi to‘g‘risida yaxshi ma’lumotga ega bo‘lish va diagnostikalash
jarayonini to‘liq tushinish talab etiladi. Shuni etiborga olish kerakki,
skaner holatni avariya holati to‘g‘risidagi ma’lumotni ushbu vaziyat
uchun, avtomobil EBB dagi mavjud ma’lumotlardan foydalangan
holatda hulosa chiqaradi, chunki avtomobildagi barcha ma’lumotlardan
foydalanish imkoniyati mavjud emas.
Skaner elektr zanjirdagi kirish va chiqish ko‘rsatkichini
tekshiradi va ularning qiymati bo‘yicha operatorni ogoxlantiradi.
Demak skaner faqatgina qaysidur qismda nosozlik mavjudligini
149
hisobga oladi va sababini, va uni mexanizmga ta’sir darajasini
belgilashi mumkin.
Shuni qayd etish kerakki, skanerdan uzatilgan habar, EBB ning
shu vaqtdagi holatiga mos tushadi. Talab etilayotgan qiymat, EBB dan
uzatilishi davrida avariyali ko‘rinishiga o‘tganligi, elektr tizimida
nosozlik va boshqalar sababli o‘zgargan bo‘lishi mumkin.
Ayni shu ko‘rsatkichlarni skaner normal ko‘rsatkichlar
hisobidan qabul qiladi. Mutahasis tomonidan haqiqiy qiymatlarni, EBB
dan o‘tishda sintezlangan qiymatlar bilan almashtirmaslik uchun,
avtomobilning ishlash jarayonini to‘liq tushinishi talab etiladi.
Agarda ishlash jarayonida mashinaning xsusiyatlari skanerdan
olinayotgan ko‘rsatkichlarga mos kelmaydigan bo‘lsa, unday holatlarda
boshqa diagnostikalash qurilmalaridan foydalanish tafsiya etiladi.
Mashina EBB bilan nazorat qilinmaydigan bo‘lsa, bunday mashinalar
uchun skanerlarni qo‘llash yuqori natijalar bermaydi. Bunday
holatlarda bir qancha maxanik va elektrik nosozliklar: silindrdagi
kompressiyaning kamayishi, elektrajihozlar tizimida va yonilg‘i uzatish
tizimida nosozliklar, ishlab bo‘lgan gazning tarkibini aniqlashdagi
noaniqliklar va boshqalarni ro‘y berishiga sababchi bo‘lishi mumkin.
Odatda skenerni qo‘llashdan avval mashinadagi asosiy, skaner bilan
aniqlanmaydigan nosozliklari aniqlanadi.
Mashinada diagnostikalash ma’lumotlarini olish yoki
diagnostikalash darchasida bunday imkoniyat imkoniyati mavzud
emasligi
mumkin.
Bunday
holatlarda
universal
skanerlardan
foydalaniladi, ularda multimetr va ostsilograf sharoitlarida ishni
yuritish imkoniyatlari mavjuddir.
Skanerlar imkon boricha soda ko‘rinishida tayyorlanadi,
ularning narhi yuqori bo‘lmay har bir mashinadan foydalanuvchi uchun
foydalanish
imkoniyati
yaratish,
har
bir
xizmat
ko‘rsatish
stansiyalarida, bir hildagi mashinalarga qo‘llash imkoniyati yaratiladi.
Hozirgi kunda ko‘pchilik tomonidan ishlatilayotgan DST-2M
rusumidagi skaner 4.11 rasmida keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |