MAVZU: SHAXSNI PSIXODIAGNOSTIK BAHOLASH. Reja: 1.Shaxs nazariyalari.
2.Shaxsning psixologik tuzilishi.
3.Shaxs psixodiagnostikasida qo`llaniladigan metodikalar tavsifi .
Tayanch tushunchalar: Shaxs, inson, individ, individuallik, shaxs
so`rovnomalari, internal nazorat, eksternal nazorat, xarakter, temperament.
Shaxs - ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning mahsuli, ongli
faoliyatning sub’ekti bo‘lmish individdir.
Shaxs o`zining kelib chiqishi jihatidan ijtimoiy bo`lgan, o`z e`tiqodi,
qarash, munosabatlari, baholariga ega bo`lgan sub`ekt. Shaxs jamiyatda ma`lum
holatni egallovchi, muayyan ijtimoiy rolni bajaruvchi ongli individ. SHaxsga
taaluqli bo‘lgan eng muhim tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy
munosabatlarga bevosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham ob’ekt,
ham sub’ekt bo‘lishlikdir.
Quyidagi xususiyatlar bilan xarakterlanuvchi insonni shaxs deb atash
mumkin:
Ijtimoiy mavjudot bo’lish;
Ong va o’z-o’zini anglashga ega bo’lish;
O’zini aktiv faoliyatda namoyon qilish.
Psixologiyada
shaxs
tushunchasi
bilan
bir
qatorda
inson,
individ,individuallik tushunchalari farqlanadi.
Inson tushunchasi barcha odamlarga xos bo`lgan insoniy xususiyatlar
majmuyini o`z ichiga oladi. Bunda konkret insonda ushbu xususiyatlar bor yoki
yoqligi ahamiyatga ega emas.
Individ – biologik, jismoniy, ijtimoiy, psixologik xususiyatlarga ega
bo`lgan alohida olingan inson.
103
Individ tushunchasiga insonni boshqalardan ajratib turuvchi xususiyatlar
bilan bir qatorda barcha insonlarga xos bo`lgan sifatlarni ham kiritish mumkin.