O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/122
tarix12.10.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#154570
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova

 
 
 


41 
O‘z-o‘zini nazorat va muhokama qilish uchun savollar: 
1.
Psixodiagnostik ishlarni tashkil etishda psixolog amal qilishi lozim 
bo’lgan talablar mazmunini nimalar tashkil etadi? 
2.
Psixodiagnostika bilan shugullanuvchi psixologga qo`yiladigan talablar 
nimalardan iborat? 
3.
Psixodiagnostika mutaxassisi qanday sifatlarga ega bo`lishi kerak? 
4.
Psixologning kasbiy etikasi? 
5.
Psixodiagnostning kasbiy-etikaviy tamoyillarini sanab bering. 
 


42 
MAVZU: 
PSIXODIAGNOSTIKA METODLARI. 
Reja: 
1.Psixodiagnostika metodlari klassifikatsiyasi. 
2. Ob’ektiv testlar. 
3. Standartlashgan o‘zi haqida hisobot beruvchi metodikalar. 
4. Proyektiv metodikalar. 
5. Dialogik texnikalar. 
6. Kontent-analiz.
 
Tayanch tushunchalar: 
metodlar, psixologik testlar, proyektiv metodlar, 
dialogik texnikalar, ob’ektiv testlar, kontent-analiz. dialogik texnikalar. 
Hozirgi vaqtda bir qator yetarlicha asoslangan psixodiagnostik metodikalar 
klassifikatsiyalari mavjud. Birinchidan, diagnostik metodlarni to‘g‘ri javob talab 
qiluvchi topshiriqlarga yoki nisbatan to‘g‘ri javob mavjud bo‘lmagan 
topshiriqlarga asoslangan metodlarga ajratish mumkin. Birinchi guruhga ko‘plab 
intellekt testlari, maxsus qobiliyatlar testlari, bir qator shaxsiy xususiyatlar 
testlar (misol uchun, Raven testi, Uitkinning yarimtobelik-yarimmustaqillikni 
aniqlash diagnostik protsedurasi, Luchins rigidlik testi va h.k.) kiradi. 
Diagnostik metodikalarning ikkinchi guruhi u yoki bu javobning to‘g‘riligi bilan 
emas, balki faqat chastotasi (va yo‘nalishi) bilan tavsiflanuvchi opshiriqlardan 
tarkib topadi. Bunga ko‘plab shaxs so‘rovnomalari misol bo‘ladi (misol uchun, 
R. Kettelning 16PF testi). 
Ikkinchidan, psixodiagnostik metodikalarni verbal va noverbal 
metodikalarga ajratish mumkin.
Verbal metodikalar u yoki bu tarzda sinaluvchining nutqiy faolligi
vositasida ifodalanadi; ushbu metodikalar tarkibiy qismlari xotira, xayol, 
ishonchlar tizimiga ularning tildagi shakli vositasida murojaat qiladi.


43 
Noverbal metodikalar sinaluvchi nutqiy qobiliyatidan faqatgina 
instruktsiyani tushunish maqsadida foydalanadi, topshiriqni bajarishning o‘zi esa 
noverbal-pertseptiv, motor qobiliyatlarga tayanadi. 
Psixodiagnostik metodikalar klassifikatsiyasi uchun foydalaniladigan 
uchinchi asos - bu muayyan metodika asosida yotuvchi asosiy metodik tamoyil 
xarakteristikasi hisoblanadi. Odatda ular ushbu asosga ko‘ra farqlanadi:
1) obvektiv testlar;
2) standartlashgan o‘zi haqida hisobotlar, ular o‘z navbatida bo‘linadi: 
a) test-so‘rovnomalar; 
b) natijalani kontent-analiz qilishni talab etuvchi ochiq 
so‘rovnomalar; 
c) Ch.Osgudning semantik differensial testi tipi kabi tuziladigan shkalaviy 
texnikalar va tasniflash metodikalari;
d) rolli repertuar panjaralar tipidagi individual yo‘naltirilgan texnikalar; 
3) proyektiv texnikalar;
4) dialogik (interaktiv) texnikalar (suhbatlar, intervyular, diagnostik 
o‘yinlar). 
Ob’ektiv testlar- to‘g‘ri javob, ya’ni topshiriqni to‘g‘ri bajarish imkoni bor 
metodikalardir. 
Standartlashgan o‘zi haqida hisobot beruvchi metodikalarining barchasi 
uchun umumiy jihat sinaluvchining verbal qobiliyatlaridan foydalanish
shuningdek, uning tafakkuri, xayoli, xotirasiga murojaat etish hisoblanadi. 
Test- so‘rovnomalar sinaluvchi yuzasidan mulohaza hosil qiluvchi punktlar 
(savollar, tasdiqlar) to‘plamidan iborat bo‘ladi (odatda, javoblarning ikki yoki 
uch muqobilli tanlovidan foydalaniladi). 
Bir xil psixologik o‘zgaruvchi punktlar guruhi (6 tadan kam bo‘lmagan)da 
ifodalanadi. Test-so‘rovnomalar punktlari oshkora, bevosita sub’ekt tajribasiga 
murojaat qiluvchi (masalan: Siz qorong‘ulikdan qo‘rqasizmi?) yoki sinaluvchi 
shaxsiy tajribasi yoki taassuroti bilvosita namoyon bo‘luvchi uning fikrlari 
mulohazalariga murojaat etuvchi (misol uchun, Ko‘pchilik insonlar halolmi?) 


44 
bo‘lishi mumkin. So‘rovnomalar bir o‘lchovli yoki o‘z ichiga ko‘plab psixologik 
o‘ zgaruvchilar safini qamrab oluvchi ko‘p o‘ lchovli qilib yaratiladi.
Ochiq so‘rovnomalar sinaluvchining standartlashgan javobini ko‘zda 
tutmaydi; ishlov standartizatsiyasiga standart kategoriyalarga ixtiyoriy 
javoblarni solishtirish yo‘li bilan erishiladi.
Shkalaviy texnikalar u yoki bu ob’ekt (so‘zli tasdiqlar, tasviriy
materiallar, muayyan shaxs va h.k) ni uning shkalada taqdim etilgan sifati 
bo‘yicha (misol uchun, “issiq - sovuq”, “kuchli - zaif”) baholashni nazarda 
tutadi. 
Odatda 
uch, 
besh, 
etti 
nuqtali 
shkalalardan 
foydalaniladi. 
Shkalalashtirishning maxsus varianti-bu nomlar shkalasi darajasida 
ob’ektlarning sub’ektiv tuzilish hosil qilishini aniqlashni ko‘zda tutivchi 
sub’ektiv klassifikatsiya hisoblanadi. Repertuar panjaralar tipidagi individual-
orientatsiyalangan (ideografik) texnikalar shakli bo‘yicha shkalaviy, so‘rov 
metodlari bilan o‘xshash bo‘lishi, suhbat yoki intervyuni esga solishi mumkin. 
Ularning test-so‘rovnomalardan asosiy farqi shundan iboratki, baholanayotgan 
parametrlar (o‘qlar, o‘lchovlar, konstruktlar) tashqaridan olinmaydi, balki 
muayyan aniq sinaluvchi individual javoblari asosida belgilanadi. Bu 
metodlarning intervyu metodidan farqi shundaki, repertuar panjaralar
zamonaviy statistik apparatni qo‘llash imkonini beradi va sub’ektning
individual o‘ziga xosliklari yuzasidan ishonchli diagnostik xulosalar beradi. 
Proyektiv 
texnikalar 
stimul 
sifatida 
taqdim 
etiluvchi 
etarlicha 
tugallanmagan material muvofiq tashkil etilgan butun eksperimentda maqsadli 
tarzda sub’ektning u yoki bu xususiyatini ochib beruvchi tasavvur, xayol 
jarayonlariga sabab bo‘lishiga asoslanadi. Proyektiv texnikalardan klinik 
foydalanishda ko‘p holarda ma’lumotlarni interpretatsiya qilish jarayonida zarur 
bo‘ladigan psixodiagnost ko‘rsatmasi va nazariy tayyorgarligiga tayaniladi. 
Odatda proyektiv texnikalardan tadqiqotchilik maqsadlarida foydalanish 
ma’lumotlar ishlovini standartlashtiruvchi kontent-analiz protsedurasini
ko‘zda tutadi. 


45 
Dialogik texnikalar psixodiagnost sinaluvchi bilan aloqaga kirishi va ushbu 
aloqaning maxsus xususiyatlari, relevant diagnostik vazifa hisobidan eng yaxshi 
diagnostik natijalarga erishishini hisobga oladi. Misol uchun, ishonchli aloqa 
oilaviy qiyinchiliklar, bolaning shaxsiy rivojlanishi xarakteri diagnostikasida va 
diagnost bir vaqtning o‘zida ham konsultant, ham psixoterapevt rolida namoyon 
bo‘ladigan boshqa ko‘plab vaziyatlarda zarurdir. Patopsixologik diagnostik 
tadqiqot vaziyati muloqotni ekspertiza tamoyillari bo‘yicha tashkil etishni
talab etadi. 
Dialogik texnikalar verbal (intervyu, suhbat) va noverbal (masalan, bola 
bilan o‘ynash noverbal diagnostik protsedura vazifasini bajarishi mumkin) 
bo‘lishi mumkin.
Agar klassifikatsiyaning yagona asosi sifatida psixodiagnostni o‘zining 
diagnostik protsedura jarayoniga jalb etilishi va uning tadqiqot natijalariga 
ta’siri darajasini o‘lchovi qabul qilinsa, unda uning asosiga u yoki bu metodika 
yaratiladigan turfa xil metodik usullarni bir shkalaga joylashtirish mumkin.
Apparaturaviy metodikalar va ob’ektiv psixologik testlarda psixodiagnost 
psixodiagnostika protsedurasiga juda kam jalb etiladi, bunda psixodiagnostning
shaxs va psixolog sifatidagi tajribasining tadqiqot natijalariga ta’siri minimal
darajada bo‘ladi. Bir qator standartlashgan o‘zihisob beruvchi shakllariga ega - 
ko‘plab so‘rovnomalar va shkalaviy texnikalarda deyarli shunday darajada
kam psixodiagnost jalb etilishi kuzatiladi. Aytish mumkinki, bu 
metodikalarda -psixologning shaxsiy sifatlari metodikani yaratish jarayonida 
gavdalanadi; tadqiqot protsedurasining o‘zi, uning natijalarini qayd etish 
asosan psixolog bo‘lmagan laborant yoki kompyuter dasturi yordamida
bajarilishi mumkin bo‘lgan erkin operatsiya bo‘ladi. Aksincha, diagnostik 
texnikalar psixodiagnostika jarayoniga psixodiagnostning maksimal darajada
jalb etilishi, uning tajribasi, professional ko‘nikmalari, muloqot qilish 
xususiyatlarining tadqiqot natijalariga maksimal ta’siri bilan tavsiflanadi. Bu 
sifatlarga suhbat, intervyu diagnostik o‘yinlar turli ko‘rinishlari ega bo‘ladi. 
Misol uchun, patopsixologik eksperiment maxsus psixodiagnostik metod


46 
sifatida psixodiagnost jalb etilishining yuksak darajasi bilan tavsiflanadi:
ekspertiza “motiv”i yaratilishi lozim (sinaluvchi uning javoblari asosida u 
uchun muhim diagnostik xulosa qilinishini tushunishi lozim), alohida 
urinishlar natijalari bu motiv qanchalik ifodalanishiga (psixodiagnost fikriga
ko‘ra) bog‘liq ravishda interpretatsiya qilinadi. Psixologik konsultatsiya 
jarayonida mijoz bilan suhbat natijasida kelib chiquvchi diagnostik xulosaga 
psixodiagnost ta’siri anachagina jiddiydir. O‘z reaksiyalari, javob luqmalari, 
harakatlari bilan psixodiagnost muhim diagnostik ahamiyatga ega
ma’lumotlar olish uchun optimal sharoit yaratishi mumkin, shuningdek, bu
ma’lumotni, uning ma’nosini tamoman buzib yuborishi ham mumkin.
Barcha boshqa psixodiagnostik metodikalar ob’ektiv testlar va 
diagnostik texnikalar tashkil etadigan ikki qutb orasidagi oraliq o‘rinni band
etishadi. 
Agar bir vaqtning o‘zida ikki asos-bir tomondan, psixodiagnostning
jalb qilinishi, uning tadqiqot natijalariga ta’siri o‘lchovi, boshqa tomondan
esa-instrumentning predmetli yo‘nalganligi kiritilsa, unda bugungi kunda
ma’lum bo‘lgan psixodiagnostik metodikalarni ikki o‘lchovli klassifikatsion
jadvalga joylashtirish mumkin. Mos keluvchi metodikalar jadval kataklariga 
joylashadi, shu bilan birga ustunlar jadval qatori bo‘yicha tengsiz tarzda 
to‘ldiriladi. Misol uchun, qobiliyat va psixik funksiyalar psixodiagnost ta’siri
minimal darajada ifodalanadigan metodlar-ob’ektiv testlar va test-
so‘rovnomalar asosida diagnostika qilinadi. Shaxs xususiyatlari asosan test-
so‘rovnomalar bilan diagnostika qilinadi; kognitiv tuzilma, boshqa individual
xususiyatlar asosan o‘rtacha darajadagi (psixodiagnostning diagnostika
jarayoniga ta’sir darajasi bo‘yicha) metodikalar-repertuar panjaralar, proyektiv 
texnikalar bilan aniqlanadi. 
Motivatsiya, munosabatlar asosan proyektiv texnikalar bilan diagnostika 
qilinadi. Psixodiagnost jalb qilinishi maksimal darajada bo‘lgan dialogik 
metodikalar roli o‘zaro munosabatlar, muloqot (aktuallashtirish uchun 
muloqotning real vaziyatini qayta tiklashni talab etuvchi xususiyatlar) 


47 
diagnostikasi sohasida g‘oyat muhim ahamiyatga egadir. Ushbu bo‘limda
keltirilgan 
klassifikatsiya 
anchagina 
xomaki 
tarzda 
psixodiagnostik 
metodikalarning umumiy jihatlarini aks ettiradi xolos. 
Agar 1- jadvaldagi barcha kataklar to‘ldirilsa, unda qaerda muayyan
tipdagi metodlar yetishmayotganligi ma’lum bo‘ladi. Misol uchun, 
qobiliyatlarni aniqlash uchun dialogik tipdagi metodikalar yetishmayotganligi
aqqol ko‘rinib turibdi, modomiki bir qator sub’ektlar qobiliyatlari samarali
namoyon bo‘lishi psixodiagnostika sharoiti va psixodiagnost bilan aloqa 
xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Psixodiagnostik metodikalardan foydalanuvchilar, 
shuningdek ularni yaratuvchilar, o‘zlari uchun shunday jadval tuzishlari va 
to‘ldirishlari hamda kataklarga o‘zlariga ma’lum o‘lgan metodikalarni 
qo‘shishlari mumkin. Bu larga qanday metodlarni o‘rganishlari va qayerda 
metodikalarni qidirish hamda ilmiy xulosa ishlab chiqish zarurati vujudga
kelishini aniqlab olish imkonini beradi. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin