O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/122
tarix12.10.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#154570
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova

Figuraning tayanch qismlari tahlili 
(oyoqlar, panja, ba’zida postament)
Bunda asosiy e’tibor bu qismning butun figura va shakl o‘lchamlari nisbatiga, 
oyoq qismining tana bilan qanday birlashishiga, oyoqlar hamda panjalarning 
qaysi tomonga yo‘naltirilganligiga qaratilishi zarur. Agar oyoqlar tana bilan 
aniq, puxta biriktirilsa, bu qaror qabul qilishning asosliligi, o‘ylanganligi, 
ratsionallik belgisi; agar birlashtirish pala-partish zaif bo‘lsa yoki umuman 
birlashmagan bo‘lsa yoki oyoq, asos umuman bo‘lmasa – bu yuzaki fikrlash, 
xulosa chiqarishga engil-elpi qarash, ba’zida qaror qabul qilishning 
impulsivligidan darak beradi. Oyoq, panja shakllarining bir xilligi va bir 
tomonga yo‘nalganligi - qaror qabul qilishning konformligi (mustaqil emasligi), 
oddiyligi, standartligi hisoblanadi. Bu detallarning shakli va holatidagi har xillik, 
aksincha, fikr va ustanovkalarning o‘ziga xosligi, mustaqilligi, ba’zida ijodiylik 
belgisi. 
Figuraning yuqorisida joylashgan qismlar tahlili
Qanotlar, qisqichlar, pat, jingalak soch, bantik kabilar - o‘ziga ishonch, 
qiziquvchanlik, atrofdagilarning ishlarida iloji boricha ko‘proq ishtirok etish, o‘z 
faoliyatiga berilib ketish belgisi. Bezovchi detallar – namoyishkorlik, 
atrofdagilar e’tiborini o‘ziga qaratishga moyillikdan darak beradi.
Dumlar – sinaluvchining o‘z xatti-harakati, qaror va xulosalariga 
munosabatini bildiradi.
Agar dum qog‘ozda o‘ngga qarata chizilsa, bu sinaluvchining o‘z harakati 
va xulq-atvoriga munosabat, chapga qaragan bo‘lsa, bu o‘z fikr, qarorlari, boy 
berilgan imkoniyatlariga, qat’iyatsizligiga munosabatni aks ettiradi. Bu 
munosabatning ijobiy yoki salbiy xarakteri dumning yuqoriga (ishonch va 
tetiklik) yoki pastga (o‘zidan qoniqmaslik, o‘zining haqligidan shubhalanish, 


249 
aytgan gaplari, qilgan ishlaridan afsuslanish) qaratilishida ifodalanadi. Bunda bir 
necha, ba’zan takrorlanuvchi bo‘g‘inlardan tashkil topuvchi, ayniqsa, haddan 
ziyod qalin, uzun va tarvaqaylab ketgan dumga e’tibor berish lozim.
Figura konturlari. Bo‘rtib chiqishlar (arqon, igna tipidagi), kontur 
chiziqlarining bosib, qalin chizilishi mavjudligi yoki yo‘qligiga qarab tahlil 
qilinadi. U atrofdagilardan himoyalanish belgisi hisoblanadi. Agar bo‘rtib 
chiqishlar o‘tkir burchaklar bilan bajarilsa – tajovuzkor himoya; agar kontur 
chizig‘i “bo‘yab”, qora qilib chizilsa - qo‘rqinch va tashvishlanish; agar qalqon 
qo‘yilsa va chiziqlar ikkitadan bo‘lsa – (xavotirlanish) cho‘chish va 
shubhalanish sifatida tahlil qilinadi. Fazoviy joylashuviga qarab bunday 
himoyaning yo‘nalishi aniqlanadi: figuraning yuqori konturi - o‘ziga nisbatan 
yoshi kattalar, ota-onalar, o‘qituvchilar, boshliqlar, rahbarlar, ya’ni ta’qiq, 
zo‘rliklarni amalga oshiruvchi shaxslarga nisbatan; pastki kontur - o‘zidan yosh 
jihatdan kichkinalar, qo‘l ostidagilarning masharalashi, qabul qilmaslik, ular 
o‘rtasida obro‘sining yo‘qligi; yon tarafdagi konturlar – aniq bo‘lmagan xavotir, 
har qanday vaziyatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli xavfga nisbatan 
o‘zini himoya qilishga tayyorlik deb baholanadi. Agar “himoya” elementlari 
kontur ichida joylashsa, ya’ni chizilgan hayvon korpusida bo‘lsa va ular o‘ng 
tarafga yaqin tursa, bu real faoliyat jarayonidagi hamda chap tarafda bo‘lsa – 
ko‘proq o‘z fikr, e’tiqod didiga nisbatan himoya sifatida talqin qilinadi. 
Umumiy energiya. Umumiy energiyani baholash o‘ylab topilgan hayvon 
haqida tasavvur hosil qilish uchun ishlatilgan detallar, tana, bosh, dum, qanot 
miqdoriga qarab amalga oshiriladi. Tarkibiy qismlar va elementlar (eng 
zarurlaridan tashqari) qanchalik ko‘p bo‘lsa, energiya shunchalik ko‘p 
hisoblanadi. Lekin buning aksi bo‘lsa, bu energiyani tejash, organizmning 
astenikligini, o‘tkir somatik kasalliklardan dalolat beradi. Bu belgilarni chiziq 
xarakteri – zaif - to‘rsimon chiziqlar, qalamni bosmasdan, qog‘oz ustida 
shunchaki yurgizish orqali tasdiqlashi mumkin.
Chiziqlar qalin va bosib chizilgan bo‘lsa, bu energiya tarzida emas, balki 
xavotirlanish sifatida baholanadi. Bunda ayniqsa, qattiq bosib chizilgan, hattoki 


250 
varaqning orqa tarafidan ko‘rinib turgan chiziqlarga e’tibor qaratilishi lozim. 
Bu, ya’ni rasm chizayotgan qo‘l muskullarining yuqori tonusi – kuchli 
xavotirlanishdan darak beradi. SHu bilan birga rasmdagi qaysi detal, qaysi 
timsol shunday aks ettirilganligiga diqqat qilish zarur, chunki ular yordamida 
xavotirlanish nima bilan bog‘langanligini aniqlash mumkin.
Mazmuni va mavzusi jihatidan hayvonlar xavf soluvchi, neytral turlarga 
ajratilishi mumkin (masalan arslon, begemot, bo‘ri yoki qushlar, chumoli va 
olmaxon, it, mushuk kabilar) bu holda chizilgan hayvonlar rasmi – rasm 
chizayotgan 
shaxs 
namoyondasi; 
o‘zini 
rasmdagi 
hayvon 
bilan 
identifikatsiyalash; o‘z shaxsi va “Men”iga munosabat, o‘zining mavqei 
haqidagi tasavvurlar sifatida baholanadi. 
Insonga o‘xshatib chizilgan ikki oyoq, odamlarga o‘xshatib kiyintirish,
hayvon yuzi odamnikiga o‘xshash qilib, oyoq yoki panja qo‘l sifatida 
tasvirlansa – bu infantillik, emotsional jihatdan etuk emaslikdan dalolatdir.
Agressivlik darajasi rasmdagi burchaklar xarakteri, miqdori va joylashuvi 
orqali ifodalanadi. Bunda burchaklarning tasvirdagi boshqa detallar bilan aloqasi 
ahamiyatli emas. Ayniqsa – tirnoq, tish, tumshuq kabi agressiya timsollariga 
e’tibor qaratish zarur. Shuningdek, seksual belgilar, ayniqsa, insonga o‘xshash 
figuradagi ko‘krak, elin va shunga o‘xshash elementlarga e’tibor berish lozimki, 
ular insonning jinsga nisbatan munosabatini bildiradi. Aylana figurasi (ayniqsa 
ichi bo‘sh) ichki dunyoning sirliligi, yopiqligi, odamovilik, atrofdagilarga o‘zi 
haqida ma’lumot berishni istamaslikni ifodalaydi. Bunaqa rasm odatda tahlil 
qilish uchun etarli ma’lumot bera olmaydi. SHu bilan birga “hayvon” tanasiga 
mexanik qismlar o‘rnatilishiga ham e’tibor berish talab qilinadi. Masalan, 
hayvon oyoqlari o‘rniga traktor yoki tank zanjirini chizish, 3 ta oyoq; bosh 
qismiga vint, ko‘z o‘rniga elektr lampochkasi, tanaga turli klavish, antennalar 
o‘rnatish ko‘proq shizofreniya bilan kasallanganlarda kuzatiladi. 
Insonning ijodiy imkoniyatlari odatda figuradagi elementlarning o‘ziga 
xosligi, uning murakkab tuzilishga egaligi bilan belgilanadi. “Tayyor”, mavjud 
hayvonlarning elementlaridan tashkil topgan rasm, masalan, qanotli mushuk, 


251 
patli baliq, panjali it – ijodiylikning mavjud emasligi sifatida talqin qilinadi. 
Figurani qurishda tayyor qismlardan emas, balki turli elementlardan foydalanish 
originallik ifodasidir.


252 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin