35
asoslarini bilishi va uni olib borishning texnologiyasini uqib olishi kerak.
Layoqatli va butunlikcha psixologik yordam tashkil etish uchun psixolog
kasbdoshlaori va yondosh mutaxassislik vakillari ya'ni psixiatrdar,
vrach
psi'oterapevtlar, neyropsixologlar bilan aloqa o‘rnatish kerak. Mijozga “Yo‘q
men bu savollar bilan shug‘ullanmayman, boshqa mutaxassisga murojat qiling”
degan javob uning layoqatlilik ko‘rsatkichi bo‘ladi.
Shaxsiy layoqatlilik prinsipi psixologdan faqatgina biladigan, shu savolni
echish uchun amaliy ish metodlariga ega bo‘lgan xolat kirishishi mumkinligini
talab etadi. Psixologik masalalarni echishda psixolog nazariy ko‘rsatmalar va
amaliy tajribaga suyanishi kerak.
2)
Insonga zarar yetkazmaslik prinsipi
Psixolog o‘z ish faoliyatini avvalo buyurtmachining foydasidan kelib
chiqqan xolda olib boradi. Lekin shu bilan birga zarar etkazmaslik prinsipiga
amal qiladi, u yoki bu darajada amaliy tajribalarga qo‘shilgan mijozlar
maxsuliyat sezishi kerak. Ko‘pgina psixologik jarayonlar orqaga qaytmasligini
nazarda tutish kerak. Gippokrat tomondan tuzilgan
bu zara etkazish etikaviy
qoida nafaqat vrachlar, psixologlar uchun xam juda muxim. Psixologning olib
borgan psixologik jarayonlari insonning sog‘ligiga, jamiyatdagi o‘rniga,
qiziqishlariga zarar etkazmasligi lozim. Bundan tashqari, psixologik taxlil
javoblaridan xabari bor insonlar xam tekshiriluvchiga zarar etkazmasliklarini
ta'minlash zarur. Buning uchun psixolog o‘z
takliflarini shakllantirib, ularni
saqlanishini tartibga soladi.
3)
Ob'ektivlik prinsipi
Psixolog har qanday insonga nisbatan boshqacha qarashga yo‘l ko‘ya
olmaydi. Xar qanday sharoitda xam ob'ektiv bo‘lish, boshqalar fikri ta'siriga
tushmasligi kerak. Tajriba olib borilayotgan insonning yuridik va jamoatdagi
o‘rni, boshqalarning unga nisbatan ijobiy yoki salbiy qarashlari psixolog fikriga
ta'sir etmasligi lozim. Ish davomida olingan javoblar xar doim ilmiy asoslangan,
tekshirilgan va xar tomonlama o‘ylab ko‘rilgan bo‘lishi kerak.
Psixolog bilag quyuq shaxsiy aloqalarbo‘lish extimoli qoidalarga to‘g‘ri
36
kelmaydi. Psixolog chetdan, xissiyotga berilmasdan mijozning muammolariga
qarab, varor qabul qiladi.
4)
Mijozni xurmat qilish prinsipi
Psixolog tajriba qilinayotgan mijozni qarashlarini xurmat qilishi,
u bilan
aloqada rostgo‘y, xaqqoniy bo‘lishi talab qilinadi. Psixolog bilan muloqot
davomida mijoz unga nisbatan ishonch, moyillik, va qoniqish xissini sezishi
kerak.
Amaliy psixolog va mijoz o‘rtasida tenglikka asoslangan muloqot asalga
oshsa, bu ish jarayoni optimal olib borilayotganidan darak beradi Mijoz o‘zini
psixologning to‘laqonli xamkoridek sezishi kerak. Amaliy psixolog mijozning
xarakatlariga nisbatan baxolovchi gaplar aytishdan o‘zini
tiyishi va unga
keraksiz maslaxatlar berishdan o‘zini qaytarishi kerak.
Buyurtmachiga
psixolog
tarafdan
beriladigan
yordam
maslaxat
ko‘rinishida bo‘lishi kerak, uning kasbiy ishbilarmonligiga xurmat bilan qarab,
extiyotkorona fikr bildirishi kerak.
5)
Kasbiy konfidensiallikka rioya qilish
Psixolog psixodiagnostik metodikalarni maxfiyligini saqlay bilishi lozim.
Bu shuni bildiradiki, kasbiy metodikalar proqessional bo‘lmagan insonlar
qo‘liga tushmasligi kerak.
Psixolog psixodiagnostik tajribalarning natijalarini maxfmyligini saqlab,
javoblarni bexos yoki atayin tarqalib ketishini oldini olish uchun xizmat qiladi.
Mijoz to‘g‘risidagi ma'lumotlar xech qanday xolatda ochiq munozaraga
qo‘yilishi kerak emas.
Tajriba qilinayotgan mijoz o‘zining psixologik ko‘rinishini
bilishga
qiziqishi mumkin. Bunday xolatda psixolog ma'lumotning ma'lum bir qismini
ko‘rsatishi mumkin. G. Lessing fikriga ko‘ra “Mijozga faqat xaqiqatni va faqat
xaqiqatni aytish kerak, lekin xammasini emas”.
Jahon psixologiyasi tajribalari ko’rsatadiki, psixodiagnostika va psixologik
testlar bilan shug’ullanishda ma’lum standartlar va kodekslarga amal qilinadi.
Ushbu standart va kodekslarga ko’ra, psixodiagnostik metodika natijalarini
37
sharhlash uchun psixolog mas’uldir. Agar psixadiagnostik tekshiruv natijasida
tekshirilgan shaxs biror ma’naviy yoki moddiy zarar ko’rsa, psixolog javobgar
hisoblanadi. Bundan ko’rinadiki, psixolog- psixodiagnost o’zining kasbiy
huquqiga ega. Ular kasbiy-etikaviy tamoyillarni doimo yodda tutishi va ularga
amal qilishi lozim. Biz taqdim etayotgan kasbiy-etikaviy
tamoyillar faqat
mutaxassis-psixologlar uchungina emas, balki ta’lim muassasasi rahbari,
pedagoglar uchun ham mo’ljallangan. Kasbiy faoliyat jarayonida ushbu kasbiy-
etikaviy tamoyillarga amal qilish foydadan xoli emas.
Psixodiagnostning kasbiy-etikaviy tamoyillari:
Dostları ilə paylaş: