243
Rasmning markazda joylashganligi –
himoyalanganlik va rigidlik. Psixik
muvozanatni saqlash uchun ishonchli nazoratga ehtiyoj sezish.
Rasmning markazdan pastda joylashganligi –
subektning o’zini xav
ostida yoki noqulay his qilishi natijasida depressiyada ekanligi yoki subektning
o’zini reallikdan chegaralangandek his qilishi.
Rasm varaqning chap tomonida joylashgan bo’lsa –
o’tmishga urg’u
berish, impulsivlik.
Rasm varaqning chap yuqori burchagida joylashgan bo’lsa –
yangi
kechinmalardan qochishga moyillik, o’tmishga qaytish yoki fantaziyaga berilish
istagining borligi.
Rasm varaqning o’ng qismida joylashgan bo’lsa –
subekt intellektual
mashg’ulotldar bilan shug’ullanishni istaydi, o’z qiziqishini nazorat qiladi,
kelajakka intiladi.
Rasm varaqning chap tomonidan chiqib ketgan bo’lsa –
o’tmishda
qolib ketish va kelajakdan qo’rqish. Erkin ochiq emitsional kechinmalar xaqida
haddan tashqari tashvishlanish.
O’ng tomondan chiqib ketsa –
o’tmishdan qutulish istagi va kelajakka
kuchli intilish. Erkin ochiq emotsional kechinmalarni qattiq nazorat qilishga
intilish.
Rasm varaqning yuqori qismidan chiqib ketsa –
subekt real hayotda his
qilmagan rohatni fantaziyalar olamida his qilishga urinishi.
Konturlarning eskizligi, doimiy o’zgaruvchanligi –
yaxshi tomondan
olib qaraganda, aniqlikga intilish, yomon tomondan olib qaraganda aniq
pozitsiyalarga nisbatan noqobillikning namoyon bo’lishi.
ODAM
Dostları ilə paylaş: