38
tashkil etiladigan psixodiagnostik tekshiruvlarni o’tkazishda ushbu tamoyil
psixologning diqqat markazida bo’lishi lozim.
Shaxs huquqlarini ta’minlash.
Bu — psixologiyadagi murakkab
masalalardan biri. Qator testlar shaxsning hissiy va motivatsion sohalarini,
barqaror
holatlari, ichki kechinmalari (ustanovkalari)ni o’rganishga qaratilgan
bo’ladi. Bunda shaxsning o’zi xohlamagan yoki anglab etmagan xususiyatlari
aniqlanishi mumkin. Bunday holda shaxsning ma’naviy zarar ko’rishiga yo’l
qo’yilmasligi kerak. Shuning uchun tekshiriluvchi shaxs tekshirish natijalari
bo’yicha kim va qanday qaror qabul qilinishi haqida ogohlantirilishi, ya’ni uni
test sinovidan o’tkazib, sirlarini barchaga oshkor qilmaslik kerak. Agar
tekshiriluvchi balog’atga etmagan bo’lsa, uning ota-onasi
test natijalaridan
xabardor bo’lishi kerak. Ushbu kasbiy-etikaviy tamoyilga ko’ra, psixodiagnostik
tekshiruvda ishtirok etayotgan shaxs huquqlari va sirlari himoya qilinadi. Bu
garchand
psixolog
ishini
murakkablashtirsa-da,
lekin
uning
kasbiy
tayyorgarligiga talabni kuchaytiradi.
Haqqoniylik.
Bu tamoyilga ko’ra, psixolog tekshirishlar o’tkazish
jarayonida tekshiriluvchi shaxsiga u yoki bu darajada (ijobiy yoki salbiy) ta’sir
o’tkazmasligi kerak. Test o’tkazish jarayonida unga nisbatan simpatiya yoki
antipatiyaga yo’l qo’yilmasligi, munosabatlar samimiy va xolis bo’lishi lozim.
Unga xayrixoh munosabatda bo’lib, biror test savoli javobini aytib yubormaslik
talab etiladi. Mabodo sinaluvchi test yo’riqnomasini tushunmasdan
topshiriqlarni bajargan bo’lsa, uni tuzatish yuzasidan ko’rsatma berish mumkin.
Konfidentsiallik.
Tekshiruv natijalari sir saqlanishi va ulardan tegishli
shaxslar (psixologlar,
pedagoglar, ota-onalar) foydalanishi zarur. Tekshirib
ko’rilgan o’quvchining roziligi asosida tekshiruv natijalari boshqalarga ma’lum
qilinishi mumkin. Agar o’quvchi testdan past natija olgan bo’lsa, psixolog bu
haqda uning ota-onasiga darhol ma’lum qilmasligi,
balki keyinroq olingan
natijalar uchun uning zinhor aybi yo’qligini tushuntirishi lozim. Eng muhimi,
testdan past natija olgani uchun o’quvchining ota-onasi tomonidan jazolanishiga
yo’l qo’ymasligi kerak. Agar o’quvchi olgan natijalar uni ogohlantirmasdan ota-
39
onasi yoki o’qituvchiga taqdim etilsa, psixolog xatoga yo’l qo’ygan hisoblanadi.
Ma’lumotlar kimga taqdim etilishi haqida o’quvchi (yoki tekshiruvdan o’tgan
shaxs) xabardor bo’lishi shart.
Tekshiruv natijalarini psixoproflaktik izohlash.
Ushbu kasbiy-etikaviy
tamoyilga ko’ra, agar tekshiriluvchi shaxs haqida taqdim etilgan daliliy
materiallardagi ma’lumotlarga tuzatish kiritish yoki
ularni aniqlashtirish talab
etilsa, tekshiriluvchining o’zi natijalar mazmuni bo’yicha sharh berishi mumkin
Masalan, ta’lim muassasasida o’quvchi haqidagi tekshiruv natijalari o’qituvchi
tomondan so’ralmasa, yoki aksincha, ushbu ma’lumot oshkor qilingan holda
o’quvchining psixologik holatida salbiy o’zgarishlar yuz berishi mumkinligini
psixolog bilsa, u o’quvchi haqidagi ma’lumotlarni o’qituvchiga umuman taqdim
etmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: