O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti s. T. Yunusxo‘jayev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/117
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#193188
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   117
DIAGNOSTIKALASH.DARSLIK.Yunusxo`jayev

 
 
Ilova
. TTXKS – traktorlarga texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari;


224 
MTS – mashina texnologik stansiyalar; MTU – markaziy ta’mirlash 
ustaxonalari; TXKP – texnik xizmat ko‘rsatish punktlari 
TXK ishlarini amalga oshirishda deyarli 50 % ishlar traktorchi 
tomonidan bajariladi. Bu ko‘rsatkichni TXK ishlarini bajarish uchun 
ishchilar sonini hisoblayotganda inobatga olinishi kerak. 
TXK tashkil qilishdan maqsad va usullari. Maqsad – TXK ishlarini 
o‘z baqtida va yuqori sifatli darajada, ko‘p mexnat va vositakar 
sarflamasdan tashkil qilishdir. Bu maqsadda bajariladigan ishlarni 
maxsuslashtirish va soxalar bo‘yicha taqsimlash, TXK ishlarini bajarish 
uchun moddiy-texnik bazalar tashkil qilish, ishni bajarish joyiga va 
sharoitiga qarab TXK ishlarini bajarish usullari tanlanadi. 
TXK ishlarini tashkil qilish usullari quydagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha 
farqlanadi: 

TZK mashinalarning harakatlanish usuli bo‘yicha – potokli va 
tupikli; 

TXK ishlarini bajarish joyi bo‘yicha – markazlashtirilgan va 
markaziy bo‘lmagan hdudiy; 

TXK mutaxasislar bilan bajarish – ishlatuvchi va mutaxasis 
hodimlar bilan; 

TXK bajaruvchilarining tashkil qilinganligi – ishlatuvchi yoki 
maxsuslashtirilgan tashkilot, ishlab chiqaruvchi korxona. 
Potokli usul qo‘llashda
TXK ishlari maxsus postlarda ma’lum 
texnologik ketma-ketlik asosida bajariladi. Bunday usul odatda TTXKS 
yoki ATXKS katta xajimdagi reja asosida traktor yoki avtomobillarga 
xizmat ko‘rsatishda qo‘llaniladi. 
Tupikli usulni qollash 
TXK da bajariladigan asosiy ishlar bir 
ko‘chmas ish joyida bajariladi. TXK bunday usuli brigadalarda, 
bo‘limlarda va fermerlik xo‘jaliklarida qo‘llaniladi.
Markazlangan usulda
TXK ishlarini bajarish markazlangan holda, 
bir korxonaning mutaxasislari va vositalari – yani TTXKS, ATXKS, 
dilerlik xo‘jaliklari, MTP va bosqa shunday xo‘jaliklar xodimlari bilan 
amalga oshiriladi.
Markaziy bo‘lmagan hdudiy TXK da, bajariladigan ishlar 
xo‘jalikning bir-necha bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi. Masalan, 
mashinalarga KTXK, 1-TXK, 2-TXK brigadaning TXK ish o‘rinlarida, 3-
TXK esa TXKS ning – MTU ning TXK postlarida bajariladi. 


225 
Agarda TXK ishlarini ishlatuvchi hodimlar bajaradigan bo‘lsa, u 
holda bu ishlarni mexanizator yoki mashinani ishlatuvchi fermer bajaradi. 
Maxsus 
nutaxasislar
tomonidan 
TXK 
ishlarini 
bajargnda, 
mashinalarga xizmat ko‘rsatish maxsus tuzilgan bo‘limlar tomonidan
amalga oshiriladi. Bunday holatlar ko‘pincha hosilni (don, paxta va 
boshqa) kunu-tun yig‘ishda ishtirok etadigan mashinalar uchun keng 
qo‘llaniladi.
Mashinalarni ishlatuvchi xo‘jaliklar tomonidan TXK ishlari 
bajariladigan bo‘lsa, u holda xizmat ko‘rsatish mashinani ishlatuvchi 
xo‘jalik yoki korxona tomonidan bajariladi.
Mashinalarga TXK bo‘yicha maxsuslashtirilgan tashkilotlarda TXK 
ishlari bajariladigan bo‘lsa, u holda xizmat ko‘rsatish maxsus 
mutaxasislari va vositalari mavjud bo‘lgan tashkilotlarda (TTXKS, 
ATXKS va bosh.) bajariladi. Bunday ishlar asosan shartnomalar asosida 
amalga oshirilishi mumkin.
Ishlab chiqaruvchi-korxona TXK ishlarini (TXK ishlarining firma 
usuli) bajarish xozirgi kunda rivojlanib borayotgan usullardan biri 
hisoblanadi.
Murakkab mashinalarga TXK da maxsuslashgan mutaxasislar bilan 
xizmat ko‘rsatish qo‘llaniladi. Maxsuslashtirilgan bo‘limlar mashinalarni 
ishlatib obkatkalashda, barcha turdagi va mavsumiy TXK ishlarini 
bajarishda, hamda traktor va qishloq xo‘jaligi mashinalarini JT 
jarayonlarida ishtirok etadi. Bunday hollarda traktorchi-mashinist ishlatish 
obkatkasini, KTXK, ishlash sharoitiga qarab texnologik sozlash ishlarini 
amalga oshiradi, navbatdagi va mavsumiy TXK ishlarini bajarishda, 
nosozliklarni bartaraf etishda, ta’mirlashda va mashinani saqlashga etkazib 
berishda ishtirok etadi. 
Odatda 3-TXK dan avval, JT yoki TT bajarish extimoli yuzaga 
kelganda diagnostikalash-ustasi (diagnostikalovchi-injener) mashinani 
resursini aniqlovchi diagnostikalash ishlarini bajaradi.
Mavsumiy TXK ishlarini odatda navbatdagi 1-TXK, 2-TXK yoki 3-
TXK ishlari bilan birga MTU laridagi ko‘chmas postlarda yoki uning 
bo‘limlarida amalga oshiriladi.
TXK bajarilayotganda aniqlangan barcha nosozliklar bartaraf qilinadi.
Kundalik TXK odatda traktopchi-mashinist tomonidan, har kuni ish 
boshlanishidan avval texnika turgan joyida yoki dalada bajariladi. 
Kombayinlarga KTXK ishlarini kombayinchi, texnika necha smenada 


226 
ishlayotganiga qarab, har smena boshlanish vaqtida amalga oshirilishi 
kerak.
Traktorlar uchun 1-TXK va 2-TXK ishlarni bajarish xo‘jaliklarning 
ko‘chmas postlarida (MTU, TXKP) yoki dala sharoitida ko‘char TXK 
agregatlari ishtirokida bajariladi. 
Odatda 3-TXK ishlarini bajarish MTU, MTP yoki TTXKS larida 
bajariladi. 
Xo‘jaliklarda 3-TXK ni tashkil qilishning ikki varianti mavjuddir. 
Birinchi variant
qaramog‘ida 20…30 traktorlari bo‘lgan xo‘jaliklarda 
amalga oshirish, bu erda ayniqsa dala ishlari qizg‘in davrda bir usta-
sozlovchiga etarli darajada ish bilan yuklangan va traktorchi-mashinistlar 
bu jarayonlarda to‘liq qatnashadi. Bunday holatlarda barcha 3-TXK lar 
TXKP bo‘limlarida amalga oshiriladi. Mashinalarga xizmat ko‘rsatish 
uchun, mashinaning ishlayotgan dala sharoitida maydoncha tayyorlanishi 
va sozlovchiga bir ko‘chma TXK agregati briktrilishi kerak. 
Ikkinchi variant TXK ishlarini tashkil qilish, mashinalarga TXK 
binosi mavjud bo‘lmagan va bajariladigan TXK ishlari bir ishchi uchun 
etarli bo‘lmagan va uning qaramog‘idagi mashinalar yil bo‘yi dala 
sharoitida bo‘ladigan mashinalar uchun qabul qilinadi. Bunday holatlarda 
korxonaning markaziy xo‘jaligida 1-TXK, 2-TXK va MTXK ishlarini 
bajarish uchun ko‘chmas TXKP tashkil qilinadi. Bulardan tashqari 
postlarga bir yoki ikki TXK ishlarini bajaruvchi agregatlar briktiriladi.
Maxsuslashtirilgan bo‘limning tarkibiga ikki yoki uchta sozlovchilar, 
ular ko‘chmas postlarda yoki dala sharoitida mexnat qiluvchi mutaxasislar 
bo‘lishi mumkin.
Mashinalarning pritsep, osma mexanizm va yarim ostma mexanizm 
agregatlariga TXK ular ulanadigan traktorlar bilan birga amalga oshiriladi. 
TXK ishlarini har doim bajaradigan mutaxasislar bilan bajarish yuqori 
natijalarni beradi. Odatda bunday TXK guruhi sozlovchi- usta, chilangar 
va traktorni boshqaruvchi hodimdan iborat bo‘ladi.
Ko‘char TXK agregatlarida maxsus gruh tarkibi ikki ishchi bilan 
chegaralanishi mumkin: sozlibchi usta (agregatning haydovchisi) va 
traktorchi. 
Dala ishlari bajarilayotgan davrda har 25…30 traktor uchun maxsus 
gruxlar tashkil qilinish tafsiya qilinadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin